Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishni oshirish nomenklaturasini kengaytirish muammolari


Download 146.5 Kb.
bet8/11
Sana19.04.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1365861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
SHABLON

2012

2013

2014

2015

32578,6

40500,3

48259,5

55206,5

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston sanoatining asosiy fondlari juda tez sur’atlar bilan o’smoqda. Bu o’sish MDH davlatlarining o’rtacha o’sish sur’atlaridan anchagina tez va sifatliroqdir.


Hukumatimiz tomonidan jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash masalariga alohida e’tibor qaratilib me’yoriy hujjatlar qabul qilingan4. Ushbu me’yoriy hujjatga binoan “Korxonalarda zamonaviy va jahon darajasida muvaffaqiyatli sinovdan o’tgan texnologiyalarni ildam sur’atlar bilan o’zlashtirish, mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini yanada oshirish, shu asosda sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini va eksport salohiyatining o’sishini ta’minlash, shuningdek, energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi standartlarining iqtisodiyotga faol tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida: ...sanoat tarmoqlari korxonalari texnologik jihozlari va texnologiyalarining texnik auditini o’tkazish ...va texnik audit natijalarini o’rganish asosida 2017 — 2020 yillar davrida sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan o’tganlari bilan almashtir...”5ish nazarda tutilgandir.
Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish kerak bo’ladi.
Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish vazifasining turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Zarur mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan bino va arxitekturaqurilish obyektlari. Binolarga sexlarni ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi.

  2. Inshootlar – ishlab chiqarish jarayonining bajarilishiga zarur va mehnat buyumlarini o’zgarishi bilan bog’lanmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan muhandis-qurilish obyektlari (nasos stansiyalar, tunnellar, ko’priklar va h.k.).

  3. Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalarni uzatuvchi uskunalar.

  4. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan:

  • energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga mo’ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskunalar (generatorlar va gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug’ qozonlari, havo kompressorlari);

  • ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita ta’sir o’tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli yordamchi asbob-uskunalar: o’lchov va to’g’rilash asbobuskunalari, laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar kiritiladi.

  1. Transport vositalari.

  2. Har xil asboblar.

  3. Ishlab chiqarish inventarlari.

  4. Xo’jalik inventarlari.

  5. Boshqa asosiy fondlar.



Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling