Sanoat korxonalari va iste’molchilarning elektr yuklama grafiklari
Download 50.4 Kb.
|
4-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Elektr yuklamalar grafigi.
SANOAT KORXONALARI VA ISTE’MOLCHILARNING ELEKTR YUKLAMA GRAFIKLARI. Hozirgi zamon sanoat korxonalarining elektr ta’minotini loyihalashda, ya’ni asosiy va murakkab bo‘lgan texnik-iqtisodiy masalalarni ratsional echishda, kutiladigan elektr yuklamalarni to‘g‘ri aniqlash muhim o‘rin tutadi. Elektr yuklamalarni ahamiyati loyihalanayotgan elektr ta’minoti tizimini butun elementlarini tanlashni aniqlaydi, hamda elektr ta’minoti va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashga yordam beradi. Kutiladigan elektr yuklamalarni to‘g‘ri baholash elektr ta’minoti tizimida kapital xarajatlar, rangli metallar chiqimi, elektr energiya isrofi eksplutatsiya xarajatlariga ta’sir etadi. Elektr yuklama yakka holatda yoki iste’molchilar guruhining elektr energiya iste’molini sexda,sexlarda va butun zavod bo‘yicha xarakterlaydi. Elektr yuklamalarning asosiy ko‘rsatkichlari aktiv R, reaktiv Q quvvat va tok I, xisoblanadi. P, Q, I=f(t)-o‘zgarishi elektr yuklamalarning grafigi deb ataladi. Elektr yuklamalar individual yakka xoldagi iste’molchilar,guruh iste’molchilari-guruh elektr energiya iste’molchilari kabi turlarga bo‘linadi. P(t),g(t),i(t)-individual elektr energiya iste’molchilari. R(t),Q(t),I(t)-gurux elektr energiya iste’molchilari kurinishida belgilanadi. Bu iste’molchilar grafigini quyidagi 5.1-rasmda ko‘rib chikamiz. 1-rasm. Elektr yuklamalar grafigi. 1. Individual elektr yuklama R1 grafigi 2. Individual elektr yuklama R2 grafigi 3. Individual elektr yuklama R3 grafigi 4. Guruh elektr yuklamalar grafigi: P(t)=p(t)+p(t)+p(t);bo‘ladi Iste’molchilarning guruhini vakt bo‘yicha umumiy quvvatlari va toki quyidagicha aniqlanadi Individual elektr yuklamalarning grafigi: siklli, siklsiz, davriy, rostlanmaydigan turlarga bo‘linadi. Individual elektr yuklamalarni grafiklarini 5.2-rasmda ko‘rib chikamiz. P PP t t skill siklsiz davriy Rostlanmaydigan Download 50.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling