Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va ma’naviy eskirishini oldini olish muammolari
Download 64.55 Kb.
|
sardor industiral mustaqil ish
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston sanoatining asosiy fondlari juda tez sur’atlar bilan o’smoqda. Bu o’sish MDH davlatlarining o’rtacha o’sish sur’atlaridan anchagina tez va sifatliroqdir. Hukumatimiz tomonidan jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash masalariga alohida e’tibor qaratilib me’yoriy hujjatlar qabul qilingan3. Ushbu me’yoriy hujjatga binoan “Korxonalarda zamonaviy va jahon darajasida muvaffaqiyatli sinovdan o’tgan texnologiyalarni ildam sur’atlar bilan o’zlashtirish, mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini yanada oshirish, shu asosda sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini va eksport salohiyatining o’sishini ta’minlash, shuningdek, energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi standartlarining iqtisodiyotga faol tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida: ...sanoat tarmoqlari korxonalari texnologik jihozlari va texnologiyalarining texnik auditini o’tkazish ...va texnik audit natijalarini o’rganish asosida 2017 — 2020 yillar davrida sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan o’tganlari bilan almashtir...”4ish nazarda tutilgandir. Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish kerak bo’ladi. Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish vazifasining turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: Zarur mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan bino va arxitekturaqurilish obyektlari. Binolarga sexlarni ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi. Inshootlar – ishlab chiqarish jarayonining bajarilishiga zarur va mehnat buyumlarini o’zgarishi bilan bog’lanmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan muhandis-qurilish obyektlari (nasos stansiyalar, tunnellar, ko’priklar va h.k.). Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalarni uzatuvchi uskunalar. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan: energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga mo’ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskunalar (generatorlar va gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug’ qozonlari, havo kompressorlari); ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita ta’sir o’tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli yordamchi asbob-uskunalar: o’lchov va to’g’rilash asbobuskunalari, laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar kiritiladi. Transport vositalari. Har xil asboblar. Ishlab chiqarish inventarlari. Xo’jalik inventarlari. Boshqa asosiy fondlar. Mehnat buyumlariga ta’sir etish darajasiga qarab asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv fondlarga bo’linadi. Aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlari shaklini o’zgartiruvchi, ya’ni bevosita ta’sir etuvchi fondlar (mashinalar, asbobuskunalar, texnologik liniyalar, o’lchov va to’g’rilash asboblari, transport vositalari) kiradi. Passiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlariga bilvosita ta’sir etuvchi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonining normal o’tishiga kerak sharoit yaratuvchi ishlab chiqarish fondlari kiradi (bino va inshootlar, h.k.). Asosiy fondlar tarkibini o’rganishda ularning tuzilmasi masalasiga ham e’tibor berish zarur. Asosiy fondlarning tarkibi deb, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning, guruhlarning har birinining umumiy qiymatiga bo’lgan nisbatga aytiladi. Masalan, 100 mln. so’m bo’lsa, ulardan binolar 25 foiz, inshootlar 15 foiz, uzatuvchi qurilmalar 10 foiz, ishchi mashinalar va jihozlar 30%, qolganlari esa 20 foiz bo’lishi mumkin (10-jadval). Asosiy fondlar tuzilmasi quyidagi turlarga ajratiladi:5 1.Tasviriy tuzilma. Texnologik tuzilma. Tarmoq tuzilmasi. Hududiy tuzilma. Takror ishlab chiqarish tuzilmasi. Tasviriy tuzilmaning har xil vaqtda o’zgarishidan sanoatning texnik darajasini va asosiy fondlardagi kapital sarflashning samarasini tasavvur qilsa bo’ladi. Asosiy fondlarning tarkibiga konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish, kombinatsiyalashtirish, yangi korxonalar qurish va modernizatsiyalashga sarflangan kapital mablag’larning texnologik tuzilishi, korxonalarning hududiy joylashishi, tayyorlanadigan mahsulotning xususiyati va hajmi ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi qancha ko’p bo’lsa, shuncha ishchi mashinalar va asbob-uskunalarning tutgan o’rni ko’proq bo’ladi. Texnologik tuzilish asosiy fondlarning qismlari nisbatini ko’rsatadi (11-jadval). Tarmoq tuzilishi sanoat tarmoqlaridagi asosiy fondlarning tarkibi bilan ifodalanadi (12-jadval). Hududiy tuzilma asosiy fondlarining hududiy taqsimlanishi va ularning nisbati bilan belgilanadi. Takror ishlab chiqarish tarkibi yangi qurilish va qayta qurish, qayta qurollantirish va asosiy fondlarni kengaytirishning nisbati va tutgan o’rnini ifodalaydi. Download 64.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling