Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Download 0.74 Mb.
bet6/195
Sana08.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1757973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Buxgalteriya hisobi - bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini kuzatish hamda to’lig’icha, uzluksiz ravishda, o’zaro bog’liq holda hujjatlar yordamida pul bir-liklarida ro’yxatga olish orqali moliyaviy ma’lumotlarni aks ettiruvchi mo-dellashtirilgan axborot tizimidir.
Shunday qilib, zamonaviy buxgalter faqatgina schotlarni yurgizish bilangina shug’ullanmasligi, balki u rejalashtirish va qarorlar qabul qilish, nazorat va rahbarning e’tiborini jalb qilish, faoliyatga baho berish hamda uni sharhlash, auditorlik tekshiruvidan o’tkazish kabilarni qamrab oluvchi keng miqyosdagi faoliyat bilan shug’ullanmog’i lozim ekan. Zamonaviy buxgalter u tayyorlagan axborotdan foydalanuvchilarning barchasining, ular ichki yoki tashqi bo’-lishidan qat’iy nazar, talablarini qondirishi kerak ekan. Bu jihatdan B.Nidlz, Х.Anderson, D.Kolduelllarning “Prinsipы buxgalterskogo uchyota” nomli Kitobida keltirilgan quyidagi ta’rif eng ma’qulidir:
Buxgalteriya hisobi ma’lum bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risidagi mo-liyaviy axborotlarni o’lchash, qayta ishlash va moliyaviy hisobot ko’rinishida taqdim etish tizimidir.
Ushbu ta’rifning mohiyatini yoritishga harakat qilamiz.
Buxgalteriya hisobi xo’jalik faoliyati va u bilan bog’liq qarorlarni qabul qiluvchi shaxslar o’rtasida bog’lovchi vosita bo’lib xizmat qiladi:

  • U xo’jalik faoliyatini uni qayd etish orqali o’lchaydi. Masalan, mahsulot sotish muomalasini amalga oshirish uchun yuk xati rasmiylashtiriladi va u maxsus qayd qilish kitobida ro’yxatdan o’tkaziladi. Yuk xatini rasmiylashtirish paytidaxaridor, muomala amalga oshirilayotgan sana, sotilayotgan mahsulot, uning miqdori, narxi va ana shu asosda qiymati to’g’risidagi ma’lumotlar qayd qilinadi, ya’ni sotish hajmi o’lchanadi.

  • O’lchangan xo’jalik muomalalarini foydali axborot ko’rinishiga keltirish va zarur paytgacha saqlash maqsadida uni qayta ishlaydi. Masalan, umumiy sotish hajmi, daromadlar, harajatlar kabilar hisoblab topiladi.


  • Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling