Sanoat korxonalarining innovatsiyon rivojlanishi


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana20.11.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1787869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ilmiy-texnikaviy: fundamental va amaliy 
tadqiqotlar natijalari, kashfiyotlar, ixtirolarning 
soni, ilmiy qoloqlikning kattaligi;
moddiy-texnikaviy: innovatsiyalarni yara-
tish va joriy etish bo‘yicha tajriba-konstruktorlik 
ishlarini eksperimental jihozlar bilan texnik jihoz-
lash darajasi; 
axborot: ilmiy, texnik, loyiha hujjatlari, regla-
mentlar va boshqalar ko‘rinishidagi innovatsiyalar-
ga xizmat ko‘rsatadigan axborot oqimining hajmi;
kadrlar: ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruk-
torlik ishlariga xizmat qiluvchi xodimlar tarkibi; il-
miy darajaga, faxriy unvonga, diplomga ega bo‘lgan 
xodimlar soni; innovatsiyalarda band bo‘lganlar-
ning umumiy xodimlar sonidagi ulushi; 
tashkiliy va boshqaruv: innovatsiyalarni 
boshqarish bosqichlari soni, boshqariladigan inno-
vatsion loyihalar va axborot oqimlari soni; innovat-
sion: yangi mahsulotlarning ilmiy intensivligi; mah-
sulotlar, ishlar, texnologiyalarning yangilik darajasi; 
 
4-rasm. 2021-yilda Hududlar kesimida texnologik innovatsiyalarni joriy qilgan
kichik korxona va mikrofirmalar son [2]
INNOVATSIYA VA INVESTITSIYA


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 3-son
111 
intellektual mahsulot - innovatsiyalar nati-
jasida olingan patentlar, litsenziyalar, nau-xaular 
soni; bozor: yangi mahsulotlarning raqobatbardosh-
ligi; yangi mahsulotlarga talab hajmi; ilmiy tadqiqot 
va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish 
uchun buyurtmalar soni;
iqtisodiy: innovatsiyalarning iqtisodiy sama-
radorligi; tadqiqot xarajatlari; intellektual mahsulot 
tannarxi; moliyaviy: ilmiy tadqiqot va tajriba-kon-
struktorlik ishlariga investitsiyalar, nomoddiy 
aktivlar miqdori; innovatsion faoliyatni moliyalash-
tirish manbalari.
Innovatsiyalar ishlab chiqarishning texnik va 
tashkiliy darajasini oshirishni ta’minlaydi, bu esa o‘z 
navbatida iqtisodiy resurslardan (mehnat, mehnat 
vositalari, mehnat obyektlari) foydalanish intensiv-
ligi ko‘rsatkichlarining oshishida namoyon bo‘ladi, 
ya’ni ishlab chiqarish hajmi va moliyaviy natijalar-
ning yaxshilanishi kabi. Innovatsiyalar samaradorli-
gini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar quyidagi rasmda 
keltirilgan (5-rasm). 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling