Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
Dt «Hisoblangan foizlar» Kt
Download 0.74 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
Dt «Hisoblangan foizlar»
Kt «Foiz ko’rinishidagi daromad» Royalti ko’rinishidagi daromad deb, korxonaning savdo belgisi yoki boshqa turdagi huquqini o’zga kimsalarga ma’lum vaqtga, ma’lum haq evaziga foydalanish uchun berilishi natijasida olingan daromadga aytiladi. Hisoblangan daromadga quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi: Dt «Royalti va gonorarlar bo’yicha olinadigan schyotlar» Kt «Royalti bo’yicha daromadlar» Korxona o’zga korxonalarning aktsiyalariga «qiymat» yoki «ulushda qatnashish» usulida investitsiya qilishi mumkin. Qiymat usulida investitsiya qilinganda korxona boshqa aktsiyadorlar kabi faqat dividendga da’vogarlik qilishi mumkin. Ulushda qatnashish usulida esa investitsiya qilgan korxona ham dividendga, ham sof foydaning tegishli qismiga da’vogarlik qila oladi. Ushbu holatlarni quyidagi misol yordamida ko’rib chiqamiz. Misol. «XUZ» korxonasi hisobot yilining yanvar oyida «A» kompaniyaning nominal qiymati 1000 so’m bo’lgan 100 ta aktsiyasini 1100 so’mdan sotib oldi (qiymat usuli). Fevralь oyi oxirida korxona yangi tashkil qilinayotgan «V» kompaniyaning ta’sischisi sifatida nominal qiymati 5000 so’mdan bo’lgan 1000 ta aktsiyasini 6000 so’mdan sotib oldi. Bu aktsiyalar miqdori «V» kompaniya Ustav kapitalining 30 % ni tashkil qiladi. « XUZ» korxonasi bu xo’jalik muomalasini o’zining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirdi: Dt «A» korxonaga investitsiyalar 110000 Dt «V» korxonaga investitsiyalar 6000000 Kt «Pul mablag’lari» 6110000 Hisobot yili tugab, aktsionerlar yig’ilishi qaroriga ko’ra, «A» korxona har bir aktsiyaga 250 so’mdan dividend e’lon qildi. Bu to’g’risida rasmiy hujjatga ega bo’lgach, « XUZ » sotib olingan 100 aktsiyaga tegishli bo’lgan (100 ta aktsiya x 250 so’m =25000 so’m) dividend summasiga o’zida quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshirdi. Dt «Olinadigan dividendlar» 25000 Kt «Dividend ko’rinishidagi daromadlar» 25000 Hisobot yilini «V» korxona 2500000 so’m foyda bilan yakunladi. Aktsiyadorlar yig’ilishi qaroriga ko’ra foyda summasining 1000000 so’mi dividend sifatida taqsimlanishga kelishildi. SHunga ko’ra muomaladagi har bir aktsiyaga 200 so’mdan (1000000 so’m : 5000 ta aktsiya ) dividend to’g’ri keldi. Bu xo’jalik muomalasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) hisoblangan dividend summasiga Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling