Sanoat ishlab chiqarishning fondlari va aylanma mablag’lari Reja
Aylanma mablag‘lar va ularning aylanishini tezlashtirish
Download 20.87 Kb.
|
Sanoat ishlab chiqarishning fondlari va aylanma mablaglari
Aylanma mablag‘lar va ularning aylanishini tezlashtirish
Aylanma mablag‘lar va ularning aylanishini tezlashtirish Sanoat korxonalari faoliyatining asosiy va aylanma fondlar hamda aylanma mablag‘lar bilan uzviy bog‘liqligi alohida ahamiyat kasb etadi. Muomaladaga ishlab chiqarish fondlarining yig‘indisi aylanma mablag‘larni ifodalaydi. Aylanma mablag‘lar 2ta fondni o‘z ichiga oladi: -aylanma fondlar; - muomala fondlari. Aylanma fondlar, o‘z navbatida ishlab chiqarish jamg‘armasi, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va omborlardagi tayyor mahmulotlardan iborat bo‘ladi. Muomala fondlariga jo‘natishga yuklangan mahsulotlar va banklardagi pul mablag‘lari kiritiladi. Korxonaning aylanma mablag‘lari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Chunki ular ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligiga sharoit yaratib beradilar. Agarda sanoat korxonalarining aylanma mablag‘lari kamayib ketsa, ular bankrotlikka yuz tutadilar Aylanma tuzilmalarni rejalashtirish va boshqarishning hozirgi paytdagi amaliyotida ushbu mablag‘larning tarkibi va tuzilmasini baholash va tahlil qilishga, shuningdek, ularning funksional roli va harakatiga katta e’tibor qaratiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag‘larining eng faol qismi bo‘lsa, muomala fondlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi hamda yangi iste’mol qiymatini yaratmaydi. Bu erda umumiy qoida shundayki, aylanma mablag‘lar doimo aylanishda bo‘lishi zarur - ularning samaradorligi va korxona iqtisodiyotiga ta’siri aynan shunda ko‘zga tashlanadi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag‘larining asosiy va salmoqli qismi sifatida o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: ishlab chiqarish zahiralari – bu ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarishga kiritish uchun tayyorlangan hamda xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, xarid qilinuvchi yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar, qadoqlash va o‘rov materiallari, asosiy fondlarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallaridan tashkil topuvchi mehnat predmetlari; tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar – bu, ishlab chiqarish jarayonida foydalanishga topshirilgan hamda ishlov berish va yig‘uv jarayonida bo‘lgan, lekin ishlab chiqarish jarayoni to‘liq tugallanmagan hamda ushbu korxonada keyinchalik ishlov berilishi lozim bo‘lgan mehnat predmetlari; kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash va o‘zlashtirish xarajatlari (masalan, asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish, mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va loyihalashtirishga sarflanuvchi xarajatlar va boshqalar). Aylanma ishlab chiqarish fondlari alohida tarkibiy qismlari yoki elementlari o‘rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi o‘zaro munosabatlar aylanma ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini tashkil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlari o‘rtasidagi xuddi shunday foizlardagi munosabatlar korxona aylanma mablag‘larining tuzilmasi deb ataladi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarning aylanma mablag‘lari ishlab chiqarishning texnologik tashkil etish xususiyatlariga ko‘ra, bir-biridan farq qiladi. Bu xususiyatlarning xarakteri ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va murakkabligi, ixtsisoslashtirish darajasi, mahsulotni realizatsiya qilish sharoitlari va shu kabilar bilan izohlanadi. Aylanma mablag‘lar tuzilmasining tarmoqlar bo‘yicha farqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin. Aylanma fondlar tuzilmasi nafaqat sanoatning turli tarmoqlarida, hattoki bir tarmoq va bir korxonaning o‘zida ham farqlanadi. Bunday farqlanishga turli xildagi xom ashyo va materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasidagi farqlar, korxonalarning geografik joylashuvi, ishlab chiqarishning tashkil etilishi va mehnat taqsimoti, moddiy-texnika ta’minoti sabab bo‘lishi mumkin. Korxonalar aylanma mablag‘lari tarkibi va tuzilmasiga xo‘jalik yuritish qobiliyati va uning samaradorligiga rioya qilish qoidalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni korxona ishlab chiqarish zahiralarini va aylanma mablag‘larning ta’minlanganligini haddan tashqari oshirishga intilmasligi zarur. Amaliyotning guvohlik berishicha, bu, resurslarning halok bo‘lishiga va sun’iy tanqislikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli xom ashyo va materiallarni sarflashning texnologik normalariga rioya qilish, ularni saqlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, chiqitlar va yo‘qotishlarni kamaytirish, zamonaviy va arzon materiallardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Biroq arzon materiallardan foydalanish doim ham korxona imkoniyatlari va xohishidan kelib chiqavermaydi va tashqi muhit, birinchi o‘rinda ishlab chiqarishdagi hamkorlar, bahoni shakllantirish, umumiy iqtisodiy barqarorlik va boshqa omillar bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Korxona iqtisodiyotiga aylanma mablag‘larning tarkibi va tuzilmasidan tashqari, ularni ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida izlab topish katta ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma mablag‘larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi. Birinchi bosqichda aylanma mablag‘lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, ya’ni pul - tovar (D-T). Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag‘lar va birinchi o‘rinda aylanma fodlar tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T). 12. Uchinchi bosqichda aylanma mablag‘lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P). Shu tariqa aylanma mablag‘lar barcha bosqichlardan o‘tib, to‘liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin: 1-bosqich - pul-tovar (P-T); 2-bosqich - ishlab chiqarish (I.Ch); 3-bosqich - tovar-pul (T-P). Shuni qayd qilib o‘tish muhimki, korxonaning aylanma mablag‘lari bir vaqtning o‘zida uchala bosqichda ham pul mablag‘lari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko‘rinishida mavjud bo‘lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag‘lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko‘zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag‘lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag‘larning etishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Download 20.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling