Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Kt «Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» 39750000 Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga Dt


Download 0.74 Mb.
bet95/195
Sana08.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1757973
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Kt «Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» 39750000
Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga
Dt «Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» 17887500
Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» 17887500
Agar qayta baholash paytida aktivlarning qiymati pasayishi yuz bersa, unda pasayish summasi avval «Mol-mulkni ­qayta baholash» schyoti bo’yicha avvalgi qayta baholashlar hisobidan qoplanadi. Mabodo, bu schyotdagi summa-lar kamlik qilgudek bo’lsa, unda aktivlarni qayta baholash natijasida qiymatning kamayishidan ko’rilgan zarar «Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashdan olingan zarar» moddasi bo’yicha hisobga olinadi va davr xarajatlari tarkibida hisobot davrining foydasi hisobidan qoplanadi. «Zahira kapitali» korxonani muhim ehtiyojlarini qoplash uchun mo’ljallangan. O’zbekiston Respublikasining «Aktsionerlik jamiyatlari va aktsionerlarning huquqlarini himoya qilish» to’g’risidagi Qonuniga ko’ra zahira kapitali foyda summasi etmay qolgan holatda jamiyatni o’tgan davrlarda ko’rgan zararini qoplash, jamiyat obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividendlar to’lash, jamiyat tugatilayotgan paytda esa haqdorlarga hisoblangan daromadlarini to’lab berish kabi yo’nalishlarda ishlatilishi mumkin. Zahira kapitalidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas. Zahira kapitalini tuzish amaldagi qonunchilikka ko’ra ochiq Aktsionerlik jamiyatlarida majburiy va boshqa korxonalarda ixtiyoriy hisoblanadi. Uni yuzaga keltirishning manbai jamiyatning sof foydasi hisoblanadi.
5-misol. Aktsionerlik jamiyatining Ustav kapitali 5000000 so’mni tash­kil qiladi. Jamiyat Ustavida Ushbu summaning 15% miqdorida zahira ka­pitalini yuzaga keltirish ko’zda tutilgan. Hisobot davrida jamiyatning sof foydasi 1200000 so’mni tashkil qildi. Qonunchilikka asosan uning 5% zahira kapitalini shakllantirishga sarf bo’ladi. Bu summa 60000 so’mni tash­kil qiladi.
Zahira kapitali tashkil qilinganda quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Dt «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi» 60000
Kt «Zahira kapitali» 60000
Faraz qilaylik, kelgusi hisobot davrida korxona zarar bilan chiqdi va im-tiyozli aktsiya egalariga hisoblanishi lozim bo’lgan 50000 so’mlik dividendni hisoblashga imkoni yo’q. Aktsionerlar yig’ilishi ushbusummani zahira kapitali hisobidan to’lashga qaror qildi.
Bu xo’jalik muomalasi amalga oshirilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi:

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling