Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish


Download 56.67 Kb.
bet1/3
Sana06.05.2023
Hajmi56.67 Kb.
#1436101
  1   2   3
Bog'liq
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligi



Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish.

Mehnat unumdorligi va iqtisodiy taraqqiyot muammosi hamisha kishilarni qiziqtirib kelgan va ushbu qiziqish ishlab chiqarishni mashinalashtirishdan boshlab yalpi tus olgan. Dastlab A. Smit, keyinroq D. Rikardo mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi taʼlimotga asos soldilar. Bu iqtisodchi olimlar tayyor mahsulot, ishlab chiqaruvchi xodimlar va ular foydalanadigan ishlab chiqaruvchi kuchlarning qudrati o‘rtasidagi nihoyatda oddiy bog‘liqliklarni aniqlab berdilar.


Hozirga qadar “mehnat unumdorligi” tushunchasiga taʼrif berish va uni hisoblash usullariga turlicha yondashuvlar saqlanib qolmoqda. Mamlakatimiz amaliyotida ijtimoiy ishlab chiqarish darajalari bo‘yicha mehnat unumdorligini hisoblashning turli tamoyillariga asoslanadigan ko‘rsatkichlardan uzoq vaqt davomida foydalanib kelindi. Chunonchi, milliy iqtisodiyotda va uning tarmoqlarida ijtimoiy mehnat unumdorligi hamda uning dinamikasi jami xarajatlar, yaʼni faqat mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan jonli mehnatgina emas, balki buyumlashgan mehnat xarajatlarini ham tejashni aks ettirar edi. Ayni vaqtda, korxonalar darajasida mehnat unumdorligi dinamikasi faqat jonli mehnat tejalishini aks ettirar edi. Bu hol ijtimoiy ishlab chiqarish darajalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni umumlashtirishga va xodimlarning iqtisodiy manfaatlariga kerakli yo‘nalishda samarali taʼsir ko‘rsatishga imkon bermas edi.
Jahon amaliyotida “mehnat unumdorligi”va “unumdorlik” atamalaridan keng foydalaniladi. Bu atamalar ana shu ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqarishga asos bo‘ladigan mehnat natijalarining taʼrifi va tarkibi bilan farqlanadi. Mehnat unumdorligi atamasi faqat yaratilgan (sotilgan) mahsulot (xizmatlar) hajminigina o‘z ichiga oladi, holbuki, unumdorlik atamasi qo‘shimcha ravishda mehnat natijalarida buyumlashgan mehnatning tejalishi yoki ortiqcha sarflanishini hisobga oladi. Shu bilan birga, unumdorlikni hisoblash usullari ishlab chiqarish samaradorligi bilan yetarli darajada mos keladi, deb hisoblangan va bunga uni keng moslashtirilgan: myehnat natijalari faqat mehnat sarfi bilan emas, balki resurslar bo‘yicha hamma turdagi sarflarning o‘zaro nisbati qiymat shaklida aniqlanadi. Ko‘rinib turibdiki, “mehnat unumdorligi” va “unumdorlik” tushunchalari o‘z maʼnosi bilan bir-biridan farq qiladi.
“Unumdorlik” tushunchasi natija va unga erishish uchun qilinadigan sarflar o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Shu sababli, qator iqtisodchi olimlar uskunalar, elektr energiya, xomashyo, kapitalning unumdorligi to‘g‘risida so‘z yuritadilar. Lekin, unumdorlik to‘g‘risida so‘z ketganda resurslardan foydalanishning mahsuldorligi yoki tejamliligi haqida ham gapirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Taʼkidlash joizki, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining mahsulot ishlab chiqarilishiga sarflangan vaqtga nisbati “mehnat unumdorligi” tushunchasini tavsiflaydi. Bu nisbat:

(1)

formulasi bilan ifodalanadi.
Bu yerda:Pt – mehnat unumdorligi;M – ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
T – barcha mahsulot ishlab chiqarilishiga sarflangan vaqt.
Ish vaqti sarflari bilan mehnat natijasi o‘rtasida nisbatning o‘zgarishi mehnat unumdorligining o‘zgarishiga olib keladi. Mazkur natija kamroq ish vaqti sarflab qo‘lga kiritilsa, mehnat unumdorligi oshgan bo‘ladi, xuddi shu natijani qo‘lga kiritish uchun ko‘proq ish vaqti sarflansa, mehnat unumdorligi pasaygan bo‘ladi. Binobarin, mehnat unumdorligi oshishining mohiyati ishvaqti birligi mobaynida mehnat samaradorligining ko‘payishidan yoki mehnat natijasi birligiga sarflanadigan ish vaqtining tejalishidan iborat.
Lekin, mahsulot ishlab chiqarishga mehnat, xomashyo, materiallar, energiya, dastgohlarda buyumlashgan o‘tmish mehnat ham sarflanadi. Shu sababli, qanday mehnat sarflari hisobga olinishiga qarab mehnat unumdorligining boshlang‘ich tushunchasi aniqlashtirilishi mumkin.
Mehnat unumdorligi jami (jonli va buyumlashgan) mehnat sarflari yoki ijtimoiy mehnat unumdorligiquyidagi formula yordamida hisoblanadi:

(2)

Bu yerda: R0 – ijtimoiy mehnat unumdorligi; T1 – jonli mehnat sarflari;
T2 – buyumlashgan yoki o‘tmishda tovarga singdirilgan mehnat sarflari.
Basharti, mehnat unumdorligini hisoblab chiqish uchun faqat jonli mehnat sarflaridan foydalanilsa, bunday ko‘rsatkich individual mehnat unumdorligi deyiladi. Vaqt yoki ishlaydiganlar miqdori sarflari jonli mehnat sarflari bo‘ladi. Individual (yakka) mehnat unumdorligi (Ri) quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:

(3)

Mehnat unumdorligi mohiyatini anglash uchun “mehnat unumdorligi” va “ishlab chiqaruvchi mehnat kuchi” degan tushunchalarni aniqlashtirish kerak. Ishlab chiqaruvchi mehnat kuchini potensial (imkoni bo‘lgan) unumlik, yaʼni muayyan sharoitda mazkur vaqt mobaynida muayyan natijaga erishishni taʼminlashga qodirlik deb tushunishi kerak.
Mehnat unumdorligi haqiqiy amaliy o‘lcham, yaʼni amalga oshirilgan imkoniyat sifatida namoyon bo‘ladi. Mehnat unumdorligi – o‘zgaruvchan o‘lchamdir, unga ham intensiv, ham ekstensiv omillar taʼsir etadi. U har bir muayyan paytda ishlab chiqaruvchining mehnat kuchidan foydalanish darajasini aks ettiradi.
Mehnat unumdorligi ishlab chiqaruvchining mehnat kuchi bilan mehnat intensivligining o‘zaro bog‘liqligini ifodalab, quyidagi formula orqali aniqlanadi:

(4)
,
Bu yerda: JPt – mehnat unumdorligining indeksi; Pst – har bir muayyan vaqtda birlikka teng bo‘lgan ishlab chiqaruvchi mehnat kuchining rivojlanish darajasi;
K – ishlab chiqaruvchi mehnat kuchidan foydalanish koeffitsiyenti; INt – o‘rtacha ijtimoiy mehnat intensivligiga nisbatan mehnat intensivligining darajasi. 
Imkoni bo‘lgan mehnat unumdorligi bilan amalda erishilgan mehnat unumdorligi o‘rtasidagi farq mehnat unumdorligining oshish rezervlari deyiladi. Masalan, ishlab chiqaruvchi kuchidan foydalanish koeffitsiyenti - 0,8 %ga teng; mehnat intensivligi - 0,9; shunda JPt+1·0,9·0,8-0,72. Binobarin, mehnat unumdorligini oshirish borasidagi imkoniyatlarning atigi 72,0 %idan foydalanilmoqda, qolgan 28,0 %i esa uning oshish rezervidir.
Mehnat unumdorligi mohiyatini taʼriflash uchun “mehnat intensivligi” va “mehnat tig‘izligi” tushunchalariga aniqlik kiritish lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu tushunchalarning bir-biriga nisbati to‘g‘risida aniq bir maʼnoda tushuniladigan fikrlar yo‘q. Ko‘pincha, mehnat intensivligi deganda, insonning mushak va asab quvvati sarfi bilan o‘lchanadigan ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat tig‘izligi darajasi tushuniladi. Ushbu hamda unga o‘xshash boshqa taʼriflarda «mehnat интенсивлиги» va «mehnat тиғизлиги» tushunchalari bir xillashtirib yuboriladi. Lekin, aslida bular boshqa-boshqa tushunchalardir.
Mehnat intensivligi - mehnat jarayonida vaqt birligi mobaynida inson organizmi sarflaydigan quvvat miqdoridir, yaʼni intensivlik quvvat sarflashning tezligi. U bir soat yoki kecha-kunduzda kaloriyalar sarflanishi bilan tavsiflanadi.
Mehnat intensivligiga jismoniy kuch-harakatlar (jumladan, joydan-joyga ko‘chiriladigan yuklarning og‘irligiga bog‘liq bo‘lgan kuch-harakatlar), asab taranglashishi, ish surʼati, ishning bir xildaligi, mehnat sharoitlari kabi omillar taʼsir qiladi. Shu tufayli, mehnat intensivligi o‘lchovi ancha murakkab bo‘lib, u hozirgi vaqtga qadar hali uzil-kesil yechimini topganicha yo‘q.
Mehnat intensivligi va og‘irligi. «Mehnat intensivligi» va «mehnat оғирлиги» tushunchalarining nisbati munozaralarga mavzu bo‘lmoqda. Ko‘pincha ular bir xil tushuniladi, chunki og‘ir mehnat va intensiv mehnat, avvalo, toliqtiruvchi mehnatni ifodalaydi. Bundan tashqari, mehnatning og‘irligi, intensivligi to‘g‘risida, odatda, kishining uni amalga oshirishga sarflaydigan quvvat o‘lchami bo‘yicha fikr yuritiladi.
Og‘ir mehnat, asosan, mushak tizimining faolligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda bizning mamlakatimizda ham og‘irlik jihatidan barcha mehnat turlarini shartli ravishda quyidagi to‘rt toifaga bo‘lish qabul qilingan:
Mehnat unumdorligi mazmunini aks ettiradigan matematik modelni yaratishda quyidagi talablar nazarda tutilishi kerak:
1. Agar narsa (predmet) to‘g‘risida mulohazali intuitiv evristik tasavvurlar yo‘q bo‘lsa, muvofiq keluvchi sof matematik usullarni qo‘llash doimo katta qiyinchiliklarga to‘qnash keladi1.
2. Arifmetika – matematik nazariyadir va uni boshqa har qanday matematik nazariyalar singari, sonlar xossalari moddiy olam xossalariga muvofiq bo‘lgandagina qo‘llash mumkin2.
3. Matematik nazariya yoki matematik modelning kuchi shunda-ki, u keraksiz xossalarni chiqarib tashlaydi va hodisani tushunishda zarur bo‘ladiganini ajratadi.
Bu talablar nuqtai nazaridan mehnat unumdorligining matematik modeli ikki xil tabiatni adekvat aks ettirgan taqdirdagina metodologik to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, yaʼni

(5)

Bu yerda:U – mehnat unumdorligi;
Mim – unumli isteʼmol mahsuloti massasi;
Ej – mehnat jarayonida inson organizmining energiya sarfi.
Bu model mehnat unumdorligi o‘sishining ikki qarama-qarshi tendensiyasini sof ko‘rinishda isteʼmol mahsuloti hajmining ko‘payishini jami mehnat sarfining qisqartirilishi va uning ozod qilinishini o‘zida jamlaydi.
Bu matematik modelga ishlab chiqarish vositalarida moddiylashgan oldingi mehnat sarflarini kiritish xatodir. Chunki, oldingi mehnat bevosita endi yo‘q, u vositalangan tarzda chetdan energiya isteʼmol qiladigan ishlab chiqarish vositalari orqali amalda bo‘ladi. Jonli mehnatning kamayib boradigan hajmi boshqaradigan ishlab chiqarish vositalari hajmining ko‘payishi – mehnat unumdorligining o‘sishidan farq qiladigan boshqa hodisadir va ularning yig‘indisi aynan jonli mehnat unumdorligi o‘sishining tarixiy tendensiyasini buzadi.
Amaliyotda ishlab chiqarish natijasi sifatida (formula surati) yalpi ichki mahsulot, yalpi ijtimoiy mahsulot yoki milliy daromaddan pul ifodasida, sarflar sifatida (maxraj) yoki ish vaqti fondi yig‘indisi sifatida foydalaniladi.
Bu variantlardan har biri sarf usullari hisoblanadi, chunki natija sarflar bilan aniqlanadi. Maxrajga kelganda shuni aytish kerakki, ish vaqti fondining yig‘indisi ham, ishlovchilarning o‘rtacha ro‘yxati tarkibi ham mehnat tabiatini adekvat aks ettirmaydi. Shuning uchun vaqt yoki sonning ayni bir o‘sha kattaligida kishining mehnat jarayonidagi energiya sarfi mehnat amalga oshirilayotganda mehnatning mexanizatsiyalashganlik va avtomatlashtirilganlik darajasiga va boshqa shart-sharoitlarga bog‘liq tarzda ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish omillari nazariyasiga muvofiq, hisoblab chiqilgan mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlariga javob berish uchun tovarlarning bozor narxi elementlaridagi tarkibini ko‘rib chiqish kerak.Yiriklashtirilgan holda u (tarkib) quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
1. Chetdan olingan xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar narxi.
2. Ishlatilgan energiya narxi.
3. Uskunalar, binolar, inshootlar narxidan amortizatsiya ajratmalari.
4. Xodimlarning ish haqi.
5. Ish haqidan ijtimoiy jamg‘armalarga ajratmalar.
6. Kapitalni foydalanishdan olinadigan foyda.
7. Yer rentasi.
8. Tadbirkorlik foydasi.
Korxona xodimlarining mehnati natijasida yangi yaratilgan qiymat ish haqi hamda undan amalga oshiriladigan ajratmalar chetdan olingan xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar hamda energiya narxining bir qismini tayyor tovarga o‘tkazadi. Mehnat sarflari o‘lchamiga kiritilgan tayyor mahsulot narxining bir qismi mehnat unumdorligi ko‘rsatkichini tashkil etadi. Lekin amalda mehnat unumdorligi hech qayerda ana shunday hisoblab chiqilmaydi, chunki ishlatilgan xomashyo, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar, energiya qiymatining qaysi qismini tayyor tovarga mehnat bilan o‘tkazishi, qaysi qismini esa ishlab chiqarishning boshqa omillari bilan o‘tkazishi to‘g‘risidagi masala ancha bahslidir.


Download 56.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling