Dt «Boshqa olinadigan schyotlar»
Kt «Grantlar, subsidiyalar»
Grant (subsidiyalar) bo’yicha ajratilgan mablag’ kelib tushganida
Dt «Pul mablag’lari»
Kt «Boshqa olinadigan schyotlar»
Grant muddati tugab, uni ajratgan tashkilotlar qaroriga ko’ra undagi mablag’lar korxona Ustav kapitali yoki Zahira kapitaliga o’tkazilganda:
Dt «Grantlar, subsidiyalar»
Kt «Ustav kapitali», «Zahira kapitali»
4.Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularni hisobga olish.
Kapitalning tarkibiy qismi hisoblanadigan taqsimlanmagan foydani aniqlash uchun korxona tomonidan olinadigan foydani aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki qaysi faoliyat turidan korxona foyda olayotganligi va qaysi faoliyat turidan zarar ko’rayotganligini bilish korxonaning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligiga ham o’zining ta’sirini o’tkazadi.
Buxgalteriya hisobining moliyaviy natijalarni aniqlash uchun mo’ljallangan vaqtinchalik schyotlarida aks ettirilgan daromadlar va xarajatlar asosida korxonaning moliyaviy natijasi, ya’ni foyda yoki zarar aniqlanadi. Moliyaviy natijani ifodalovchi foyda ko’rsatkichining quyidagi turlari “Moliyaviy natijalar to’-risidagi hisobot” nomli hisobotda bosqichma-bosqich aniqlanadi:
1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda.
2. Asosiy faoliyatidan olingan boshqa foyda (operatsion foyda).
3. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda.
4. Umumxo’jalik faoliyatdan olingan foyda.
4. Favqulodda foyda (zarar).
5. Soliq to’lagungacha olingan foyda.
6. Hisobot davrining sof foydasi.
7. Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko’rsatkichlari bilan tasniflanadi:
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |