Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


I BOB . Mamlakat raqobatdoshligini oshirishni ta`minlash sharoitida sanoat korxonasining bankrotligi va uni oldini olish yo`llari


Download 165.54 Kb.
bet2/6
Sana04.02.2023
Hajmi165.54 Kb.
#1163975
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-19 Farxodova N. korxona kurs ishi

I BOB . Mamlakat raqobatdoshligini oshirishni ta`minlash sharoitida sanoat korxonasining bankrotligi va uni oldini olish yo`llari.
Iqtisodiy islohotlar mamlakat ravnaqi va aholi farovonligiga xizmat qiladi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatida bo'ldi.Mustaqillik yillarida viloyat har tomonlama rivojlandi, shahar va qishloqlar obod bo'lib, aholi farovonligi oshdi. Hududda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida qurilish, qishloq xo'jaligi tarmoqlarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda salmoqli natijalarga erishilmoqda.Prezidentimiz o'tgan yil 17 may kuni viloyatga tashrif buyurib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoni bilan tanishgan edi. O'tgan vaqt mobaynida viloyatda ulkan ishlar amalga oshirildi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi doirasida 2017 yil yakuniga ko'ra, umumiy qiymati 507 milliard 200 million so'm investitsiyalar o'zlashtirilishi hisobidan 1 ming 108 loyiha doirasida yangi quvvatlar ishga tushirilib, 6 ming 200 ish o'rni yaratildi.Davlatimiz rahbari bu galgi tashrifi davomida viloyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarning amalga oshirilishi, berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Shavkat Mirziyoev dastlab Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “Bek klaster” mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo'shma korxona tomonidan tashkil etilgan zamonaviy gidroponik issiqxonada bo'ldi, ishchilar bilan muloqot qildi.Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga o'tgan yilgi tashrifi chog'ida “Bek klaster” korxonasini tashkil etish loyihasi taqdim etilgan edi. Ushbu loyiha ma'qullanib, davlatimiz rahbarining tegishli qarori qabul qilindi. Qisqa vaqtda korxona tashkil etilib, unga viloyatdan 18 ming gektar er ajratildi. Ushbu erlarda paxta, g'alla va boshqa donli ekinlar parvarishlanmoqda. Zamonaviy texnikalar xarid qilingan.Mazkur ko'p tarmoqli klaster tomonidan Mirzaobod tumanida 100 gektar maydonda Janubiy Koreya texnologiyasi asosida zamonaviy gidroponik issiqxona barpo qilinayotir. Bu erda yiliga 50 million dollarlik mahsulot etishtirish va uni 100 foiz eksportga yo'naltirish mo'ljallanmoqda. Ayni paytda "Bek klaster" qo'shma korxonasi qoshida o'simlik mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va tekshirish ilmiy-amaliy markazi faoliyatini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan. Bu erda tuproq tahlili, o'simliklar biotexnologiyasi va himoyasi, selektsiya va paxta urug'chiligi, poliz va sabzavot urug'chiligi, o'simliklar genetikasi laboratoriyalari ochiladi. Asosiy maqsad qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashdan iborat. Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida minglab yangi ish o'rinlari yaratiladi.Davlatimiz rahbari issiqxona konstruktsiyalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, meva-sabzavotchilik bo'yicha mutaxassislar tayyorlash, klaster qoshida tashkil etiladigan ilmiy-amaliy markaz faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko'rsatmalar berdi.– Qishloq xo'jaligiga ilmiy yondashmay qo'yganimiz sababli, ayrim ekinlardan kutilgan hosil ololmayapmiz, – dedi Shavkat Mirziyoev. – Shu jihatdan “Bek klaster” korxonasi qoshida ish boshlaydigan ilmiy-amaliy markaz faoliyatini qo'llab-quvvatlaymiz. Bunday markazlarni boshqa klasterlarda ham tashkil etish kerak. Biz nafaqat sifatli mahsulot etishtirish, uning xaridorini topishni ham o'ylashimiz lozim. Bugungi zamon shiddati shuni talab qiladi.Prezidentimiz qishloq xo'jaligi texnikalarini ham ko'zdan kechirdi. “Social web solution” korxonasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan AKT dasturiga alohida e'tibor qaratdi. Bu dastur elektron savdoni kengaytirish, internet orqali ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish borasida aholiga ko'plab qulayliklar yaratadi. Dastur tashabbuskorlarini qo'llab-quvvatlash, undan foydalanishni kengaytirish zarurligi ta'kidlandi.Shu erda viloyatda baliqchilik, chorvachilik, ipakchilik va ko'nchilikni rivojlantirish, 2018-2019 yillarga mo'ljallangan irrigatsiya va melioratsiya davlat dasturi, sholi etishtirish, lalmi va tomorqa erlardan samarali foydalanish, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o'tkazildi.Shavkat Mirziyoev tadbirkorlar va xorijlik investorlar bilan muloqot qildi, loyihalar samaradorligini oshirish bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Shundan so'ng M-34 «Toshkent – Dushanbe» avtomobil yo'lining 117-146 kilometrlaridagi Toshkent ko'chasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Ushbu yo'lning ikki kilometrida namuna sifatida qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilgan. Maxsus piyodalar yo'lakchasi, velosipedda harakatlanish uchun alohida yo'lak tashkil etilgan hamda zamonaviy energiya tejamkor tungi yoritgichlar o'rnatilib, ko'cha bo'ylab manzarali daraxt ko'chatlari ekilgan.Toshkent ko'chasi bo'ylab vokzal, avtobus bekatlari, masjid, sayyohlik markazi, madaniyat va maishiy xizmat ko'rsatish markazi, bozor, diagnostika markazi kabi ijtimoiy soha ob'ektlari barpo etiladi. Mazkur ko'cha 2018-2019 yillarda qurilib, foydalanishga topshiriladi.– Yo'l bo'yidagi infratuzilma ob'ektlari qurilishiga alohida e'tibor qaratish zarur. Ularning bir-biriga hamohang bo'lishi, umumiy kontseptsiya kasb etishi maqsadga muvofiq, – dedi Prezident. – Yo'l qurilishida shoshma-shosharlik qilish kerak emas. Bu borada sifat asosiy ko'rsatkich bo'lmog'i lozim. Yo'l bo'yidagi temir to'siqlar yo'lovchilarga aslo xalaqit bermasligi kerak. Loyiha to'liq ishga tushirilgach, piyodalar va haydovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek, kelgusida zamonaviy talablarga asosan Toshkent ko'chasi misolida viloyatning barcha ko'chalari qayta ta'mirlanadi.Prezidentimiz Guliston shahridagi suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabida qurilgan yopiq suzish havzasini borib ko'rdi. Sport maskanidagi 25x11 hamda 6x12,5 o'lchamdagi suzish havzalari, balandlikdan suvga sakrash sport turi uchun alohida zal qurilgan bo'lib, hovuzning hajmi 12x10 metr va yosh sportchilar suvga sakrashi uchun ularga moslab 1,3 va 5 metr balandlikda tramplinlar o'rnatilgan. Tomoshabinlar uchun 250 o'rindiq mavjud. Kuniga 250 kishini qabul qilish quvvatiga ega majmua barcha jihozlar bilan ta'minlangan, tibbiyot xonalari, trenajyor, oshxona va boshqa xonalarda sportchilar muntazam shug'ullanishi mumkin. Bundan tashqari, suvni tozalash, isitish uskunalari ham o'rnatilgan. Ayni paytda bu erda suzish bo'yicha tashkil etilgan 15 o'quv-mashg'ulot guruhiga 176 yosh jalb qilingan. Yopiq suzish havzasining havo aylanish tizimini yaxshilash, shug'ullanuvchilar uchun yanada qulay sharoit yaratish bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.Davlatimiz rahbari Guliston shahrida tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi Bilimdonlar maskanida bo'ldi. Shaharning Islom Karimov ko'chasidagi mavjud xiyobon qayta rekonstruktsiya qilinib, ushbu yangi maskan ish boshladi. Barcha sharoitlar yaratilgan majmuada 1 ta kitob do'koni, 1 ta gul do'koni hamda kitobxonlar uchun maxsus ayvonlar barpo etilgan. Prezidentimiz mazkur ayvonda viloyat ijodkor ziyolilari, ijtimoiy soha, yoshlar vakillari bilan uchrashdi. Unda mamlakatimiz va xalqaro ahamiyatga molik masalalar xususida so'z yuritildi.Qayd etilishicha, ishga tushiriladigan yangi tarmoqlarga Rossiya, AQSh, Germaniya, Italiya, Avstriya kabi davlatlardagi etakchi kompaniyalarning zamonaviy texnologik uskunalari o'rnatiladi. Ushbu quvvatlar korxona yonida barpo etilayotgan texnoparkda joylashtiriladi. Prezidentimiz yangi mahsulotlarning xaridorgirligi, eksport geografiyasi bilan qiziqdi. Ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish orqali tashqi bozorda O'zbekiston mahsulotlarining mavqeini oshirish bo'yicha zarur ko'rsatma va tavsiyalar berdi. “Sirdaryo mega lyuks” qo'shma korxonasi hududida viloyatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko'rgazmasi va sanoatni rivojlantirish bo'yicha loyihalar taqdimoti o'tkazildi. Viloyatning geografik joylashuvi hududning sanoat, logistika imkoniyatlarini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, chet ellik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlashda katta qulaylik yaratadi. Viloyatda xorijiy kompaniyalar ishtirokida 90 korxona faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan zamonaviy logistika markazlari tashkil etish, Led lampochkalari, lift va eskalatorlar, qurilish uchun metall konstruktsiyalar ishlab chiqarish, charm, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash, farmatsevtika sohalarida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.2018-2019 yillarda viloyatga jalb qilinadigan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar samarasida kimyo, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, engil sanoat va boshqa tarmoqlarda qator istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etiladi. Ushbu yo'nalishdagi 203 loyiha amalga oshirilishi natijasida 14,6 ming ish o'rni yaratiladi. Davlatimiz rahbari “Ideal asr” korxonasining bosim ostida ishlaydigan uskuna va maxsus texnikalarini ko'zdan kechirdi. Mazkur sig'imlar suyultirilgan gazni saqlash va tashishga mo'ljallangan bo'lib, chekka hududlar aholisini tabiiy gaz bilan ta'minlashda katta qulaylik yaratadi. Prezidentimiz mazkur sig'imlarni ko'p qavatli uylar, savdo markazlari qurish loyihalariga kiritish zarurligini, bu katta iqtisodiy tejamkorlik keltirishini ta'kidladi.
Firmalarning raqobatbardoshligi esa turdosh, raqobatlashuvchi korxonalarga nisbatan bir xil yoki o’rnini bosuvchi mahsulotlarni iste’mol xarakteristikalari bo’yicha sifatli va pastroq narxlarda ishlab chiqarish hamda etkazib berish imkoniyati bilan belgilanadi.


Download 165.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling