Sanoat korxonalarining innovatsiyon rivojlanishi
-rasm. 2021- yilda Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida texnologik innovatsiyalarni
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
3-rasm. 2021- yilda Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida texnologik innovatsiyalarni
joriy qilgan tashkilotlar soni ( mingta)[2] INNOVATSIYA VA INVESTITSIYA Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 3-son 110 Sanoat korxonalarini innovatsion jihatdan tahlil qilishda albatta ularni kichik sаnoаt korxonа- lаri va kаttа sanoаt korxonаlаrigа bo‘lib o‘rgаnish ular o‘rtasida sezilarli farq borligini ko‘rsаtаdi. Kаt- tа korxonаlаrda, odаtdа kаtta xavf bilan o‘zining in- novatsion g‘oyasini ishlab chiqishni istamaydi. Katta korxonalar uchun mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatsiz- likning oqibatlari kichik firmaga qaraganda ancha yuqori. Shu sababli, yirik firmaning innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq ehtimoliy xa- rakterdagi tadqiqotlarda ishtirok etishining asosiy yo‘nalishi bunday ishlanmalarga ixtisoslashgan ki- chik innovatsion firmalarni tavakkal moliyalashti- rishni amalga oshirishdir. Kichik firmalar boshqaru- vi jarayonining qulayligi, shaxsiy tashabbusning keng doirasi, moslashuvchan ilmiy-texnik siyosat yuritish imkoniyati, ixtirochilarning o‘z faoliyatiga faol jalb etilishi bilan farqli hisoblanadi. Ularning aksariyati innovatsiyalar bo‘yicha taraqqiyotga, yangi mahsulotlar va ilg‘or texnologiyalarni o‘zlash- tirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. AQSh Milliy Fan Jamg‘armasining kichik va katta korxonalar innovatsion samaradorligini aniq- lash hisob-kitoblariga ko‘ra, ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirilgan har bir dollar uchun 100 kishigacha bo‘lgan firmalar 100 ta yirik firmaga qaraganda to‘rt baravar ko‘p innovatsiyalarni amalga oshirgan. -1000 ishchi va 1000 dan ortiq kishi ishlaydigan kompaniyalardan 24 baravar ko‘p. Ularning inno- vatsiya darajasi yirik kompaniyalarga qaraganda uchdan bir baravar yuqori, bundan tashqari, kichik firmalar o‘z innovatsiyalari bilan bozorga kirishi uchun o‘rtacha 2,22 yil, yiriklari esa 3,05 yilni oladi. Yirik firmalarning ilmiy-tadqiqot ishlarining an’ana- viy shakllariga nisbatan tavakkalchilikli moliyalash- tirishda ishtirok etishi nafaqat daromadning oshi- shi, balki ularning bevosita iqtisodiy manfaatlari bi- lan ham bog‘liq. Gap shundaki, mustaqil kichik fir- malar soliq va boshqa imtiyozlardan foydalanadi, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni rag‘batlantirish bo‘yi- cha davlat dasturlari doirasida bevosita moliyaviy yordam oladi. Mamlakatimiz hududida 2021-yil hisobida hududlar kesimida texnologik innovatsiyalarni joriy qilgan kichik korxona va mikrofirmalar son eng yuqori ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, 240 tani tashkil qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Navoiy- da 199, Toshkent viloyatida 111, Surxondaryoda 107 ta kichik korxona va mikrofirmalar texnologik innovatsiyalarni joriy qilgan (4-rasm). Innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun bu katta ahamiyatga ega korxonaning innovatsion sa- lohiyati. Korxonaning innovatsion salohiyatini ba- holash quyidagi guruhlarga birlashtirilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar to‘plami asosida amalga oshi- riladi: Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling