Zararsizlik nuqtasi. CVP-tahlili zararsizlik nuqtasini hisoblash uchun ishlatilishi mumkin.
Zararsizlik nuqtasi - shunday nuktaki, bunda sotishdan olingan daromad jami xarajatlarga tengdir, ya’ni bunda foyda ham, zarar ham bqlmaydi.
Foyda (zarar) – bu marjinal daromad (kontributsiya) va doimiy xarajatlar o’rtasidagi farqdir.
SHunday hilib, zararsizlik nuhtasi marjinal daromad (MD) doimiy xarajatlarga teng bqlgan joyda joylashadi.
Zararsizlik nuqtasini aniqlashning uch xil usuli mavjud:
matematik usul;
marjinal daromad usuli;
grafik usuli.
Birinchi navbatda matematik usulni ko’rib chiqamiz.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot
(Direkt-kosting)
Mahsulot sotishdan tushum mahsulot hajmi x sotish bahosi
Sotilgan mahsulot tannarxi mahsulot hajmi x o’zgaruvchan xarajatlar (birlik)
O’zgaruvchan noishlab chiqarish xarajatlari mahsulot hajmi x o’zgaruvchan xarajatlar (birlik)
-----------------------------------------------------------
(Jami o’zgaruvchan xarajatlar) Marjinal daromad
Doimiy UIX
Doimiy noishlab chiqarish xarajatlari -------------------------------------------------------
( Jami doimiy xarajatlar )
YaLPI FOYDA (ZARAR)
Natijada quyidagi tenglamaga ega bqlamiz:
Mahsulot hajmi x sotish bahosi - mahsulot hajmi x o’zgaruvchan xarajatlar (birlik) – doimiy xarajatlar FOYDA
Keltirilgan tenglamani harflar bilan belgilab olamiz :
MH – mahsulot hajmi
SB – sotish bahosi
O’Xbir – o’zgaruvchan xarajatlar bir birlik uchun
DX – doimiy xarajatlar
F – foyda
SHunga asosan formulani keltiramiz:
MH x SB – MH x O’Xbir – DX F
MH ( SB - O’Xbir) – DX F
Agar biz zararsizlik nuqtasi ta’rifidan kelib chiqsak, bu nuqtada foyda ham, zarar ham bo’lmaydi. Demak, F 0
Endi formula o’zgaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |