Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va


Download 267.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana30.01.2024
Hajmi267.77 Kb.
#1809100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismon

2
 (mlrd. so’m)  
2012  
2013  
2014  
2015  
32578,6
40500,3
48259,5
55206,5
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston sanoatining asosiy fondlari juda tez 
sur’atlar bilan o’smoqda. Bu o’sish MDH davlatlarining o’rtacha o’sish 
sur’atlaridan anchagina tez va sifatliroqdir.
Hukumatimiz tomonidan jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan 
mashina-uskunalarini jadal yangilash masalariga alohida e’tibor qaratilib 
me’yoriy hujjatlar qabul qilingan
3
. Ushbu me’yoriy hujjatga binoan 
“Korxonalarda zamonaviy va jahon darajasida muvaffaqiyatli sinovdan o’tgan 
texnologiyalarni ildam sur’atlar bilan o’zlashtirish, mamlakatimiz korxonalari 
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini yanada 
2
Ўзбекистон саноати. Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси. Статистик тўплам. 
Тошкент 2016. Б.45.
3
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 22.12.2016 й.даги “Саноат тармоқлари корхоналарининг 
жисмоний ишдан чиққан ва маънавий эскирган машина-ускуналарини жадал янгилаш, шунингдек, ишлаб 
чиқариш харажатларини камайтиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-2692-сон Қарори


oshirish, shu asosda sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini va eksport 
salohiyatining o’sishini ta’minlash, shuningdek, energiya samaradorligi va 
energiya tejamkorligi standartlarining iqtisodiyotga faol tatbiq etilishini 
ta’minlash maqsadida: ...sanoat tarmoqlari korxonalari texnologik jihozlari va 
texnologiyalarining texnik auditini o’tkazish ...va texnik audit natijalarini 
o’rganish asosida 2017 — 2020 yillar davrida sanoat tarmoqlari korxonalarining 
jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, 
jahon darajasida sinovdan o’tganlari bilan almashtir...”
4
ish nazarda tutilgandir.
Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish 
kerak bo’ladi.
Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish 
vazifasining turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga 
bo’linadi:
1. 
Zarur mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan bino va arxitekturaqurilish 
obyektlari. Binolarga sexlarni ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, 
omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi.
2. 
Inshootlar – ishlab chiqarish jarayonining bajarilishiga zarur va mehnat 
buyumlarini o’zgarishi bilan bog’lanmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan 
muhandis-qurilish obyektlari (nasos stansiyalar, tunnellar, ko’priklar va h.k.).
3. 
Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalarni uzatuvchi uskunalar.
4. 
Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan:

energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga 
mo’ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskunalar (generatorlar va 
gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug’ qozonlari, havo kompressorlari);

ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita 
ta’sir o’tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli 
yordamchi asbob-uskunalar: o’lchov va to’g’rilash asbobuskunalari, laboratoriya 
asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar kiritiladi.
4
O’sha yerda


XULOSA 
  
Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirishning nazariy 
va amaliy masalalarini o’rganib, mazkur ishni bajarishda quyidagi xulosalarga 
keldik.
1. Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirishning 
nazariy va amaliy masalalari iqtisodiy adabiyotlarda kam yoritilganligiga guvoh 
bo’ldik. Shu tufayli, korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirish 
bilan bog’liq tushunchalarni topishga harakat qildik va ishda ular ma’lum bir 
tizimga keltirildi.
Shulardan kelib chiqib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlari 
tushunchasiga quyidagicha tasnifladik: 
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy 
mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi:
• 
moddiy xarajatlar;
• 
asosiy fondlar amortizasiyasi;
• 
mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
• 
ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
• 
boshqa xarajatlar; korxonalarning ichki potensial resurslari deganda 
uning faoliyatini to’liq
ta’minlaydigan turli ichki manbalardan tarkib topgan resurslar tushuniladi.



Download 267.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling