Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Download 0.74 Mb.
bet121/195
Sana08.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1757973
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Pul oqimi to’g’risidagi hisobotni tuzish va uni to’ldirish. Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tuzish. Moliyaviy faoliyat tushumlari. Tushuntirish xatlari va ilovalar.



    1. Moliyaviy hisobotning mazmuni va tarkibi. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish.

O’zbekiston Respublikasi xududida faoliyat ko’rsatayotgan barcha xo’jalik yurituvchi subektlar belgilangan tartib, muddat va shakllarda hisobotlar taqdim kilishlari shart. Respublikamizda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar talablari darajasiga yaqinlashtirish va soddalashtirish ustida jiddiy ish olib borilmoqda. Moliyaviy hisobotlar xo’jalik yurituvchi subektlarning ma’lum davr ichidagi moliyaviy–xo’jalik faoliyati natijalari, asosiy vositalari harakati, pul oqimlari to’g’risidagi va ma’lum sanadagi aktivlari, majburiyatlari va xususiy kapitalining holati haqida axborotlar beradi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish, odatda uning kontseptual asoslariga tayangan holda amalga oshiriladi.Kontseptual asos eng avvalo quyidagilarni hal qilish uchun zarur:

  • mavjud kontseptsiya va tamoyillar asosida tizim tuzish;

  • yangi amaliy qiyinchiliklar vujudga kelganda ularni echish uchun algoritm yaratish;

  • moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilarda ularni tushunish darajasini oshirish;

  • turli korxonalar moliyaviy hisobotlari raqobatbardoshligini oshirish.

Moliyaviy hisobotlarning kontseptual asoslari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:


1) Moliyaviy hisobotlarni taqdim qilishning maqsadi (va hal qilinishi uchun moliyaviy ma’lumotlar talab qiladigan vazifalar);



  1. Buxgalteriya hisobotining sifat tavsiflari (asosiy xususiyatlari);

  2. Moliyaviy hisobotlarning elementlari;

  3. Moliyaviy ma’lumotlarni e’tirof etish (tan olish) va o’lchash mezonlari;

  4. Ma’lumotlar tizimini tuzish tamoyillari.

Ko’rinib turibdiki, moliyaviy hisobotlar kontseptsiyasining bosh masalasi bo’lib moliyaviy hisobotlar taqdim qilishning maqsadini aniqlash hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BXMS)da moliyaviy hisobotlarning maqsadi quyidagicha qilib belgilangan: «Moliyaviy hisobotlarning maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holati, faoliyat natijalari va mo-liyaviy holatidagi o’zgarishlar haqida axborotlar taqdim qilish hisoblanadi»4.
Garchand, ushbu maqsadlar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotlar ko’pchilik foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirsada, foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun kerak bo’lishi mumkin bo’lgan axborotlarni etkazib bera olmaydidilar, chunki ularda o’tgan jarayonlarning moliyaviy natijalari aks ettiriladi va moliyaviy tavsifda bo’lmagan ma’lumotlar ular tarkibiga kirmaydi. SHunga qaramasdan, ishonchli va o’z vaqtida taqdim qilingan moliyaviy hiso-botlardagi axborotlar ulardan foydalanuvchilarga korxonaning moliyaviy ho-latini baholash va korxona faoliyati bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy va iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun etarlicha imkon beradi
Moliyaviy hisobot kontseptsiyalari moliyaviy hisobotlarni tuzish tartib qoidalarini belgilab berar ekan, ularni tuzishga qo’yiladigan talablar (buxgalteriya hisobi axborotlarining sifat xususiyatlari), taqdim qilinayotgan axbo-rotlarning minimal tarkibi (moliyaviy hisobot elementlari) va ular hal qilishi mumkin bo’lgan asosiy masalalar mazmunini ham asoslab beradi. MHK ko’ra, mo-liyaviy hisobotlarni tuzishdan maqsad ulardan foydalanuvchilarga taqdim qi-linayotgan axborotlar asosida quyidagi vazifalarni xal qilish imkonini berish kerak:

  1. • investitsion qarorlar va kreditlar berish bo’yicha qarorlar qabul qilish;

  2. • xo’jalik sub’ektining kelgusi pul oqimlarini baholash;

  3. • xo’jalik sub’ektiga ishonib topshirilgan iqtisodiy resurslar tufayli uning

resurslari va majburiyatlarini baholash;

  1. • rahbariyat faoliyatini baholash.

Yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni bajarish va asosiy maqsadga erishish uchun esa moliyaviy hisobot axborotlari ma’lum bir talablarga javob berishi kerak. Ulardan eng muximlari - bu axborotning sifat tavsiflari yoki xususiyat-laridir, ya’ni axborotlarning foydaliligi belgilari (tushunarlilik, ishonchlilik, ahamiyatlilik va taqqoslanuvchanlik), cheklovlar (o’z vaqtidalilik, manfaatlar va tavsiflar orasidagi balans, sifat tavsiflari orasidagi balans) hamda eng muhim yo’l quyishlar (hisoblash tamoyili, faoliyatning davomiyligi). Ular buxgalteriya hisobi axborotning u yoki bu qarorlarni qabul qilish uchun foydali-ligini aks ettiradilar va belgilaydilar.


Moliyaviy hisobotlarda xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’z majburiyatlarini bajarishi va sarmoyalarini qaytarishi uchun daromad va kelgusida naqd pul tushumlarini olish qobiliyatini amalga oshirish uchun yordam beradigan axborotlarni aks ettirishi kerak. Taqdim qilingan hisobot ma’lumotlaridan korxona rahba-rining faoliyatini baholash maqsadida ham foydalaniladi.
Moliyaviy hisobotning maqsadi va vazifalari unda aks ettirilishi lozim bo’lgan axborotlarning turi, nomi va ko’lamini belgilab beradi. Moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar qarorlar qabul qilishlari uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt haqida quyidagi axborotlarni taqdim etish talab qilinadi:

  • korxonaning iqtisodiy resurslari, majburiyatlari va kapitali;

  • korxonaning iqtisodiy resurslari, majburiyatlari hamda kapitalida sodir bo’lgan o’zgarishlar;

  • korxonaning iqtisodiy holati.

Boshqacha hilib aytganda korxonaning moliyaviy holati, hisobot davri uchun moliyaviy natijalari hamda mulkiy holati haqidagi ma’lumotlar moliyaviy hi-sobotda aks ettirilishi kerak. Ushbu ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi-ning «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuniga muvofiq quyidagi shakllarda aks ettirish tavsiya etiladi:
Buxgalteriya balansi – 1-sonli shakl
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot -2-sonli shakl;
Pul oqimlarining harakati to’g’risidagi hisobot – 4-sonli shakl;
Xususiy kapitalning xarakati to’g’risidagi hisobot -5-sonli shakl;
Moliyaviy hisobotga ilovalar, hisob-kitoblar va izohlar.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling