Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 101.57 Kb.
bet8/10
Sana07.11.2023
Hajmi101.57 Kb.
#1753761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-2 dars

Aristotel (m.o 384-322)
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlaming yirik namoyandalaridan biri Aristotel (m.av 384-322) hisoblanadi. 0‘z mamlakatida shakllangan natural-xo‘ja!ik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi yunon mutafakkiri boshqa zamondoshlariga qaraganda iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo‘lgan. Uning iqtisodiy masalalar bo‘yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xuddi Platonga o‘xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda xo‘jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topish nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Shu yerda Aristotel boylik topish va ehtiyojlami qondirish usullari to‘g‘risida fikr yuritib, ekonomika va xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko‘rsatib beradi.Aristotel nafaqat o‘zining falsafiy tafakkuri, balki sotsialistik iqtisodiy g‘oyalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi bilan ham ajralib turadi. Aristotelning iqtisodiy tafakkurga qo‘shgan asosiy hissasi tovarlar almashuvi va bu almashuvda puldan foydalanish bilan bogriiq munosabatlami chuqur yoritganligida edi. Lining fikricha, odamlarning ehtiyoji o'rtacha, lekin odamlarning istaklari cheksizdir. Shundan kelib chiqib, ehtiyojni qondirish uchun tovarlami ishlab chiqarish tabiiy, cbeksiz istaklami qoniqtirish uchun tovarlami ishlab chiqarish. notabiiy holat. Aristotelning fikricha, tovarlar bozorda sotish uchun ishlab chiqarilganida, bu faoliyat ehtiyojni yoki istaklami qondirish uchun amalga oshirilganligini aniqlash qiyin; lekin uning fikricha, agar bozordagi almashuv barter shaklida bo‘lsa, bu tabiiy ehtiyojni qondirish uchun amalga oshirilgan va bundan iqtisodiy foyda ko‘zlanmagan. Lekin pul vositasida almashuvning asosiy maqsadi Aristotel tomonidan qoralangan daromadni olish ekanligi ko‘zda tutiladi.
Aristotel Platon va ko‘pchilik boshqa yunon olimlarining iqtisodiy faoliyatini kengroq miqyosda o‘rgandi. Aristotel ko‘rsatib o‘tgan qiziqarii masalalardan biri shundan iboratki, yetishmovchilik muammosini iste’moini kamaytirish, odamlarning munosabatini o‘zgartirish yo‘li bilan hal qilish mumkin. Bu yetishmovchilik asosida yotadigan to‘qnashuvlami bartaraf etib, jamiyatdagi to‘qnashuvlami tugatish orzusida bo‘lgan utopistlar va sotsialistlar uchun kuchli g‘oya bo‘ldi.6
Ekonomika - Aristotel tushunchasi bo‘yicha bu eng avvalo, dehqonchilikdagi kishilaming hamda hunarmandchilik va mayda savdo bilan band boiganlaming asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsacli - insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning uchun unga davlat g‘amxo‘rlik qilishi kerak.
Xrematistika bu yirik savdc* yo‘li bilan boylik orttirish mahoratidir. Aristotelning qayd qilib o‘tishicha, bunday boylik orttirish maqsadiga
erishishning cheki boMmaydi. Bunday maqsad - boylik va pul topishdir (shu boisdan uning chegarasi yolq). Ekonomikadan farqli ravishda, xrematistika zarur hisoblanmaydi va tabiat qonunlariga zid, deb ko‘rsatiladi. Shundan kelib chiqqan holda, Aristotelning xitob qilishicha, «ekonomika maqtovga sazovor, xrematistika esa-tanbehga».
Qadimgi yunon mutafakkirlarining ekonomika va xrematistikaga boMgan bunday munosabati, uning natural xo‘jalik mavqeyida boMganligini yaqqol koTsatibjuribdi.
Aristotel o‘zining ekonomika va xrematistika konsepsiyasi doirasida quldorlik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo‘jalik hayotining eng muhim unsurlarini sun'iy ravishda «soddalashtirdi». Masalan, Aristotel fikri bo‘yicha, «haqiqatan ham narsalar shu qadar turli-tumanki, ulami tenglashtirib (taqqoslab) boMmaydi». Shunga ko‘ra xulosa qilinadi: «5 qo'ndoq = 1 uyga», chunki ulami taqqoslash faqat go‘yoki pul tufayli amalga oshirilishi «kundalik hayotda» ancha qulay. Tovar sifatidagi pulning o‘zi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda emas, balki odamlar o‘rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni (pulni) «iste’molga yaroqsiz» qilib qo‘yish «bizning ixtiyorimizda».
Aristotelning ekonomika va xrematistika konsepsiyasi «kamchiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham kiritish mumkin. Bu yerda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni qondirishda asosiy bitim sifatida ko‘riladi va tovaming iste’mol qiymatini iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi, ikkinchi bir joyda - aksincha, ayirboshlash boylik orttirish sifatida qaraladi va tovarning almashuv qiymatini xrematistika sohasining kategoriyasi, deyishga asos boMa oladi.
Nihoyat, shu konsepsiya nuqtayi nazaridan Aristotel savdo shakllari evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoqlama tahlil qilib, o‘zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda ekanligini namoyon etdi. Xususan, to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar ayirboshlash va pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning dastlabkishakllarini u ekonomika sohasiga kiritadi, savdo kapitalining harakatini, ya’ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan pulni ko'payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga o‘xshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning qiymat o‘Ichovi va muomala vositasi tarzida aks ettirilishini - ekonomika sohasiga, pulning foydani ko‘paytirish vositasi sifatida ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi.


  1. Download 101.57 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling