Dt «Pul mablag’lari» 9900000
Dt «Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» 100000
Kt «Mahalliy ta’sischilarni Ustav kapitaliga
badallari bo’yicha qarzlari» 2500000
Kt «Xorijiy ta’sischilarni Ustav kapitaliga
badallari bo’yicha qarzlari» 7500000
Ustav kapitalini shakllantirishda yuzaga kelgan kursdagi farq foyda yoki zarar hisoblanmaydi va u soliqqa tortiladigan foyda bazasini aniqlashda ishtirok etmaydi.
3.Zahira kapitalini hisobga olish. Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobini yuritish.
Balansning «Zahira kapitali» moddasiga schyotlar rejasida quyidagi ishchi schyotlar ochilgan:
«Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»
«Zahira kapitali»;
«Hisobotni konsolidatsiya qilishdan kelib chiqadigan kursdagi farq»
«Mol-mulkini qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotiida korxona aktivlarini davlat tomonidan belgilangan ma’lum tartib va talablarga ko’ra amalga oshirilgan qayta baholashlari natijalari aks ettiriladi. Qayta baholash natija-sida aktivlarning qiymati ko’payishi yoki kamayishi mumkin. SHunga ko’ra bu schyotlar tegishli holatlarda debetlanishi yoki kreditlanishi mumkin.
4-misol. Aktsionerlik jamiyati balansida 2008 yilning boshida sotib olingan, har birining bahosi 150000 so’m bo’lgan 10 ta tikuv mashinasi bor edi. 2011 yilning 1 yanvariga qadar bu asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi (150000 so’m x 10 ta) x 0,15 x 3 yil h 675000 so’mni tashkil qilgan va eskirish koeffitsienti 45% dan iborat bo’lgan. Asosiy vositalarni qayta baholash bo’yicha davlat tomonidan chiqarilgan rasmiy hujjatga asosan bunday asosiy vositalarni qayta baholash koeffitsienti 27,5 ga teng. SHunga ko’ra bu xo’jalik muomalalari buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati summasiga
Dt «Asosiy vositalar» 39750000
Do'stlaringiz bilan baham: |