Dt «Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar» 3000
Kt «Investitsiyalar» 324000
Buxgalteriya hisobining amaldagi standartlari talablariga ko’ra xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarida investitsiyalar bilan bog’liq barcha ma’lumotlarni berib borishlari lozim. Bu hisobotlar investorlarga korxonalarning investitsiya portfeli shakllanishining asosiy tamoyillari, ularning daromadliligi va ular bilan bog’liq tavakkalchiliklar to’g’risida ma’lumotlar berishi lozim.
Buxgalteriya balansida investitsiyalar toifalari bo’yicha aks ettirilib, uning uzoq muddatli aktivlar qismida uzoq muddatda, joriy aktivlar qismida esa bir yilgacha muddatda daromad olish maqsadida yo’naltirilgan investitsiyalar qiymati aks ettiriladi. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda investitsiyalarning sotilishi natijasida olingan daromad va bu daromadni yaratish bilan bog’liq xarajatlar, dividendlar, royalti, ijara haqi va foizlar ko’rinishidagi daromadlar hamda hisob siyosatiga ko’ra investitsiyalarni qayta baholashdan olingan foyda yoki zarar summalari tegishli moddalar bo’yicha o’z aksini topadi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda investitsiyalarining kirimi va chiqimi bilan bog’liq pul oqimlarining harakati to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |