Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati bajardi: G’ofurov Ismoil


Download 6.74 Kb.
Sana09.11.2023
Hajmi6.74 Kb.
#1760089
Bog'liq
Korxonaning innovatsion faoliyati

SANOAT KORXONALARINING INNOVATSION FAOLIYATI

Bajardi: G’ofurov Ismoil

Tekshirdi: Maxsumxonova Aziza

Innovatsiya nima?

«Innovatsiyalar» atamasini yangi iqtisodiy toifa sifatida fanga avstriyalik (keyinchalik amerikalik) olim Yozef Shumpeter XX asrning birinchi o‘n yilligida kiritgan. O‘zining «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» nomli asarida (1911y.) Y.Shumpeter ilk bora rivojlanishda o‘zgarishlarning yangi kombinatsiyalari masalalarini (ya‘ni innovatsiya masalalarini) ko‘rib chiqdi va innovatsion jarayonga to‘liq tavsif berdi.



Y. Shumpeter rivojlanishdagi besh xil o‘zgarishni ajratib ko‘rsatdi:

№1

Yangi texnika, texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishning yangicha bozor ta‘minotidan foydalanish

№2

Yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulot joriy qilish

№3

Yangi xomashyodan foydalanish

№4

Ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning moddiy-texnika ta‘minotida o‘zgarishla

№5

Yangi sotuv bozorlarining paydo bo‘lishi



«Yangilik kiritish» va «novatsiya» tushunchalari bilan «tadqiqot»,«ixtiro» va «kashfiyot» tushunchalari chambarchas bog‘liqdir. Ilgari ma‘lum bo‘lmagan ma‘lumotlar olish yoki ilgari ma‘lum bo‘lmagan tabiat hodisalarini yoki insoniyat muhitini kuzatish jarayoni tadqiqot deb ataladi. Ixtiro bu – yangi uskuna, mexanizm, vosita, texnologiya, usul va inson tomonidan yaratilgan boshqalarda o‘z aksini topadigan tadqiqot natijasidir.

Kashfiyot bu – tadqiqotlarning, ehtimol, qo‘shimcha natijasi hisoblanadi. Kashfiyotlar va ixtirolar qoidaga ko‘ra, fundamental darajada yuzaga keladi va kamdan-kam hollarda yakka shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ular tasodifan ro‘y berishi va foyda olish maqsadini ko‘zlamasligi ham mumkin.

Innovatsiya iqtisodiy toifa sifatida ikkita asosiy funksiya – takror ishlab chiqarish va rag‘batlantirish funksiyasini bajaradi.

Takror ishlab chiqarish funksiyasi shuni anglatadiki, innovatsiya kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirishning muhim manbasi hisoblanadi. Innovatsiyalarni bozorda sotishdan olingan pul tushumi yaratadigan tadbirkorlik foydasi moliyaviy resurslar manbasi va shu bilan bir paytda innovatsion jarayonning samaradorlik me‘yori bo‘lib xizmat qiladi. Tadbirkorlik foydasi ishlab chiqarish-savdo, investitsion, innovatsion va moliyaviy faoliyat hajmini kengaytirishga yo‘naltirilishi mumkin. Shunday qilib, innovatsiyalardan foyda olish va undan moliyaviy resurslar manbasi sifatida foydalanish innovatsiyalarning takror ishlab chiqarish funksiyasi mazmunini tashkil qiladi.

Rag’batlantiruvchi funksiya ham innovatsiyalarni sotishdan tadbirkorlik foydasi olish orqali amalga oshiriladi. Bu tadbirkorlarni yangi innovatsiyalar rag‘batlantirish uchun stimul bo‘lib xizmat qiladi, uni marketing faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish, talabni o‘rganish, moliyani boshqarishning zamonaviyroq usullarini qo‘llashga doimiy ravishda majbur qiladi.



Innovatsion faoliyat – yakunlangan ilmiy tadqiqot va loyihalar natijalari yoki boshqa ilmiy-texnik yutuqlarni (fan-texnika yutuqlarini) yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga; bozorda sotiladigan, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek, shu bilan bog‘liq qo‘shimcha ilmiy tadqiqot va loyihalarga joriy qilishga yo‘naltirilgan jarayondir.



Innovatsiyalarni boshqarish 2 darajada olib borilishi mumkin:

Makrodarajada

Makrodarajada innovatsiyalarni boshqarish bu – davlat miqyosida innovatsiyalarni boshqarish tizimini shakllantirish bilan, mikrodarajada esa - korxonada innovatsiyalarni boshqarishni tashkil etish, ya‘ni innovatsion jarayonni yo`lga qo`yish bilan bog`liq harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan.

Mikrodarajada

Mikrodarajada innovatsiyalarni boshqarish. Korxonaning innovatsion faoliyati ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlanmalarining natijalarini qo`llash asosida, foydani yangi tovar va xizmatlar yaratish, ularning sifatini yaxshilash, tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish hisobiga oshirishga qaratilgan. Innovatsion faol korxonalarga turli innovatsion faoliyat yo`nalishlarini qo`llaydigan korxonalar kiritiladi.



Innovatsiya

Texnologik innovatsiyalar

Texnologik innovatsiyalar korxonalarning yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va o`zlashtirish bilan bog`liq faoliyati tushuniladi.

Mahsulot-innovatsiyalar

Mahsulot-innovatsiyalar yangi yoki takomillashgan mahsulotlarni ishlab chiqish va tadbiq etish bilan bog`liq faoliyatdir.

Jarayon-innovatsiya

Jarayon-innovatsiya yangi yoki mavjud ishlab chiqarish jarayonini o`zgartirishni taqozo etadi. (lisenziya, nou-xau, franchayzing)



“Innovatsion loyiha” tushunchasi quyidagicha ko`rib chiqilishi mumkin:

Innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarish shakl

Innovatsiyalarni amalga oshirish jarayon

Hujjatlar majmuasi



E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 6.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling