Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Наъмуна
Korxonaning pul mablag‘lari – korxonaning naqd va naqdsiz ko‘rinishda
to‘plangan pullari. Ba’zida pul mablag‘lariga qo‘shimcha yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar ham kiritladi. Foydani qayta investitsiyalash – bu o‘z faoliyatini kengaytirayotgan korxonani moliyalashtirishning eng qulay va nisbatan arzon shakli. Moliyalashtirishning tashqi manbalarini xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Jalb qilingan investitsiyalar: - investorni yuqori foyda va korxonaning o‘zi qiziqtiradi; - investor qachondir investitsiyadan voz kechish maqsadiga ega bo‘lishi (bo‘lmasligi) mumkin; - investor mulkining ulushi uning investitsiyalarini korxonaning barcha kapitaliga nisbatidan aniqlanadi. 2. Qarzli investitsiyalar: - korxona kontrakt bo‘yicha qarz summasini qaytarish majburiyatini oladi; - qarz olingan shartlarga muvofiq tarzda so‘ndirilishi kerak; - korxona olingan qarz uchun foizlar to‘laydi; - korxona kreditor uchun zarur va maqbul kafolatlarni beradi; - agar kredit muddatlarida qaytarilmasa, kreditor kafolatlarni olib qo‘yishi mumkin; - qarz summasi qaytarilganidan so‘ng kreditor odidagi majburiyatlar to‘xtaydi. Moliyalashtirish strategiyasi amalga oshirilayotganda, turli xil manbalardan mablag‘larni taqdim qiluvchi, quyidagi moliyaviy vositalar (moliyalashtirish sxemalari) qo‘llaniladi: - moliyaviy investorga ulushni sotish; - strategik investorga ulushni sotish; - venchurli moliyalashtirish; - qimmatli qog‘ozlarni ommaviy taklif qilish (IPO); - qimmatli qog‘ozlarni yopiq (xususiy) joylashtirish; - horijiy moliya bozorlariga chiqish; - bank kreditlari, kredit liniyalari, ssudalar; - tijorat (tovar) krediti; - davlat krediti (investitsion soliq krediti); - obligatsiyali qarz; Xulosa O’zbekistonning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jahon bozorida milliy mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning erkin savdosini tashkil etish va keskin raqobat sharoitida mamlakatlararo tovar ayriboshlash sohasida o’z o’rnini topishga zamin yaratadi. Buning uchun mamlakatning ilmiy va texnologik salohiyatini ko’tarish, birinchi navbatda, iqtisodiyotining barcha tarmoqlari, jumladan, ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohalarida texnik darajani tiklash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ilmiy texnika taraqqiyoti mahsulotlarini amaliyotga joriy etishni jadallashtirishga katta e’tibor qaratish lozim. Fan va texnikani zamon talablariga mos tarzda rivojlantirish borasida innovatsion jarayonlarning amalga oshirilishiga, yuqori texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etilishiga bevosita ta’sir etuvchi real omillarni aniqlash juda muhim hisoblanadi. Bunday omillar ko’p qirrali bo’lib, ularga: - iqtisodiyotni erkinlashtirish va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish; yangi g’oya va innovatsion loyihalarning soha yoki alohida olingan tarmoq yoki tashkilot maqsadlariga mos kelishini ta’minlash; - loyihalarni tanlash, ularni ekspertiza qilish va baholashda xolis va samarali tizimini joriy etish; - samarali boshqaruv va nazorat me’yorlarini ishlab chiqish, ijodiy g’oyalar manbaini yaratish; - tashkilotlarning yangiliklarga nisbatan moyilligini rag’batlantirish; - ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarning shaxsiy va jamoaviy manfaatlarini kafolatlash bilan bir qatorda ularning javobgarligini oshirish va boshqalar kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling