Sanoat ishlab chiqarishning fondlari va aylanma mablag’lari Reja


Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish


Download 20.87 Kb.
bet3/4
Sana18.03.2023
Hajmi20.87 Kb.
#1283046
1   2   3   4
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishning fondlari va aylanma mablaglari

.Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish
Sanoat ishlab chiqarishining uzluksiz va barqaror rivojlanishini ta’minlash, yuqori sifatli va arzon xilma-xil mahsulotlarni ko‘plab ishlab chiqaradigan korxonalarning raqobatbardosh bo‘lishiga erishish, ularning moliyaviy ahvolini yaxshilash ko‘p jihatdan aylanma mablag‘larning xajmiga, sifatiga va ulardan oqilona foydalanishga bog‘liq. Shu sababli ham Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1997 yil 9 iyulda “Aylanma mablag‘larning saqlanishi va o‘z vaqtida to‘ldirib turilishi uchun ma’suliyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi maxsus farmonga qo‘l qo‘ydi. Ushbu farmonda Respublikaning ayrim vazirliklari, idoralari va korxonalarida moliyaviy ahvol qoniqarsiz bo‘lib qolayotganligi, o‘z aylanma mablag‘larini saqlashga e’tiborsiz bo‘lishi, shuningdek katta miqdordagi mablag‘lar debitorlik qarzlariga ishlatib yuborilayotgani, tayyor mahsulotning normativdan ortiqcha qoldiqlari tarzida o‘lik xolatga keltirilayotganligi qayd etildi. Keyingi 15 yil ichida bu kamchiliklarga barham berildi. Natijada aylanma mablag‘larning aylanishi tezlashtirildi va ulardan samarali foydalanishga erishildi. Kelgusida yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishiga erishish, diversifikatsiya qilingan va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish va uning rivojini jadallashtirish aylanma mablag‘lardan yanada yaxshiroq foydalanishni taqozo etadi. Bu borada sanoat ishlab chiqarishi oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi: - fan-texnika taraqqiyoti va innovatsion faoliyat natijalarini keng qo‘llashni; - ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jihatdan asoslangan me’yor va me’riylar (normativlar) tizimini yaratishni; - korxonalar o‘rtasidagi uzoq muddatli xo‘jalik aloqalarini yanada yuqori darajaga ko‘tarish va ishlab chiqarish kooperatsiyasidan keng foydalanishni; - korxonalarning moddiy-tovar boyliklarida band bo‘lgan yirik miqdordagi pul mablag‘larini tegishli va adresli maqsadlarga saflashni; - ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etishni takomillashtirish optimal shakllarini keng qo‘llash.

XULOSA
Aylanma fondlar ishlab chiqaroish jarayonida bir marta qatnashib, o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazib, o‘z shaklini ham o‘zgartiradigan, butunlay yo‘qotib yuboradigan mehnat buyumlaridir. Aylanma fondlarga ishlab chiqarish jamg‘armalari va ishlab chiqarishdagi 
mablag‘lar, tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiradi. 
Ishlab chiqarish jamg‘armalari aylanma fondlarning asosiy qismini tashkil 
etadi. Ular korxonalarga keltirilgan, lekin ishlab chiqarish jarayonida hali 
foydalanilmagan mehnat buyumlari, xususan, xom ashyo, yarim tayyor 
mahsulotlar, yoqilg‘i, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, ta’mirlash uchun 
ehtiyot qismlar, xo‘jalik jihozlari va tez emiriluvchi buyumlardan iborat. 
Aylanma fondlarning yana bir qismini tugallanmagan ishlab chiqarish tashkil 
etadi. Ular ishlab chiqarish jarayoniga allaqachon tushgan, lekin ishlov berish tugamagan mehnat buyumlaridir. Bularga korxona o‘zi yaratgan, lekin chala tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. 
Aylanma fondlarning yana bir qismi kelgusi davr xarajatlari hisoblanadi. Ular 
yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, tayyorlash va o‘zlashtirish, mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash xonalarini ijaraga olish, tog‘sanoat korxonalariga taaluqli xarajatlardan iboratdir. U xarajatlarning hammasi tayyor mahsulotnig 
tannarxiga kiritish evaziga qoplanadi. Aylanma fondlarning tarkibi turli tarmoqlarda turlicha bo‘ladi. Ularni iqtisodiy tahlil etish va ularning tarkibiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularning ta’sir kuchi natijalarini topish sanoat taraqqiyotini belgilashga katta yordam beradi. 


Download 20.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling