Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Mamlakat raqobotdoshligni oshirish maqsadida sanoat korxonalarini o`rni


Download 165.54 Kb.
bet4/6
Sana04.02.2023
Hajmi165.54 Kb.
#1163975
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-19 Farxodova N. korxona kurs ishi

2.1.Mamlakat raqobotdoshligni oshirish maqsadida sanoat korxonalarini o`rni.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashning tasdiqlangan tarmoq dasturlari, shuningdek mintaqalarning sanoat salohiyatini oshirishga doir hududiy dasturlar doirasida sanoatning barqaror yuqori o‘sish sur’atlari so‘nggi 5 yil mobaynida o‘rtacha 108,3 foiz bo‘lishi, uning tarkibini diversifikatsiyalash va tarmoqlarning ishlab chiqarilayotgan raqobatbardoshli mahsulotlari turlarini kengaytirish ta’minlanmoqda.Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgartirishlar jarayonlarini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan faol investitsiya siyosati, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining foydalanishga topshirilishi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining rivojlantirilishi natijasida keyingi yillarda pudrat qurilish ishlari hajmi har yili o‘rtacha 10,0 foizdan ortiq sur’atlar bilan o‘smoqda.Yaratilgan va yangidan ishga tushirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan yuqori darajada foydalanish hisobiga ulardan yanada samarali foydalanish, korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2015-yildan boshlab mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, mikrofirmalardan tashqari sanoat va qurilish sohasidagi barcha korxonalar bo‘yicha ular faoliyatining asosiy ishlab chiqarish va moliyaviy parametrlarini aks ettiruvchi korxonalar pasportlarini (keyingi o‘rinlarda korxona pasporti deb ataladi) 1 va 2-ilovalarga muvofiq namunaviy shakllarga binoan har yili rasmiylashtirish tartibi joriy etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
korxonalar faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning pasportini to‘ldirish metodologiyasini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarga pasportlarning namunaviy shakllarini va ularni to‘ldirish metodologiyasini yetkazsinlar.
3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek ularning tarkibiga kirmaydigan korxonalar:
2014-yilgi ma’lumotlar kiritilgan pasportlarning 2015-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda rasmiylashtirilishini hamda Internet tarmog‘i orqali, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda statistika organlariga taqdim etilishini, shuningdek o‘zlarining mavjud rasmiy veb-saytlarida ularning joylashtirilishini ta’minlasinlar kelgusida yangidan tashkil etilgan korxonalar bo‘yicha pasport rasmiylashtirilishini hamda ishlab turgan korxonalar bo‘yicha pasportlarning asosiy parametrlari yangilanishini, ularning davlat statistika organlariga taqdim etilishini va keyinchalik rasmiy veb-saytlarda joylashtirilishini har yili 1-aprelgacha ta’minlasinlar.
4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda korxonalar rahbarlari zimmasiga:



Download 165.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling