Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 kirish
Download 0.85 Mb.
|
3.O\'quv materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Sanoatning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli va o‘rni
Tayanch iboralar: iqtisodiyot, sanoat, fan, samaradorlik, iqtisodiy barqarorlik, raqobatchilik, metodologiya, usul.
Reja: 2.1.Sanoatning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli va o‘rni 2.2.Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi 2.3.Sanoat korxonasining belgilari, funksiyalari va vazifalari. 2.4.Sanoat korxonalarini tasniflash 2.5.Sanoat korxonasi tuzilmasi va uni belgilovchi omillar 2.1. Sanoatning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli va o‘rni Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, yetakchi tarmog‘idir. Unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko‘pchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; yer osti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral, o‘simlik va hayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va h.k.lar. Sanoat milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog‘liq. Sanoat jamiyatning yetakchi kuchi bo‘lgan ishchilar sinfini o‘zida birlashtiradi. Sanoat rivoji tufayli unda band bo‘lgan xodimlarning soni ko‘payadi, ularning bilimi va ilmi, mahorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko‘tariladi. Sanoat sohasida mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi bo‘lgan konsentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirshning ilg‘or usullari - mahalliylashtirish, ixtisoslashtirish va diversifikatsiyalash, kooperativlashtirish va kombinatlashtirish sohasida ustunlik qiladi. Sanoat va ayniqsa, uning eng muhim sohasi bo‘lgan og‘ir sanoat mamlakatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U moddiy-texnika vositalarini o‘zi va boshqa tarmoqlar uchun takror ishlab chiqarish bilan bir vaqtda jamiyat a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy-ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirib ham boradi. Sanoat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini qayta qurishning negizi hisoblanadi. Uni yangi texnika bilan ta’minlash orqali fermer, shirkat, dehqon xo‘jaliklarini va boshqa shakllarda faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlarni iqtisodiy va madaniy jihatdan yuqori darajaga ko‘tarishga, shahar bilan qishloq o‘rtasidagi muhim tafovutlarni yo‘qotishga, dehqon mehnatini industrial mehnatga aylantirishga yordam beradi. Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatinining moddiy manbai, dunyoda tinchlikni saqlashning muhim omili, mamlakatlar mustaqilligini va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. Chunonchi, mamlakatimiz mudofa qobiliyatini mustahkamlashda sanoatning roli va ahamiyati beqiyosdir. Sanoat uchun fan-texnikaning uzluksiz taraqqiyoti va ishlab chiqarishning yutuqlari bilan qurollanishi darajasining o‘sishi harakterlidir. Unda elektrlashtirish va elektronizatsiyalash, kompyuterlashtirish va kimyolashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurish sohasidagi ilg‘or yutuqlardan keng foydalaniladi. Ularni faqat tinchlik maqsadlarida qo‘llaydi. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning bosh tarmog‘i, iqtisodiyotning poydevoridir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qayta qurishga qodir bo‘lgan yirik mashinalashgan sanoatgina mustaqillikning birdan - bir moddiy negizi bo‘lishi mumkin. Mamlakat aholisining ish bilan bandligini oshirishda sanoatning roli beqiyos. Mamlakatimiz sanoatining taraqqiyoti yuqori malakali ishchi kadrlar, muhandis va texnik xodimlar safini kengaytirdi. Hozirgi paytda O‘zbekiston sanoatida 1,5 millionga yaqin xodim ishlamoqda. Taraqqiyot qonunlari xodimlarning madaniy-texnik saviyasi o‘sishini, ishlab chiqarish malakasi va tajribasi tinmay oshib borishini ta’minlaydi. Bu O‘zbekiston sanoatida ham namoyon bo‘lmoqda. Sanoat tabiatda uchraydigan moddiy boyliklarni qazib chiqarish va tayyorlashni, ularni va qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni o‘z ichiga qamrab oladi. Sanoat barcha milliy iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishlab chiqarish kuchlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan jamiyatning tabiat ustidan hukmronligini birmuncha orttiradigan, texnika taraqqiyotini belgilaydigan, inson mehnatining unumdorligini oshirishga imkon beradigan, mehnat va ishlab chiqarish qurollarini yaratadigan sohadir. Sanoat taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining bir tomonlama rivojlanishiga xotima beradi, mamlakat va uning ajralmas qismi bo‘lmish viloyatlarda tabiiy boyliklardan, xom ashyo va mehnat resurslaridan kengroq va har tomonlama foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bugungi kunda respublika sanoatida 175 tarmoq va ishlab chiqarish sohasida 2000 ga yaqin yirik va o‘rta sanoat korxonalari mavjud. Sanoatning milliy iqtisodiyotdagi roli va o‘rnini quyidagi jadvaldan aniqroq ko‘rish mumkin. So‘nggi 10 yillar mobaynida sanoat ishlab chiqarishining jadal rivojlanishi bu sohada yangi korxonalarni ko‘plab bunyod etish, tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoat tarmoqlari va korxonalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, mahalliylashtirish va diversifikatsiyalash, ayniqsa mashinasozlik va metallni qayta ishlash, o‘rmonchilik, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz, oziq-ovkat sanoatidagi yuqori o‘sish sur’atlari hisobiga yuzaga keldi. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va qo‘shimcha qiymat yaratuvchi sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy strategiya respublikaga yaxshi natijalar keltirmoqda. O‘zbekiston Respublikasining industrial qiyofasini energetika, kon-ruda, oltin qazib oluvchi, samolyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatlari, elektrotexnika va elektronika, ko‘p tarmoqli mashinasozlik va qurilish materiallari sanoatlari belgilab bermoqda. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling