Sanoat korxonalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish dasturlarini ushbu korxonalarni texnologik qayta jihozlash dasturlari bilan uyg‘unlashtirish


Download 19.02 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi19.02 Kb.
#1352214
Bog'liq
Lex.uz Ergashewv bunyod


Guruh: I-70
Talaba:Ergashev Bunyod
Fan: Raqamli iqtisodiyot.
Mavzu: Raqamli iqtisodni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari
Iqtisodiyotning real sektorida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

  1. Sanoat korxonalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish dasturlarini ushbu korxonalarni texnologik qayta jihozlash dasturlari bilan uyg‘unlashtirish:

Sanoat korxonalarida joriy etilayotgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish (ERP, MES, SCADA va boshqalar), robotlashtirish, “Buyumlar interneti”, “sun’iy intellekt” kabi texnologiyalarning dasturiy mahsulot qismini 2027-yilga kelib, apparat qismini esa 2030-yilga kelib davlat-xususiy sheriklik asosida mahalliylashtirish;
Kommunal xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni boshqarish uchun smart texnologiyalarni joriy qilish, intellektual servislarni joriy qilish va kommunal xizmatlarni tartibga solish uchun “aqlli uy” tajribasini joriy etish;
2022-yilda respublikaning barcha yirik shaharlarida jamoat transportlarida yo‘l haqi to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va naqd pulsiz to‘lovlar ulushini 90 foizga yetkazish;
Har qanday yo‘lovchi transportida chipta sotib olish uchun yagona platformani yaratish;
Korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni Internet jahon axborot tarmog‘i orqali sotish bozorlarini kengaytirish;
Transport tizimini kompleks rivojlantirish uchun dasturiy modellashtirish tizimlaridan foydalanish mexanizmlarini amalga oshirish;



  1. Korxona ta’minotining barcha bosqichlarini avtomatlashtirish va boshqarishni ta’minlash, shuningdek, bu orqali logistika va xarid xarajatlarini qisqartirish:

Logistika tizimini takomillashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida raqamli logistika tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;
Sug‘urta tizimini raqamlashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida raqamli sug‘urtani amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Elektron tijoratning rivojida muhim rol o‘ynovchi pochta va logistika infratuzilmasini modernizatsiyalash va texnik yangilashni ta’minlash, logistika markazlarini (fulfilment) yaratish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish, axborot texnologiyalarini va pochta aloqasi obyektlarida avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etish, shuningdek, pochta va logistika xizmatlari sifatini oshirish;
3.Zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish hisobiga mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, ularning tannarxini, ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlarni kamaytirish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning shaffofligini oshirish:
Bu tadbbirda esa zamonaviy axborot tizimlaridan kengroq foydalanishga o`tilsa maxsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash va moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning shaffofligini oshirishi kutiladi.
Bitta savdo maydonchasida keng ko‘lamli bank va bankdan tashqari moliyaviy xizmatlarni (qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, sug‘urta va boshqalar) taqdim etishga yo‘naltirilgan moliyaviy supermarketlarning biznes modelini yaratish;

  1. Ishchi joylarni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini robotlashtirish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish:

Bu tadbirda esa zaruriy ish o`rinlarini o`rnini bosuvchi yangi zamonaviylashgan texnologiyalar joriy qilish ya`ni kelajakda sun`iy intelektni joriy qilish ko`zda tutilgan.


  1. Savdo hajmini oshirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida buyurtmachilar (mijozlar) bilan o‘zaro munosabat mexanizmlarini takomillashtirish:

Raqamli texnologiyalar milliy bozori uchun qulay muhitni yaratish va istiqbolli “raqamli” startaplarni rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Texnoparklar va kovorking markazlari faoliyatini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish orqali zamonaviy raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish;
Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va ularning biznes amaliyotiga ta’siri va yangi raqamli xizmatlar yoki mahsulotlar paydo bo‘lishi ta’sirini hisobga olgan holda qonunchilik bazasini takomillashtirish mexanizmlarini sha



  1. Boshqaruv ma’lumotlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimini, jumladan, real vaqt rejimida biznes-tahlil tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish:

Biznes korxonalari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan yuqori texnologiyali tadbirkorlik markazlari va klasterlarini yaratishga ko‘maklashish.
Xulosa:
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki iqtisodiyotning barcha sohasida sanoat korxonalari, korxona ta`minoti, logistika va savdo muomalasi, xizmatlar va tovarlar sifatini oshirish, savdo hajmini oshirish, iste`molchilarga sifatli xizmat ko`rsatish, sun`iy intelektni kiritish umuman olganda asosiy maqsad iqtisodiyotga zamonaviy texnologiyalarini joriy qilishdir.

Download 19.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling