Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
Tezlashtirilgan eskirish hisoblash usuli
Download 0.74 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
3. Tezlashtirilgan eskirish hisoblash usuli
a) sonlarning yigindisi bo’yicha qiymatni hisobdan chiqarish usuli. Bu usul eskirish hisoblanadigan asosiy vositaning xizmat qilish yillari summasi orqali aniqlanadi va bu summa hisoblash koeffitsientida maxraj bo’lib xizmat qiladi. Bu koeffientsientning sur’atida ob’ektning xizmat muddati oxirigacha qolgan yillar soni (teskari tartibda) turadi. Bu usulda ham, oldingilarga o’xshash, eskirish summasi boshlang’ich qiymatdan tugatish (qoldiq) qiymati chegirilgandan qolgan qismidan hisoblanadi. Masalan, yuqorida misol tariqasida olingan dastgohning taxmin qilina-yotgan foydali xizmat muddati 5 yil bo’lsin. U holda dastgohni ishlatish yillari summasi (kumulyativ son) - 15 yil bo’ladi: 1+2+3+4+5h15 Dasgohning xizmat muddatining har yiliga to’g’ri keladigan eskirish summasi ulushini topish uchun xizmat muddatini oxirigacha bo’lgan yillarni (ya’ni teskari tartibda) kumulyativ songa bo’lib chiqamiz, ya’ni 515, 415, 315, 215, 115 So’ngra, har bir kasrni eskirish hisoblanadiganso’mma (B-T) ga ko’paytirish orqali har yillik amortizatsiya summasi aniqlanadi. Bu usulda amortizatsiya ajratmalari summasi jadvali quyidagi ko’rinishda bo’ladi (jadvalga qarang). Jadvalda keltirilgan hisoblardan ko’rinib turibdiki, dastgohning xizmat muddatining dastlabki yillarida eng katta amortizatsiyaso’mmasi hisoblanmokda, keyingi yillarda esa u yilma-yil kamayib bormoqda, jamlangan amortizatsiya sekin-asta ortib boradi, balans qiymati qoldiq qiymatga etib bormagunicha har yili eskirish summasiga kamayib boradi. ( so’m hisobida)
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling