Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 30.46 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi30.46 Kb.
#145665
Bog'liq
Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT

KIMYO – TEXNOLOGIYA INSTITUTI.

“ SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI ” KAFEDRASI

“ MENEJMENT ” FANIDAN

MUSTAQIL ISH.

MENEJMENT TEXNOLOGIYASI.

Bajardi: 49-18 guruh talabasi

Karimov Jahongir

Tekshirdi: Qodirov U.

Reja:

Kirish. ……………………………………………………...



Asosiy qism. ………………………………………………

1. Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari. Maqsadlar. ………

2. Motivatsiya. ……………………………………………………

3. Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar. ………………

4. Boshqaruv qarorlari. Qarorni bajarilishini tashkil qilish. ……..

Xulosa. ……………………………………………………..

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati. ……………….....

1. Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari. Maqsadlar. Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularini ushalishiga yo‘naltiradi. Biz dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa shu maqsadimiz:  bo‘lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;  faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi;  faoliyatimizni aniq soxa, ishga yo‘naltiradi;  u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;  pirovard natijamizning baholash me’yorini belgilaydi va x.k. Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqarish uchun o‘ta zarur. Chunki aynan shu maqsadga binoan:  boshqarish funksiyalari;  boshqarish usullari;  boshqarishning tuzilmaviy tarkibi;  lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muxim masalalar yechiladi. Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi lozim.

- Maqsad bir ma’noli va aniq bo’lishi kerak : Agar siz qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo’lni tanlashga ham hojat qolmaydi.

- Maqsad real va bajarilishi mumkin bo’lishi kerak : Qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan yelkanli qayiqqa hech qanday shamol ham hamroh bo’la olmaydi.

- Maqsad miqdoran o’lchovga ega bo’lishi kerak : Maqsad – bu navbatdagi bosqichda “jang” bilan zabt qilinadigan bamisoli cho’qqidir. Buni zinhor unutmaslik darkok. Shu “jang” da g’olib chiqish uchun bajarilishi mumkin bo’lgan real maqsadni o’z oldimizga qo’yishimiz kerak. Undan ortiqcha ham, kam ham emas.

- Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo’lmog’i lozim : Miqdoran o’lchovga ega bo’lmagan maqsad bu sarob. Bu talabga rioya qilmaslik rejalashtirilgan maqsadning oldindan bajarilmasligiga zamin tayyorlash demakdir.

- Maqsad bo’limlar va ma’sullar boýicha detallashtirilgan bo’lishi kerar : Maqsad, uni boshqarish tamoyili, provard natija barchasi tushumnarli va yozma ravishda soda tilda yetkazilishi kerak.

- Maqsaq ko’p qirrali bo’lishi kerak : Maqsad har xil faoliyat turi, har xil ma’sul shaxs boýicha mayda-chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo’lishi lozim. Shundagin abu maqsadning ijro qilinish darajasini aniq nazorat qilish mumkin. Bu – umumiy, bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo’linishini “ Maqsadlar shajarasi ”ni tuzishni talab qiladi.

Boshqarish maqsadlari juda ham xilma – xildir. Bu esa ularni muayyan tarzda turkumlashni taqazo etadi.

Umum jamiyat miqyosidagi munosabatlarni aks ettirishiga qarab


  • Siyosiy maqsadlar;

  • Iqtisodiy maqsadlar;

  • Sotsial maqsadlar;

  • Ma’rifiy – ma’naviy maqsadlar;

  • Xalqlararo munosabatlar soxasidagi maqsadlar.

Boshqarish pog’onalari (darajalari)ga qarab:

  • Hududiy boshqarish maqsadlari;

  • Mamlakat maqsadlari;

  • Viloyat maqsadlari;

  • Tuman maqsadlari;

  • Qishloq maqsadlari;

  • Ishlab chiqarish maqsadlari;

  • Xalq xo’jaligi maqsadlari;

  • Tarmoq (sektor) maqsadlari;

  • Korxona (firma) maqsadlari;

  • Yakka xodim maqsadi.

Amalga oshirish muddatiga qabar:

  • Joriy maqsadlar;

  • Istiqboldagi (perspektiv) maqsadlar;

Boshqarishning sodir bo’lishiga qarab:

  • Uzliksiz (kundalik) maqsadlar;

  • Fursatli maqsadlar;

  • Bir martalik maqsadlar

Kutiladigan natijalarga qarab:

  • Pirovard maqsadlar;

  • Oraliqdagi maqsadlar

Murakkablik darajasiga qarab:

  • Oddiy, an’anaviy maqsadlar;

  • Muammoli maqsadlar;

  • Innovatsion maqsadlar.

Mazkur turkumlanishdan ko‘rinib turibdiki, maqsadlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, muayan ierarxiyaga, ya’ni yuqori va quyi maqsadlarga ega bo‘lishi, bir maqsad esa boshqa bir maqsadga bo‘ysinishi mumkin.

Joriy maqsadlar deganda bir yil ichida, kvartal, bir oy mobaynida va undan xam kamroq muddat ichida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxona bo‘limlari oldida bir yil ichida quyidagi funksional joriy maqsadlar qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

Maqsadlarni belgilashga joriy maqsadlar nuqtai nazaridan yondoshuv, ya’ni xar bir bo‘linma maqsadlari, ularni bajarish muddatlari, aniq ijrochilar, aniq maqsadli tadbirlar, resurslar manbalari, belgilangan tadbirlar bajarilishining asoslab berilishi barcha bo‘g‘inlar va darajalarda boshqarish ishonchliligini oshirish uchun kafolat beradi, butun boshqarish apparati harakatlarining puxta bo‘lishini belgilaydi.



Istiqboldagi (perspektiv) maqsadlar deganda besh yillik yoki undan ko‘proq davr mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, respublikamizda ishlab chiqilgan “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi”ni ro‘yobga chiqarishdek ulug‘vor maqsad qo‘yidagi uch bosqichdagi muddatni o‘z ichiga oladi:

1) 1997-2001 - Mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy saloxiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni islox o‘ilish va rivojlantirish uchun xuquqiy kadrlar jihatdan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.

2) 2001-2005 - Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan xolda unga aniqliklar kiritish.

3) 2005 va undan keyingi yillar - to‘plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.. Uzluksiz maqsadlar deganda xar kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi. Masalan, mehnat unumdorligini o‘stirish, intizomni mustaxkamlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mahsulot sifatini oshirish kabilar muntazam, kunda talab qilinadigan maqsadlardir.



Fursatli maqsadlar deganda biror bir muammoni xal etish zaruriyati tug‘ilgan xollarda paydo bo‘ladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxonani qayta uskunalash, jixozlarni yangilash, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvini o‘zgartirish goxo ishlab chiqarishning iqtisodiy zaruriyatiga qarab paydo bo‘ladi.

Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga xam zaruriyat tug‘ilishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun kutilmagan, favqulodda vujudga kelgan muammoni echish uchun o‘rtaga qo‘yiladi. Bu maqsad, masalan, tabiiy ofat yuz bergan xolda shu ofatni bartaraf qilish uchun zaruriy mablag‘ni ajratish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Boshqarishga maqsadli yondoshuv namoyondalari barcha maqsadlarni quyidagi to‘rtta guruxga bo‘lishadi:


    • oddiy qotib qolgan an’anaviy maqsadlar;

    • muammoli maqsadlar;

    • innovatsion maqsadlar;

    • xodimlar malakasini, maxoratini oshirish bo‘yicha maqsadlar;

Birinchi guruxdagi maqsadlar xar kun qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar bo‘lib, ularning bajarilishini ta’minlash tegishli bo‘g‘indagi rahbarning bevosita burchiga kiradi. Masalan, marketing bo‘limining boshlig‘i oldida quyidagi maqsad qo‘yilgan bo‘lishi mumkin:

“Oyning oxirigacha joriy yilning so‘nggi kvartalida sotilgan tovarlarning tahlilini qilish va tegishli xulosalar yasash”. Bu an’anaviy maqsaddir.



Ikkinchi guruxdagi maqsadlar odatiy maqsadlardan farq qiladi. Bu maqsadlar korxonaga va ayrim xodimga qiyinchiliklar tug‘diradi. Masalan, mahsulotga bo‘lgan talabning to‘satdan keskin pasayishi va sotish xajmining kamayishi, tabiiy ravishda korxonaning oladigan foydasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday bir sharoitda korxona rahbari oldida vaziyatni o‘zgartirish, sotish xajmini, aytaylik, ikki oy ichida keskin ko‘paytirishdek murakkab masala turadi.

Bu maqsad muammoli maqsaddir. Chunki sotish xajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin ko‘paytirish:

- mahsulotga bo‘lgan talabning keskin pasayshi sabablarini aniqlashni;

- ko‘p omilli korrelyatsion - regression tahlilni amalga oshirishni;

- eng maqbul qarorlar qabul qilishni taqoza etadi.
Bunga bosh qotirish, aqlni ishlatish kerak bo‘ladi.

Innovatsion maqsadlar – bu yangi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani joriy qilish bo‘ycha qo‘yiladigan maqsadlardir. Masalan, tadqiqot bo‘limi xodimlarining maqsadi quyidagicha bo‘lishi mumkin: “1 iyulgacha eksport uchun mo‘ljallangan uch turdagi yangi mahsulotni sanovdan o‘tkazishni ta’minlash”.

Maqsad qanchalik murakkab bo‘lsa, shunchalik u boshqaruvchi uchun muammoli¸ki innovatsion bo‘lishi mumkin. Biroq, bir maqsadning o‘zi birov uchun oddiy, boshqa uchun muammoli, xatto innovatsion bo‘lishi mumkin. Birinchi xolda rahbar o‘sha maqsadni echish usullarini mukammal biladi, ya’ni buning uchun uning bilimi, maxorati etarli bo‘lib, uni xech qanday qiynalmay echadi. Boshqa rahbar esa u maqsadni o‘zi uchun murakkab va muammoli tariqada qabul qiladi.

Masalan, marketing bo‘limi xodimi uchun “kvartalda sotiladigan tovarlar tahlilini qilish” oddiy bir ish bo‘lsa, sotish bo‘limidagi xodim uchun bu ish muammo bo‘ladi.

To‘rtinchi gurux maqsadlar - bu korxona xodimlari malakasini oshirish soxasidagi maqsadlar bo‘lib, ular uzoq muddatli (strategik) reja asosida muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi. Masalan, “3-5 yil ichida korxona xodimlarning 20 foizini malakasini oshirish”

Maqsadlar shajarasi” – bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o‘rtasidagi aloqaning grafik tasviridir. U bo‘lajak voqealar o‘zaro aloqasining to‘la manzarasini tasavvur qilish, konkret vazifalar ro‘yxatini olish va ularning nisbatan muximligi to‘g‘risidagi axboratga ega bo‘lishi imkonini beradi. U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi o‘rtasida moslashuvni vujudga keltirish yo‘li bilan maqsad topshiriqlarini bevosita ijrochilarga etkazishni ta’minlaydi.

“Maqsadlar shajarasi” ierarxiyalar ko‘rinishidagi bir necha darajalardan:

1. bosh maqsad;

2. I darajali kichik (asosiy) maqsadlar;

3. II darajali kichik maqsadlar va xokazolardan tashkil topadi.


“Maqsadlar shajarasi” ning tahliliy ishlanmasini mamlakatimiz oldiga qo‘yilgan bosh maqsadning qator lokal maqsadlarga bog‘liqligi misolida ko‘rishimiz mumkin.

1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston Rsepublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Shunday bir sharoitda respublikada davlat va iqtisodiyotni qayta qurishining bosh maqsadi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan quyidagicha aniqlab berildi: Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘nalitirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik xuquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir.

Bu maqsad nixoyatda murakkab va ko‘p qirralidir. Uning amalga oshirilishi siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, xuquqiy soxalardagi asosiy maqsadlarga erishilishiga bog‘liq. Shu sababli bosh maqsadga (BM) erishishning aniq yo‘nalishlari belgilab olindi va qo‘yidagi to‘rt guruxdagi birinchi darajali maqsadlar ajratildi:

1. Ijtimoiy-siyosiy soxadagi maqsadlar;

2. Ijtimoiy-iqtisodiy soxadagi maqsadlar;

3. Ma’naviyat soxasidagi maqsadlar;

4. Xalqaro munosabatlar soxasidagi maqsadlar;

Ijtimoiy-siyosiy soxadagi maqsadlar, o‘z navbatida, qo‘yidagi ikkinchi darajali maqsadlarga bo‘linadi:

1.1. Ma’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmi va tuzilmalaridan qutilish;

1.2. Davlat qurilishining demokratik-xuquqiy tamoyil va me’yorlariga o‘tish;

1.3. Fuqarolik jamiyatiga o‘tishning poydevorini qurish va boshqa.



Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar xam o‘z navbatida qo‘yidagi ikkinchi darajali maqsadlarga bo‘linadi:

2.1. Iqtisodiy faoliyat erkinligiga o‘tish;

2.2. Mulkchilik xilma-xilligiga erishish;

2.3. Narx erkinligini ta’minlash;

2.4. Raqobot kurashiga o‘tish;

2.5. Insonning ishlab chiqarish vositalaridan begonalashuvidan, rejali- taqsimotchilik tizimidan voz kechish.

2.6. Ko‘p tarmoqli iqtisodga xamda bozor munosabatlariga o‘tish va boshq.

Ma’naviyat soxasidagi maqsadlar xam:

3.1. Aqidabozlik va o‘ta siyosatlashtirilgan mafkura xukmronligidan qutilish;

3.2. Mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalash va boshqa xususiy maqsadlarga;

Xalqaro-munosabatlar soxasidagi maqsadlar xam:

4.1. Butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zni chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish;

4.2. Jaxon xamjamiyatiga kirib borish va uning bilan teng xuquqli xamkorlikka yo‘l ochish va boshqa kichik maqsadlarga bo‘linadi.

Ikkinchi darajali maqsadlarning xar biri o‘z navbatida qo‘yi bo‘g‘in maqsadlariga bo‘linadi. Masalan, mulkchilikning xilma-xilligiga o‘tish maqsadi (2.2) ning amalga oshirilishi qo‘yidagi qator tadbirlarni ishlab chiqishga va ularning qaysi birini tanlab olinishiga bog‘liq bo‘ladi:

2.2.1. Davlat korxonalarini aktsionerlik jamiyatiga aylantirish, uning mol-mulki hisobidan chiqargan (emissiya qilingan) aktsiyalarni xalqqa sotish. Aktsiya sotib olgan kishi mulkdorga aylanadi.

2.2.2. Ijaraga olingan davlat korxonasini, ijarachilar jamoasi tomonidan o‘zi ishlab topgan pulga yoki qarzga sotib olib, uni jamoa mulkiga aylantirish. Bunda yangi mulkdor xalq emas, faqat korxona jamoasi bo‘ladi.

2.2.3. Davlat mulkini qiymatiga qarab chiqarilgan (emissiya qilingan) sertifikatlar yoki vaucherlarga binoan fuqarolarga bepul berish. Bunda mulk xalq o‘rtasida tarqatiladi, chunki vaucher va sertifikat korxona aktsiyasini olish xuquqini beradi;

2.2.4. Davlat mulkini faqat tanilgan, ishning ko‘zini biladigan, mas’uliyatni zimmasiga olaoladigan tadbirkorlarga, boshqaruvchilarga (menejerlarga) sotish. Bunda xam ma’lum qatlamgina mulk soxibiga aylanadi.

2.2.5. Davlat mulkini xorijiy qarzni uzish evaziga chet el firmalari va fuqarolariga berish. Bunda milliy mulk hisobidan xorijiy mulk o‘sadi.

2.2.6. Davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish. Bunda xam faqat ma’lum toifadagi kishilargina yangi mulk soxibiga aylanadilar.



Shunday qilib, maqsadning tobe’ bo‘lishlik, yoyib bo‘lishlik va ranjirlash mumkinligidek sifatlari umumiy maqadni lokal, xususiy va yakka maqsadlarga ajratishga, ularni ustuvorlik darajasiga qarab tartiblash imkoniyatini yaratishga yordam beradi. Qo‘yidagi sxemada yuqoridagi bosh maqsadimizni (BM) “Maqsadlar shajarasi” ko‘rinishida tasvirlaymiz


Download 30.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling