Sanoat ishlab chiqarishning fondlari va aylanma mablag’lari Reja


Download 20.87 Kb.
bet1/4
Sana18.03.2023
Hajmi20.87 Kb.
#1283046
  1   2   3   4
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishning fondlari va aylanma mablaglari


Sanoat ishlab chiqarishning fondlari va aylanma mablag’lari
Reja:
1.Aylanma fondlarning mohiyati va ahamiyati .
2.Aylanma mablag‘lar va ularning aylanishini tezlashtirish .
3.Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish .
.
.Aylanma fondlarning mohiyati va ahamiyati
Sanoat sohasida turli mahsulotlarni tayyorlash jarayonida moddiy va moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlar doimo oshib boradi. Sanoat korxonalarida asosiy fondlar bilan bir vaqtda mehnat buyumlari ham harakatda bo‘ladi. Shu sababli ularni aylanma fondlar deb aytiladi. Aylanma fondlar - ishlab chiqaroish jarayonida bir marta qatnashib, o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazib, o‘z shaklini ham o‘zgartiradigan, butunlay yo‘qotib yuboradigan mehnat buyumlaridir. Aylanma fondlarga ishlab chiqarish jamg‘armalari va ishlab chiqarishdagi mablag‘lar, tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiradi. Ishlab chiqarish jamg‘armalari aylanma fondlarning asosiy qismini tashkil etadi. Ular korxonalarga keltirilgan, lekin ishlab chiqarish jarayonida hali foydalanilmagan mehnat buyumlari, xususan, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, xo‘jalik jihozlari va tez emiriluvchi buyumlardan iborat. Aylanma fondlarning yana bir qismini tugallanmagan ishlab chiqarish tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayoniga allaqachon tushgan, lekin ishlov berish tugamagan mehnat buyumlaridir. Bularga korxona o‘zi yaratgan, lekin chala tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Aylanma fondlarning yana bir qismi kelgusi davr xarajatlari hisoblanadi. Ular yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, tayyorlash va o‘zlashtirish, mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash xonalarini ijaraga olish, tog‘-sanoat korxonalariga taaluqli xarajatlardan iboratdir. U xarajatlarning hammasi tayyor mahsulotning tannarxiga kiritish evaziga qoplanadi. Aylanma fondlarning tarkibi turli tarmoqlarda turlicha bo‘ladi. Ularni iqtisodiy tahlil etish va ularning tarkibiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularning ta’sir kuchi natijalarini topish sanoat taraqqiyotini belgilashga katta yordam beradi.



Download 20.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling