Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


-bosqich. Haqiqiy va rejalashtirilgan ma’lumotlarni solishtirish


Download 0.74 Mb.
bet136/195
Sana08.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1757973
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

6-bosqich. Haqiqiy va rejalashtirilgan ma’lumotlarni solishtirish
Bu bosqichning asosiy vazifasi byudjetda keltirilgan ko’rsatkichlarni bajarilishini ta’minlashdan iborat. Buning uchun boshqaruv qarorlarini amalga oshirish jarayonida haqiqatda yuzaga kelgan ma’lumotlar byudjetda ko’rsatilgan ma’lumotlar bilan solishtirib boriladi, ular bo’yicha chetga chiqishlar aniqlanadi. Mutaxassislar tomonidan o’tkazilgan tahlil natijasida bu chetga chiqishlarning yuzaga kelish joylari, sabablari va sababchilari o’rganiladi. Agar tahlil natijalari belgilangan byudjet ko’rsatkichlari bajarilmay qolishidan dalolat bersa, kompaniya rahbariyati mavjud rejaga o’zgartirish kiritish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin.


7-bosqich.Aniqlangan chetga chiqishlarni bartaraf qilish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish.
Tahlil ma’lumotlari tavsiya qilingach, kompaniya rahbariyati aniqlangan va kompaniya faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan omillar ta’sirini yo’qotish, agar buning iloji bo’lmasa, hech bo’lmaganda kamaytirish va ijobiy omillar ta’sirini mustahkamlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqishga kirishadi.
CHizmadagi 7 va 5 xamda 7 va 2 bosqichlarni bog’lab turuvchi chiziqlar ushbu jarayonda ular o’rtasidagi o’zaro aloqa mavjudligidan dalolat beradi.


    1. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo’jalik muomalalarini qayd qilish. Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulyatsiya qilish tizimini turkumlash. Mahsulotning tannarxini kalkulyatsiya qilishning oddiy, buyurtmali, me’yoriy va jarayonli usullari.

Moliyaviy hisob schyotlarida xo’jalik muomalalari daromad va xarajatlarning paydo bo’lish joylari bo’yicha aks ettiriladi. Moliyaviy hisob tizimida, ya’ni buxgalteriya hisobi schyotlarida moliyaviy hisobot tuzish uchun zarur ma’lumotlar aks ettiriladi. Xususan, aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlar to’g’risidagi ma’lumotlarning korxona miqyosida umumiy summasi aniqlanadi. Boshqaruv hisobi tizimida esa ma’lumotlar korxona tarkibiy bo’linmalari kesimida va ijobiy hamda salbiy o’zgarishlarni aks ettirgan holda shakllantiriladi. Xususan, daromadlar yoki xarajatlar bo’yicha rejada (me’yor bo’yicha) belgilangan summalardan chetga chiqishlarni inobatga olish uchun tegishli schyotlar ochish tavsiya etiladi. Masalan, “Me’yordan ortiqcha daromadlar” yoki “Me’yordan ortiqcha yo’qotishlar” kabi schyotlarni yuritish maqsadga muvofiq bo’ladi.




Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi tannarxini aniqlash tartibi tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. SHu sababli amaliyotda tannarxini aniqlashning oddiy, buyurtmali, jarayonli yoki bosqichli va me’yoriy tannarx hisoblash usullari mavjud.
Mahsulot tannarxini kalьkulyatsiya qilishning oddiy usuli bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda qo’llaniladi. Uning mazmun-mohiyati shundan iboratki, bevosita va bilvosita ishlab chiqarish xarajatlari to’g’ridan to’g’ri ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotda yig’iladi. Hisobot davri oxirida barcha xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (miqdori)ga bo’lish orqali bir birlik mahsulot tannarxi aniqlanadi.
Tannarxning buyurtmali kalьkulyatsiya usuli – bu umumiy atama bo’lib, maxsus buyurtma, tovar partiyasi va kontrakt tannarxining kalьkulyatsiyasini bildiradi. Tannarxni hisoblashning ushbu usuli kompaniya haridordan kalьkulyatsiya qili-nadigan mahsulotning bir birligini ishlab chiqarishga buyurtma olganda qo’llaniladi. Buyurtmalarni bajaradigan korxonalar maxsus bir martalik tovarlar, masalan, dastgohlar, uskunalar, ehtiyot qismlar va shu kabilarni ishlab chiqarish bilan shug’ullanadilar.
Bir qator tovarlarni, masalan, sotilgunga qadar omborda saqlanadigan, elektrmaishiy tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalar tovar partiyasi tannarxini kalьkulyatsiya qilish usulidan foydalanadi. Ushbu holatda tannarxning buyurtmali usulidagi uslubiyot qo’llaniladi. Bunda xarajatlarni hisobga olish tizimi bir xildir. Yagona farq shundaki, xarajatlar mahsulot birligiga emas, balki mahsulot birligining ma’lum miqdoridan iborat har bir ishlab chiqarish partiyasiga hisoblanadi. Buyurtma tayyorlanib yakunlangandan so’ng tovar partiyasi xarajatlarining umumiy summasini tovar birligining umumiy miqdoriga bo’lish orqali mahsulot birligining tannarxi aniqlanadi.
Kontrakt va buyurtma o’rtasidagi farq shundan iboratki, biri hajm bilan, boshqasi esa vaqt oralig’i bilan bog’liqdir. Kontrakt tannarxini kalьkulyatsiya qilish usuli, masalan, ishni bajarish muddati bir necha oy yoki yillarni tashkil etadigan kontrakt asosida qurilishda ishlaydigan kompaniyalar tomonidan qo’l-laniladi. Aksariyat hollarda ish pudratchining ishlab chiqarish binolarida emas, qurilish ob’ekti joylashgan joyda bajariladi.
Har bir kontrakt mahsulot tannarxini kalьkulyatsiya qilishning alohida birligi sifatida qaraladi, chunki rahbariyat har bir kontrakt bo’yicha olinayotgan foyda yoki zarar xaqida axborot talab qilishi mumkin. Yirik kontraktlar bo’yicha nazoratni takomillashtirish maqsadida yoki qurilishning ma’lum bir bosqichida to’lov hisoblarini taqdim etish va ma’lum bir sanaga foydani hisoblash imkoniyatini ta’minlash uchun ishning har bir bosqichi bo’yicha subbirliklarni belgilash zarurati yuzaga kelishi mumkin.
Buyurtmali kalьkulyatsiya kilish tizimining markaziy elementi bo’lib buyurtmaning kalьkulyatsiya kartochkasi hisoblanadi. Haridorning har bir buyurtmasi bo’yicha alohida kartochkasi ochiladi, unda quyidagilar hisobga olinadi:
• buyurtmani bajarish uchun maxsus sotib olingan materiallar ( mol etkazib beruvchilarning qabul qilish – topshirish dalolatnomalari yoki hisob – fakturalar asosida);
• zahiralardan olingan materiallar (talabnomalar asosida);
• ishlab chiqarish ishchilarning ish xaqlari ( buyuurtmani bajarish uchun vaktni hisobga olishning tabel kartochkalari asosida);
• to’g’ri xarajatlar (hisob – fakturalar va boshkalar asosida).
Buyurtma bajarilgandan so’ng kalьkulyatsiya kartochkasida to’g’ri xarajatlarning umumiy summasi aniqlanadi, so’ng qabul qilingan usullardan biri asosida ustama xarajatlar hisoblanishi va kiritilishi mumkin. Agar hisobot davri oxirida buyurtma yakunlanmagan bo’lsa, ma’lum bir sanaga bo’lgan kalьkulyatsiya kartochkasidagi xarajatlarning umumiy summasi tugallanmagan ishlab chiqarishni beradi. Buyurtmaning tannarxini avvaldan qilingan hisob - kitoblar bilan solishtirish mumkin. Bu haqiqat va rejadagi qiymat o’rtasidagi farqni tahlil qilish imkoniyatini beradi. Agar mahsulot bir necha komponentlardan iborat bo’lsa, barcha xarajat komponentlari hisobga olinganligini tekshirib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling