Sanoat korxonalarda inovatsiya samaradorligini baxolash usullari


Download 0.68 Mb.
Sana15.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1477249
Bog'liq
Sanoat korxonalarda inovatsiya samaradorligini baxolash usullari

Sanoat korxonalarda inovatsiya samaradorligini baxolash usullari

Nabiyev Azamatjon

Reja:

  • Sanoat korxonalarining samaradorligini oshirishda investitsiyaning o’rni.
  • Sanoat korxonalarida investitsiya samaradorligini baholash.

Investitsiya faoliyati investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’lik bo’lgan harakatlari majmuasi tushuniladi.

Investitsiya faoliyatini yo’lga qo’yishda har bir mulk egasi birinchi navbatda o’z manfoatini ko’zlab yagona bir maqsadga, ya’ni foyda olishga yoki ijtimoiy samara olishga intiladi. Investitsiya faoliyatida investitsiya sub’ekti, investitsiya ob’ekti, investor, emitent, investitsiya resurslari kabi tushunchalar mavjud.

Investitsiyaning ob’ekti bo’lib, mablag’lar ya’ni boyliklarni safarbar etayotgan ob’ektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amaldagi korxonalar, qimmatli qog’ozlar, bank depozitlari bo’lishi mumkin. Investitsiya sub’ekti bo’lib, investitsiyani amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, halqaro tashkilotalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo’lgan fuqorolar bo’lishi mumkin. Investorlar - o’z kapitalini investitsiya faoliyati ob’ektlariga investitsiyalashni amlga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ektidir. Emitent – qimmatli qog’ozlarni muammalaga bosib chiqaruvchi yuridik va to’lovga qobiyatli jismoniy shaxslar. Reinvestitsiyalar – investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu korxonaga qayta kiritishdir.

Investitsiya resurslari – bu investitsion faoliyati amalga oshirishda ishtirok etadigan har xil ko’rinishdagi mablag’lardir. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:


Respublikada investitsiya faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga uni davlat tomonidan muvofiqlashtirish uchun ham hukumatimiz tomonidan bir qancha qonun va qoidalar qabul qilingan. Ushbu qonunlar investitsion faoliyatning tartibga solinishi va muvofiqlashtirilishi bo’yicha huquqiy tizimning shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi.

Sanoat korxonalarida investitsiya samaradorligini baholash


Har qanday investor yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanib, bunda asosiy mezon investorning boyligini ko’paytirish, korxonaning qiymatlarini oshirish mezonlariga qaratiladi. Uning omillari bo’lib korxona daromadlari o’sishi, moliyaviy risk yoki ishlab chiqarish harajatlarining kamayishi, korxona ishlari samaradorligi darajasini oshirish hisoblanadi.
Moliyaviy baholash investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonidagi likvidligini tahlil qilishda ishlatiladi. Boshqacha aytganda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning etarli moliyaviy resurslari bo’lishini belgilashdir. Iqtisodiy baholash esa, investitsiya loyihasining potentsial qobiliyati, shu loyihaga qo’yilgan mablag’larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o’sishi sur’atini etarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi.
Investitsiya loyihasi samaradorligini baholash. 

Jahon amaliyotida investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashning bir qancha usullari ishlab chiqilgan bo’lib, ularni shartli ravishda ikki katta guruhga bo’lish mumkin:

  • Oddiy (yoki statistik) baholash usullari;
  • diskontlashga asoslangan baholash usullari.

  • Birinchi guruhga quyidagilar kiradi:
  • investitsiya qoplash muddati (Payback Period , PP);
  • investitsiya samaradorligi koeffitsienti (Accounting Rate of Return, ARR).

  • Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi:
  • sof joriy qiymatni aniqlash usuli (Net Present Value, NPV);
  • foydaning ichki me’yorini hisoblash usuli (Internal Rate of Return, IRR);
  • investitsiyalarning rentabelligini hisoblash usuli (Profitability Index, PI);
  • diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount Payback Period, DPP).

Foydalanilgan adabiyot ro`yxati.


A.Uzoqov, E.Nosirov, R.Saidov, M.Sultonov. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va ularning monitoringi. O’quv qo’llanma.-T.: “Iqtisod-moliya ”, 2006.84- bet.
Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling