Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari


Download 0.56 Mb.
bet48/68
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1571306
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi

Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari. Klassik iqtisodiy maktab vakillari ichida J.B.Seyning qiymat nazariyasi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. A.Smit, D.Rikardo, sotsial-utopistlar, S.Sismondi, K.Marks va boshqa bir qator iqtisodchilar tovar qiymatining yagona manbayi mehnat, deb hisoblaganlar. J.B.Seyda bu muammoga ikki xil yondashuv mavjud: u bir joyda tovar qiymati kapitalga, ish haqiga va yer rentasiga bo‘lgan xarajatlaridan tashkil topadi, degan
bo‘Isa, ikkinchi bir joyda qiymat foydalilik bilan aniqlanadi, deydi. J.B.Sey foydalilik bilan buyumning (tovaming) qimmati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘iiqlikni aniq qilib ko‘rsatib berdi. «Foydalilik bu qimmat oMchovidir», — deb yozadi J.B.Sey. Bu bilan u tovar qiymati nafaqat mehnat sarflari bilan, balki mahsulotning foydalilik darajasi bilan ham oMchanishi mumkinligini aytib berdi.
J.B.Sey tovar qiymatining yaratilishida ishlab chiqarishning uch omiliga (mehnat, kapital, yer) alohida e’tibor bergan. Uning tasdiqlashicha bu omillar tovar qiymatini yaratishda bir xil ishtirok etadi, barcha mahsulotning umumiy qiymati esa uch sinf - ishchilar, kapitalistlar va yer egalari daromadlaridan tashkil topadi. J.B.Seyning uch omil nazariyasiga muvofiq «mehnat» omili ishchilaming daromadi sifatida ish haqi yaratadi, «kapital» omili kapitalistlaming daromadi sifatida foyda yaratadi, «уег» omili yer egalarining daromadi sifatida renta yaratadi. Demak, boylik yaratishda ishlab chiqarishning har bir omili qatnashadi (Smitda faqat unumli mehnat boylik yaratadi, deyiladi). J.B.Sey yuqorida ko‘rsatilgan omillar (mehnat, kapital, yer) ishchilar, kapitalistlar va yer egalarining daromadlarini yaratishda mustaqillikka ega ekanligini qayd qilib o‘tadi. Demak, J.B.Sey nazariyasida tadbirkorlaming cheklanmagan erkin raqobati sharoitida ishlab chiqarish omillarini va jamiyatdagi sinflami ekspluatatsiya qilish inkor etiladi. Uningcha, ishlab chiqarishda tadbirkorlar (ular ishlab chiqarishni tashkil etadilar va boshqaradilar), yer egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy materialiami beradilar) va ishchilar (tayyor mahsulot yaratadilar) o‘zaro ta’sirda bo‘ladilar va bir-birlarini toMdirib boradilar. Ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilari bir-birlariga qarshi turmaydilar, aksincha, bir-birlarini to‘ldirib turadilar.
Ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymati ushbu omil egalariga daromad sifatida taqsimlanadi, xususan, tadbirkor daromadi, J.B.Seyning aniqlab berishicha bu uning qobiliyati, iste’dodi, faoliyati va boshqaruvi uchun to‘lanadigan haq. Uning fikricha kapitalning oshib borishi bilan «quyi sinflaming» ahvoli yaxshilanib boradi va ulaming ko‘pchiligi «yuqori sinf» safmi toMdirib boradi.
J.B.Sey kompensatsiya nazariyasiga asos soldi. Mashinalar dastiab ishchilarni ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi, keyinchalik, pirovard natijada esa ish bilan bandlikni oshiradi va mahsulot ishlab chiqarishni arzonlashtirish hisobiga ularga katta foyda keltiradi. Uning ifoda etishicha, «ishlab chiqarishdagi texnik yangiliklardan boshqalarga nisbatan ishchilar sinfi ko‘proq manfaatdor». Umuman, iqtisodiy ta’Iimotlar tarixida J.B.Seyning nomi bozor iqtisodiyoti sharoitida sinflar manfaati uyg‘uniigiga cheksiz ishongan oiim sifatida tilga olinadi.
J.B.Seyning o‘tmishdoshlari «haqiqiy» boylik yaratadigan iqtisodiyot tarmoqlarini (merkantilistlar tashqi savdoni, Fiziokratlar qishloq xo‘jaligini) ajratib ko‘rsatib berishga harakat qilgan. Hatto A.Smit xizmat ko‘rsatish sohasidagi mehnatni unumsiz mehnat, sanoat va savdodagi mehnatni esa kam unumli mehnat, qishloq xo‘jaligidagi mehnatni yuqori unumli mehnat hisoblagan, negaki unga tabiat «yordam« beradi. J.B.Sey iqtisodiyotning asosiy sohalari - sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo va xizmat ko'rsatish o‘rtasidagi «tenglikni» ko‘rsatib berdi. Uning fikriga ko‘ra to‘rtta sohaning barchasida boylik yaratiladi, chunki sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida ham, savdoda ham, xizmat ko‘rsatishda ham foydalilik ishlab chiqariladi.
Hozirgi zamon g‘arb iqtisodchilari o‘tmishdoshlaridan, birinchi navbatda, J.B.Seydan ishlab chiqarishning har xil, teng huquqli omillari milliy daromad yaratadi, degan tushunchani meros qilib olgan. Bunday yondashuvning ma’nosi shundan iboratki, har bir daromad oluvchi kasbi va faoliyat sohasidan qat’iy nazar bir vaqtning o‘zida uni yaratuvchi hisoblanadi.


  1. Download 0.56 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling