Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Aktiv schyotlarda oxirgi qoldiqni aniqlash uchun quyidagi misollarni keltiramiz


Download 0.74 Mb.
bet18/195
Sana08.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1757973
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Aktiv schyotlarda oxirgi qoldiqni aniqlash uchun quyidagi misollarni keltiramiz:
1. Korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidan chekka asosan 20 yanvarda kassaga pul olindi – 50.000 so’m. Misolimizda qatnashayotgan «Kassa» va «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari» schyotlarining har ikkalasi ham aktiv schyot hisoblanadi.
SHu munosabat bilan misolimizga quyidagicha buxgalteriya yozuvlari beriladi:
Debet: «Kassa» schyoti – 50.000 so’m.
Kredit: «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari» schyoti – 50.000 so’m.
Eslatma: «Kassa» schyoti bo’yicha boshlang’ich qoldiq 01.01.2004 yil holatiga – 8.000 so’m. «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari» schyoti bo’yicha 01.01.2004 yil holatiga qoldiq – 250.000 so’m. Ikkala schyot bo’yicha oylik oborotlarini, oy oxiriga qoldig’ini aniqlab chiqamiz.
«Kassa» schyotining oylik oboroti – 50.000 so’m debet tomonda kredit oboroti oy davomida yo’q. «Kassa» schyotini oy oxiriga bo’lgan qoldig’ini aniqlash uchun boshlang’ich qoldig’iga oylik debet oborotini qo’shamiz va kredit oborotini ayiramiz, ya’ni (8.000+50.000) «Kassa» schyotining oy oxiriga qoldig’i 58.000 so’m bo’ladi. «Hisob-kitob schyoti”ining boshlang’ich qoldig’i 250.000 so’m, debet tomonining oylik oboroti yo’q. Kredit tomonidagi oylik oborot 50.000 so’mni tashkil qilgan. Bu schyot bo’yicha oy oxiriga qolgan qoldiq 200.000 so’mdir, ya’ni 250.000 so’m – 50.000=200.000 so’mdir.
Keltirgan misolimizga berilgan buxgalteriya yozuvlaridan kelib chiqqan holda ularni schyotlar sxemasida aks ettirib, oylik oborotlarini va oy oxiriga qoldiqlarini har bir schyot bo’yicha aniqlab chiqamiz.



D-T “Kassa” schyoti K-T





Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling