Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Download 0.74 Mb.
bet30/195
Sana08.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1757973
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

D-T “Materiallar” K-T




Davr hara-
D-T jatlari” K-T






D-T “Kassa” K-T

4) 250 000







3) 52 000







6) 5000

1) 50 000






















2) 30 000






















5) 2000




Xizmat safari uchun
Xodimlarga berilgan
D-T bo’naklar” K-T




Umumxo’jalik sarflari
bo’yicha berilgan
D-T bo’naklar” K-T

1) 50 000

3) 52 000




2) 30 000

4) 250 000

5) 2000










6) 5000

Hisobdor shaxslarga berilgan pul mablag’lari bo’yicha xar-bir hisobdor shaxs pul mablag’larining sarf-xarajati to’g’risida hisobot tuzib korxona rahbari tomonidan tasdiqlangandan keyin buxgalteriyaga topshiriladi.


Agar hisobdor shaxs kassadan unga berilgan pul mablag’larini to’liq ishlatmagan bo’lsa u holda ishlatilmay qolgan pul mablag’larini xo’jalik sub’ekti kassasiga topshiradi, ortiqcha sarf qilingan xarajatlar tasdiqlansa u holda hisobdor shaxsga kassada beriladi.
Hisobdor shaxslar tomonidan tuzilgan avans hisobotlari bosh buxgalter tomonidan tekshirilayotganda asosiy e’tibor qilingan sarf xarajatlarni belgilangan ma’yorlarga mos kelishi va ularning maqsadli sarflanishiga qaratiladi.



  1. Olinadigan va to’lanadigan pul nazorati, maqsadli pul fondlari va naqd pul hisobining moliyaviy hisoboti. Debitorlik hisobotlari olinadigan qimmatli qog’ozlar, boshqa debitorlar

Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati ko’p qirrali hisoblanib u o’z oldidagi vazifalarni bajarishda boshqa xo’jalik yurituvchi so’b’ektlar bilan iqtisodiy munosabatlarga kirishadi. Iqtisodiy munosabatlar holati, bajarilish shartlari, muddatlari tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomada o’z ifodasini topadi. Unga asosan tomonlarning majburiyatlari o’zaro tan olinadi. Tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomada bajariladigan ish (xizmatlar) yetkazib beriladigan maxsulot hajmi muddatlari hamda bajarilgan ish va xizmatlar uchun hisob-kitob yuritish tartibi ko’rsatiladi. Tuzilgan shartnomaning nusxasi hisob-kitob ishlarini olib boruvchi bankka taqdim qilinadi. Demak, tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirilgan hisob-kitoblar banklar tomonidan olib boriladi va uning qonuniyligi xamda to’g’riligi nazorat qilinadi.
Banklar tomonidan bajarilgan ish va xizmatlar uchun to’lovlar naqd pulsiz ya’ni pul o’tkazish yo’li bilan olib boriladi. Mol yetkazib beruvchilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar ishlab chiqaruvchi va molni qabul qiluvchi haridor xo’jalik sub’ektilarning joylanishiga va hisob-kitob ishlarini olib boruvchi bankning joylashgan joyiga qarab, shahar doirasidagi va boshqa shahardar doirasidagi hisob-kitob ishlariga bo’linadi. Bir shahar doirasidagi hisob-kitob ishlari deb, mol yetkazib beruvchi va qabul qiluvchi xo’jalik sub’ektilar bir shaharda joylashgan bo’lib, ular tomonidan amalga oshiriladigan hisob-kitoblarni bir bank tomonidan amalga oshirilishiga aytilsa, boshqa shaharlar doirasida joylashgan mol yetkazib beruvchi bilan haridor xo’jalik sub’ekti o’rtasidagi hisob-kitoblarga aytiladi. Bunda bajarilgan ish va xizmatlar bo’yicha amalga oshirilgan hisob-kitoblar nazorati xar ikki tomonga xizmat qiluvchi banklar tomonidan olib boriladi.
Hozirgi sharoitda bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha hisob-kitoblarni o’z vaqtida olib borilishi birinchidan shartnoma shartlarini ta’minlasa, ikinchidan korxonalarni pulga bo’lgan ehtiyojini qondirishga yordam beradi. Bu esa o’z navbatida xarajatlarini kamaytirishga olib keladi.
Bajarilgan ish va xizmatlar uchun olib boriladigan naqd pulsiz operatsiyalarning afzalligi shundan iboratki, unda birinchidan o’zaro hisob-kitoblar to’lovchining roziligi bilan yoki uning topshirig’i bilan hisob-kitob schyotidagi mavjud pul miqdori hisobidan to’lanadi, ikkinchidan to’lovlar ketma-ketlik asosida olib boriladi, uchinchidan xo’jalik yurituvchvi sub’ektlar hisob-ktob shakllarini mustaqil tanlash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Korxona o’rtasidagi hisob-kitoblarni tartibga solish, to’lovchining iqtisodiy holatini o’rganish maqsadida mol yetkazib beruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi tomonidan yetkazib berilishi lozim bo’lgan yoki ko’rsatilishi lozim bo’lgan xizmat uchun to’lovning 15 foizi oldindan to’langandan keyingina mol yetkazib beruvchi korxona tomonidan mahsulot jo’natiladi yoki xizmatlar bajariladi.
O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi O’zbekiston Respublikasi markaziy bankning «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisoьb-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi Nizomida belgilangan.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling