Sanoat iqtisodiyoti faniga kirish
“Sanoat iqtisodiyot”faning o’rganish metodologiyasi va usullari
Download 102.38 Kb.
|
tarmoq iqtisodi3333
3. “Sanoat iqtisodiyot”faning o’rganish metodologiyasi va usullari
Ilm-fan metodologiyasi deyilganda, uni bilish va o’rganish faoliyatining shakllari va usullari majmuasi tushuniladi. Muayyan fan bo’yicha masalani o’rtaga tashlash, tadqiqot mavzusi va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijaning haqiqiyligi, ya’ni o’rganilayotgan ob’ektga muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyani qo’llashning eng muhim tomoni hisoblanadi. Demak, metodologiya — tadqiqot yoki bilish, anglash yo’li, voqelikni amaliy va nazariy o’zlashtirish usullari majmuasidir. “Industrial iqtisodiyot”fanining nazariy, metodologik asosini sanoatning vujudga kelishi va rivojlanish muammolari bo’yicha hozirgi nazariya, o’zbek eli va horijiy mamlakatlar iqtisodchilarining ilmiy asarlari, O’zbekiston Davlatining qonun-qoidalari, Respublika Prezidentining asarlari va farmonlari tashkil etadi. Xalq xo’jaligining yetakchi sohasi bo’lgan sanoatda ro’y beradigan barcha hodisa va o’zgarishlarni tadqiq etish anchagina murakkab jarayondir. U jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o’tishni, ya’ni haqiqatni bilishning, ob’ektiv reallikni tan olishning dialektik yo’lidan foydalanishni taqozo etadi. Bunday uslubiy yondashish sanoat, uning tarmoqlari va “irmoq”lari hamda korxonalarida ro’y beradigan hodisalar, voqeliklar va iqtisodiy jarayonlarning o’zaro bog’likligini, ularning uzluksiz harakati, taraqqiyot va o’zgarishi, miqdor ko’rsatkichdan sifat ko’rsatkichga o’tishi, vaqt va fazoda (makon va zamonda) rivojlanishini anglab olishga yordam beradi. Dialektika usuli muammolar o’rganilayotgan omillar, shart-sharoitlarning namoyon bo’lishi va yuz berishi ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga boy ekanligini inobatga olishni taqozo etadi. “Industrial iqtisodiyot”fani va ilmining barcha muammolarini o’rganishda unga tarixiy yondashish kerak. Ayniqsa, gumanitar fanlar masalasida eng ishonarli narsa — bu, asosiy tarixiy bog’lanishni unutmaslikdir. Har bir masalaga tarixdagi ma’lum hodisa qanday paydo bo’lganligi, bu hodisa o’z rivojlanishida qanday bosqichlardan o’tganligi nuqtai nazaridan qarab, ana shu rivojlanish, taraqqiyot qanday ro’y berganligiga e’tibor qaratish zarur. “Industrial iqtisodiyot”fanining eng muhim muammolarini o’rganishda bir qator aniq usullardan foydalaniladi. Bular jumlasiga mushohada, abstrakt tafakkur, induktsiya va deduktsiya, analiz va sintez, monografik usul, statistik usullar (sifat va miqdor, indeks, guruhlash, balanslik va u bilan bog’lik bo’lgan normativ usul, extimollar), iqtisodiy - matematik modellashtirish, optimallashtirish, muvozanatni aniqlash, o’z “Aql-idrok hujumi” ("Mozgovaya ataka") va tajribaviy usullari kiradi. Bozor iqtisodiga o’tish tufayli sanoat taraqqiyotiga munosabat butunlay o’zgardi: tuzilmaviy o’zgarishlarning ahamiyati hamda rahbarlikning iqtisodiy va ma’naviy, psixologik roli sezilarli darajada oshdi. SHu sababli sanoat ishlab chiqarishining taraqqiyot tendentsiyasini, rivojlangan davrning o’ziga xos, o’ziga mosligini hisobga olgan xolda, u yoki bu omillar, shart-sharoitlarning ahamiyatini va rolini «Dinamika»da hisobga olish kerak bo’ladi. Industrial iqtisodiyot”faniga oid barcha masalalarni yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator usullar yordamida o’rganish, tahlil qilish bu fanni o’rganuvchilarning va uning muammolari yechimini hal etuvchilarning bilimi va ilmiy saloxiyatini kuchaytiradi, aqliy zakovatini boyitadi.Har qanday fan kabi “Industrial iqtisodiyot”fani ham eng avvalo, o’z yo’nalishi bo’yicha ilmiy qarash va nazariyalarga tayanadi. Uning asosiy vazifasi sanoat sohasiga taalluqli iqtisodiy bilim va ko’nikma bilan qurollantirishdan iboratdir. Bu fan, birinchidan, iqtisodiyotning sanoat sohasidagi sir- asrorlarini bilib olishga; ikkinchidan, bu tarmoq iqtisodiyotida qo’llaniladigan barcha iqtisodiy tushunchalarni tavsiflashga, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy intiqosi, ifoda etilishi ekanligini anglashga ko’maklashadi; uchinchidan, ishlab chiqarish san’atini egallash bo’yicha bilim va ko’nikma beradi. Demak, “Industrial iqtisodiyot”fani faqat nazariy tomondangina emas, balki amaliy jihatdan ham bilim berish vazifasini bajaradi. Bu fanni puxta egallagan har bir iqtisodchi mavjud iqtisodiy ko’rsatkichlarning mohiyati va ahamiyatini yaxshi tushunadigan, ularni to’g’ri hisoblab va aniqlab bilishi, dinamikasidan tegishli xulosalar chiqara oladigan bo’ladi. Har qanday bilim, hatto, jamiyat hayotining chuqur negizlariga kirib boruvchi ilm ham muayyan harakat uchun qo’llanma bulganligi, jamiyatni tubdan o’zgartirishning amaliy maqsadlariga xizmat qilganligi uchun qimmatlidir. Shu sababli“Industrialiqtisodiyot”ham fundamentalfanlar qatoridan o’rin olib, iqtisodiy taraqqiyotning muhim qonun-qoidalaridan sanoat sohasida foydalanish yo’llarini ko’rsatib berayotganligi tufayli ahamiyatli hisoblanadi. “Industrial iqtisodiyot”fanining muhim vazifalaridan biri — bu metodologik vazifadir. “Industrial iqtisodiyot”iqtisodiy fanlar majuida alohida o’rin egallaydi, chunki barcha iqtisodiy-metodologik masalalarning ilmiy va amaliy talqini, eng avvalo, sanoat sohasida amalga oshiriladi. Bilim va ilmning turli sohalari chegarasida tutashgan qator fanlar, xususan, “Mikroiqtisodiyot” va “Makroiqtisodiyot”, “Marketing” va “Menejment”, “Statistika nazariyasi”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Moliya va kredit” fanlari sanoat iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’liq. Bu fanlar tadqiqot yoki bilish, anglash yo’lini shakllantirish jarayonida “Industrial iqtisodiyot”fanining tajribasiga suyanadi va tarixiy nuqtai nazardan yondashadi. “Industrial iqtisodiyot”fanining vazifalari respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ob’ektiv sharoitlari, davlatiqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari va unga binoan amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati, ahamiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimlari kuyidagilardan iborat: - mustaqil va qudratli davlat iqtisodiy siyosatining mohiyati va maqsadini tushungan holda sanoat ishlab chiqarishi hamda uning bo’g’inlarida bu siyosatni amalga oshirishning yo’l-yo’riqlarini to’la anglash; - sanoat ishlab chiqarishining holati va rivojlanish xususiyatlarini o’rganish, tahlil etish va uning istiqbolini belgilash haqida fikrlash; - sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish, boshqarish, samaradorligini oshirishning ilmiy va amaliy asoslarini aniqlash bo’yicha bilim va ko’nikma berish; - sanoat resurslari, ishlab chiqarish fondlari va quvvatlaridan bekamu ko’st, oqilona foydalanish; - fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyaning iqtisodiy ahamiyati va mohiyatini anglash, sanoat mahsulotlarining sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishning foydalilik darajasini oshira borish san’atini egallashga ko’maklashuvi buyicha bilim va ko’nikma berish; - sanoat sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyatning mohiyati, ahamiyati va mazmunini hamda bu boradagi o’zaro hamkorlik va iqtisodiy integratsiyaning rolini tushuntirib berishdan xam iborat. Ushbu fanning yana bir eng muxim vazifasi - bu sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlar tizimi, mahsulot tannarhi, narhlarning shakllanishi, foyda va rentabellik (samaradorlik), moliyalash va kreditlash masalalari bo’iicha bilim, ilm va ko’nikmalar berishdan iborat. Download 102.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling