Sanoat korxonasi foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi


Download 65.95 Kb.
Sana10.03.2023
Hajmi65.95 Kb.
#1257737

Kirish


  1. SANOAT KORXONASI FOYDASINING TAQSIMLANISHI VA ISHLATILISHI

  2. SANOAT KORXONALARIDA MAXSULOTLAR ISHLABCHIQARISH RAQOBOTBARDOSHLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI

  3. SANOAT KORXONALARIDA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISHNI OSHIRISH NOMENKLATURASINI KENGAYTIRISH MUAMMOLARI

  4. SANOAT KORXONALARINING TO‘LOV QOBILIYATINI OSHIRISH MUAMMOLARI

  5. SANOAT MAHSULOTLARINING MATERIAL VA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH YO‘NALISHLARI

Xulosa.

Kirish.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi jahon iqtisodiy jarayonlarida qo’llaniladigan ishlab chiqarish, xo’jalik va tijorat usullariga kata qiziqish uyg’otdi. Ular orasida marketing tamoyillari va usullari alohida o’rinni egallaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat muhitini mavjudligi sifat va uni boshqarish muammollariga katta ahamiyat berishga majbur qiladi. Rivojlangan davlatlarda raqobat, kurash sifatini oshirish dasturlarini ishlab chiqarishga sabab bo’ladi. Mahsulot va xizmatlar sifatini baholash uchunn ob’ektiv ko’rsatkichlarni ishlab chiqish zaruriyati tug’iladi. Sifat va ishlab chiqarish smaradorligi o’rtasida to’g’ri bog’lanish mavjud. Sifatni oshirish harajatlarni kamaytirib, bozor ulushi hamda ishlab chiqarish samaradorligiga erishishga ko’maklashadi. Yuqoridagilar bo’lajak menejerlardan sifatni boshqarish sohasiga oid chuqur ilmiy va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishni talab qiladi.


Dunyoni rivojlangan davlatlarida sifat bilan ta’minlash iste’molchini talabini sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan qoniqtirish, ishlab chiqarishni zamonaviy usullar bilan boshqarish masalalariga chuqur e’tibor bermoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tish jahon iqtisodiy jarayonlarida qo’llaniladigan ishlab chiqarish, xo’jalik va tijorat usullariga katta qiziqish uyg’otdi.

Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi


Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati natijalaridan ko‘proq daromad olishga harakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi.
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonalarning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqga ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushushini ko’rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonalar, shuningdek, mahsulotning sotish bo’yicha hhxarajatlarni, ya’ni ishlab chiqarishщdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarning ham amalga oshiriladilar.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi:
- moddiy xarajatlar;
- asosiy fondlar amortizasiyasi;
- mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
- ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
- boshqa xarajatlar;
Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarning eng katta qismi bo’lib, umumiy xarajatlarning 60-80 foizini tashkil qilish mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga quydagilarni qamrab oladi:
- xomashyo va materiallar xarajatlari;
- texnalogik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg’i va energiya;
- xarid qiluvchi butlovchi qisimlar va yarim tayyor mahsulotlar;
- sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari;
- mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qisimlar;
- boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;
- xizmat davri bir yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetning eskirishi yoki har bir instrument, investar, labaratoriya uskunalari va maxsus kiyim – bosh uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati;
- tabiy xomashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’im va boshqa to’lovlar;
- ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo’qotishlar;
- tabiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo’lmagan holda yuzaga keladigan yo’qotishlar.
Amortizasiya ajratmalari miqdoriga teng bo’lgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi xarajatlarining yirik elementlaridan biri hisoblanadi. Bular qatoriga asosiy fondlarning tezlashgan amortizasiyasi va uning indeksasiyasini kiritish mumkin.
Mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar – korxonalarning asosiy ishlab chiqarish personali mehnatga haq to’lashga sarflanadigan xarajatlar bo’lib, ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofatlar, rag’batlantiruvchi va kompensasiya to’lovlari, jumladan, konunchilikda belgilangan me’yoriylar chegarasida narxlarning o’sishi va indeksasiya uchun to’lovlar, shuningdek, korxona xodimlari shtatida bo’lmagan, lekin asosiy ishlab chiqarishda bind bo’lgan ishchilar uchun to’lanuvchi haqini o’z ichiga oladi.
Mazkur xarajatlar elementlari qatoriga quydagilar kiritilagan:
- amalda bajarilgan ish uchun tarif stavkalari, lavozim maoshlari va shu kabilar asosida to’lanuvchi ish haqi;
- xodimlarga natural to’lov shaklida beriluvchi mahsulotlar qiymati;
- ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun beruvchi mukofot va boshqa to’lovlar;
- qonunchilikka asosan ba’zi tarmoqlardagi xodimlarga bepul beriluvchi kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-joy, kommunal xizmat va xokozalar qiymati;
- Har yillik mehnat va o’quv ta’tili uchun amalga oshiriluvchi to’lovlar;
- korxonalarni tashkil qilish, shtatlar qisqarishi tufayli ishdan bo’shatilgan xodimlarga to’lanuvchi mablag’lar.
Ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlar nobyudjet ijtimoiy fondlarga (nafaqa fondi, ijtimoiy sug’urta fonda, bandlik fonda va xokozo) ajratiluvchi mablag’larni anglatadi.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxidagi boshqa xarajatlar – qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus nobyudjet fondlarga o’tkazuvchi to’lovlar va soliqlar, yo’l qo’yish mumkin bo’lgan miqdordagi chiqindilar uchun to’lovlar, korxona mulkini majburiy sug’urtalash; rasionalizatorlik takliflari uchun mukofatlar, qonunchilikda belgilangan stavkalarda kreditlar bo’yicha to’lovlar, mahsulotni sertifikatlash uchun bajarilgan ishlarga haq to’lash; qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo’yicha xizmat sarflariga haq to’lash, yog’inga qarshi kurash va qo’riqlash muassasalariga haq to’lash, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlar tanlashni tashkil qilish, aloqa xizmati, hisoblash markazlari, binklar xizmatiga haq to’lash; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ijaraga olganlik uchun haq to’lash; nomoddiy aktivlarning eskirish va hokozalar.
Korxona foydasi va uning taqsimlanishi
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-harajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar, ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.
Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir. Lekin shu narsani aytish lozimki butun jamiyatda ba’zan alohida olingan bir mamlakatda foyda massasi bilan qo‘shimcha qiymat massasi miqdor jihatdan bir-biriga teng bo‘lishi mumkin. Lekin alohida olingan korxonalarda va tarmoqlarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulot olingan foyda miqdoran teng bo‘lmasligi mumkin. Chunki talab va taklif nisbatlarining va baho mexanizmining o‘zgarishi ta’sirida bir tarmoqda yoki bir guruh korxonalarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulotlar boshqa korxona va tarmoqlarga foyda shaklida o‘tib ketadi.
Korxonaning umumiy foydasidan budjetga (asosan soliq to‘lovlari) banklarga (olingan ssuda uchun foiz) to‘lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi.
Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida hosil qilinadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi.
Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.
Bular quyidagicha aniqlanadi:
1. R'=(P/W)*100
bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – iqtisodiy yoki ishlab chiqarish xarajatlari;

2. R'=(P/Kavans)*100


bu yerda: R' –foyda normasi; P –foyda massasi; Kavans (Asosiy kapital+Aylanma kapital) –korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda foydalanilgan avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki bahoni oshirish hisobiga erishish mumkin. Bahoning o‘sishi ba’zi iqtisodchilarning foyda normasi ko‘rsatgichini bartaraf etib bo‘lmaydigan qusurga ega bo‘lgan va shu sababli samaradorlikni o‘lchash uchun mutlaqo yaroqsiz ko‘rsatgich sifatida tanqid qilishlariga sabab bo‘ldi.
SANOAT KORXONALARIDA MAXSULOTLAR ISHLABCHIQARISH RAQOBOTBARDOSHLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi uchun ham iqtisodiy rivojlanishning usutuvor yoʻnalishlarini aniqlab olish kabi muhim masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” PF4947-sonli Farmonida belgilab berildi. Qayd etish kerakki, mazkur meʼyoriy-huquqiy hujjatda Oʻzbekiston Respublikasini taraqqiy ettirishning bir qancha yoʻnalishlari bilan bir qatorda “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari” boʻlinmasida tarkibiy oʻzgartirishlami chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini, xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga qaratilgan mulohazalar keltirib 0ʼtildi. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga doir bir qancha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. Dastlabki yoʻnalish Oʻzbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan bir tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlardir. Qayd etish kerakki, mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatda O‘zbekiston Respublikasini taraqqiy ettirishning bir qancha yo‘nalishlari bilan bir qatorda “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” bo‘linmasida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini,
xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga qaratilgan mulohazalar keltirib o‘tildi. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga doir bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. Dastlabki yo‘nalish O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan bir tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardir. Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, yangi industrial tarmoqlarni shakllantirish, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va ularni qayta jihozlash, mahsulotlar eksportini oshirish bilan bog‘liq ishlar bevosita investitsion jarayon bilan bog‘liq. Shunday ekan, sanoat ishlab chiqarishini taraqqiy ettirishga doir qabul qilingan me’yoriy aktlar bevosita investitsiya faoliyatini yuritishga oid tashkiliy-huquqiy hujjatlar bilan uzviy bog‘liq ravishda ishlab chiqilishi va bir-birini to‘ldirishi tabiiy. O‘zbekiston Respublikasida ham investitsiya faoliyatiga oid ko‘plab me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning eng asosiysi bu “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hisoblanadi Mamlakatimiz sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv samaradorligini oshirishda korxonaning strategik rivojlanish maqsadlarida innovatsion faoliyatga oid rivojlanish yo‘nalishlarini shakllantirish, innovatsiyalarni amaliyotga tabiq etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bunda innovatsion boshqaruv maqsadlari daraxtini shakllantirishda yuqorida taklif etilgan usuldan foydalanish yuqori samaradorlikka erishish bilan bir qatorda, korxonaning innovatsion rivojlanishining barqarorligini ta’minlash uchun zamin yaratadi Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish, korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligi ko‘rsatkichlari ta’sirida o‘zgarishi mumkin bo‘ladi. Ya’ni sanoat korxonasida innovatsion boshqaruv to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari texnik va yexnologik jihatdan zamon talablariga qanchalik mos bo‘lgani sari ishlab chiqarish hajmi shunchalik yuqori sur’atda ortadi. Asosiy e’tiborni mamlakatimizda sanoat korxonalarining innovatsion boshqaruvi mexanizmini rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqishga qaratish maqsadga muvofiq. Bunda hududiy tamoyil asosida sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazish zarur. Shuningdek, viloyatlar kesimida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, ularni global darajadagi raqobatbardoshlik indeksi ko‘rsatkichlarini muntazam ravishda takomillashtirish imkoniyati vujudga keladi. Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati, ularning rivojlanishidagi mavjud muammolarini monitoring qilish hududiy innovatsion sanoat markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, sanoat korxonalarining uzoq muddatli davr uchun mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish dasturlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari hududiy sanoat korxonalarini rivojlantirish markazlari tomonidan o‘rganilib, ularni moliyalashtirish va tegishli imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi. Korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligiga doimiy ravishda ichki va tashqi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatib turadi. Zamonaviy iqtisodiy munosabatlar tizimida ichki omillar qatoriga tadbirkorlik qobiliyati, korxona personali, kommunikatsiya samaradorligi, korxonaning tashkiliy tuzilishi, innovatsion faoliyatning bozorga yo‘naltirilganligi va innovatsiyalar uchun resurslarning yetarlilik darajasi kabi omillar kiradi. Korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillarga esa mamlakatda maslahat va konsalting xizmatlari, moliyaviy yordam, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va qonunchilik kabi omillar inobatga olinishi zarur.

Sanoat korxonalarida maxsulot ishlab chiqarishni oshirish va nomenklaturasini kengaytirish muomolari


Bugungi kunda jahon iqti­sodiyotida inqiroz jara­yonlari chuqurlashib, dunyo miqyosida xarid talabi pasayib bormoqda va shun­ga muvofiq tarzda xom­ashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar boʻyicha raqobat yildan-yilga kuchayib bormoqda. Koʻplab rivojlangan va yetakchi mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, ra­qobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlash­tirish, yuqori texnologiyalarga asos­langan yangi korxona va ishlab chiqa­rish tarmoqlari rivojlanishini taʼminlash, faoliyat koʻrsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya­lash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish talab etilmoqda.
Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi. Ishlab chiqarish samaradorligini hisoblashdan maqsad samaradorlikka nimalar hisobiga erishilganini aniqlash va yana qanday omillar evaziga uni oshirish mumkinligini belgilashdan iborat.
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish, korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligi ko‘rsatkichlari ta’sirida o‘zgarishi mumkin bo‘ladi. Ya’ni sanoat korxonasida innovatsion boshqaruv to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari texnik va yexnologik jihatdan zamon talablariga qanchalik mos bo‘lgani sari ishlab chiqarish hajmi shunchalik yuqori sur’atda ortadi. Asosiy e’tiborni mamlakatimizda sanoat korxonalarining innovatsion boshqaruvi mexanizmini rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqishga qaratish maqsadga muvofiq. Bunda hududiy tamoyil asosida sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazish zarur. Shuningdek, viloyatlar kesimida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, ularni global darajadagi raqobatbardoshlik indeksi ko‘rsatkichlarini muntazam ravishda takomillashtirish imkoniyati vujudga keladi. Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati, ularning rivojlanishidagi mavjud muammolarini monitoring qilish hududiy innovatsion sanoat markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, sanoat korxonalarining uzoq muddatli davr uchun mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish dasturlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari hududiy sanoat korxonalarini rivojlantirish markazlari tomonidan o‘rganilib, ularni moliyalashtirish va tegishli imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi. Korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligiga doimiy ravishda ichki va tashqi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatib turadi.
Zamonaviy iqtisodiy munosabatlar tizimida ichki omillar qatoriga tadbirkorlik qobiliyati, korxona personali, kommunikatsiya samaradorligi, korxonaning tashkiliy tuzilishi, innovatsion faoliyatning bozorga yo‘naltirilganligi va innovatsiyalar uchun resurslarning yetarlilik darajasi kabi omillar kiradi. Korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillarga esa mamlakatda maslahat va konsalting xizmatlari, moliyaviy yordam, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va qonunchilik kabi omillar inobatga olinishi zarur. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga doir bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. Dastlabki yo‘nalish O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan bir tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardir. Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, yangi industrial tarmoqlarni shakllantirish, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va ularni qayta jihozlash, mahsulotlar eksportini oshirish bilan bog‘liq ishlar bevosita investitsion jarayon bilan bog‘liq. Shunday ekan, sanoat ishlab chiqarishini taraqqiy ettirishga doir qabul qilingan me’yoriy aktlar bevosita investitsiya faoliyatini yuritishga oid tashkiliy-huquqiy hujjatlar bilan uzviy bog‘liq ravishda ishlab chiqilishi va bir-birini to‘ldirishi tabiiy. O‘zbekiston Respublikasida ham investitsiya faoliyatiga oid ko‘plab me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning eng asosiysi bu “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hisoblanadi Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi uchun ham iqtisodiy rivojlanishning usutuvor yoʻnalishlarini aniqlab olish kabi muhim masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” PF4947-sonli Farmonida belgilab berildi.
Qayd etish kerakki, mazkur meʼyoriy-huquqiy hujjatda Oʻzbekiston Respublikasini taraqqiy ettirishning bir qancha yoʻnalishlari bilan bir qatorda “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari” boʻlinmasida tarkibiy oʻzgartirishlami chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini, xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga qaratilgan mulohazalar keltirib 0ʼtildi. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga doir bir qancha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. Dastlabki yoʻnalish Oʻzbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan bir tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlardir. «Ishlab chiqarish texnologiyalari» fanidan darslik shu fan bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturiga asosan yozilgan. Unda sanoatning eng muhim tarmoqlari, jumladan, yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik, qurilish materiallari va qurilish ishlari texnologiyasi, ularda qo‘llaniladigan xomashyolar, asbob-uskunalar va shu tarmoqlardagi fan-texnika taraqqiyoti va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar batafsil yoritilgan. Darslik oliy o‘quv yurtlarining menejment fakultetlarining talabalari va o'qituvchilari uchun moijallangan bo‘lib, undan mazkur yo'nalishda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislari ham o‘z amaliy ishlarida foydalanishlari mumkin. Respublikamizning moddiy-texnika bazasini yaratish hamda xalq moddiy farovonligini yanada oshirish yangi resurslar manbaini izlab topishni talab etadi. Bu esa ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, jonli va moddiylashgan m ehnatni tejash, kapital m ablag‘lar va asosiy ishlab chiqarish fondlaridan unum li foydalanish masalalarini asosiy o ‘ringa q o ‘yadi. Bunday m asalalarni hal qilishda iqtisodchilarning roli katta. Iqtisodchilar resurslardan ustalik bilan foydalanishni, xo‘jalik faoliyatida yuz berayotgan o ‘zgarishlarni o ‘z vaqtida hisobga olishi, ishlab chiqarish darajasini bozor ehtiyoji va talabi bilan bog‘lay olishi, xoljalik hisob-kitoblarini puxtalashi, xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida yangi texnika va texnologiyani jadallik bilan ishlab chiqarishga joriy eta bilishi kerak.

Buning uchun iqtisodchi m a ’lum darajada texnikaviy bilimga ega b o ‘lishi, ishlab chiqarish texnologiyasini bilishi shart. Ishlab chiqarishni to‘la bilmaydigan, faqat raqam lar bilan ish ko‘radigan iqtisodchi yuz berayotgan o ‘zgarishlarning sabablarini tushunmaydi va natijada masalani to ‘g‘ri hal qila olmaydi, qabul qilingan qarorlarni asoslab bera olmaydi. M uhandislik bilimlari, texnika taraqqiyotidagi ilg‘or tajriba hamda texnikaning hozirgi yutuqlari iqtisodchiga sanoatda sodir boiayotgan yangidan-yangi o ‘zgarishlarni tushuna olish va ularni yetarli darajada baholay bilishiga to ‘la imkon beradi. Texnologiya asoslari va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshi bilgan holdagina xo^jalik faoliyatini sifatli tahlil qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash hamda uning rezervlarini ochib berish, rejalashtirish, normallashtirish, moliyaviy ishlarni amalga oshirish va demak, m uhim xalq xo'jalik m asalalarini to‘g‘ri hal qilish kam m ehnat va mablag‘ sarflab, yuqori ishlab chiqarish natijalariga erishish mumkin. A n a shunday m uhim fanlardan biri texnologiya fani bo‘lib, u xom ashyolarning olinish usullari va ularga ishlov berib, iste’mol 3 buyumlariga yoki ishlab chiqarish vositalariga aylantirishdagi texnik usullarni o'rgatadi. Iqtisodiy nazariya, fizika, kimyo, energetika, statistika va shunga o ‘xshash m uhandislik, iqtisod fanlarining qoida h am d a usullarini keng q o ‘llash orqali texnologiya fani ishlab chiqarish jarayonlarining mohiyatini, hodisalar qonuniyatini ochib beradi hamda bu qonuniyatning amaliy maqsadlar uchun ishlatilish soha va chegarasini aniqlab beradi. Texnologiya bu bilan eng ratsional ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish va ularni ro‘yobga chiqarishda optim al sharoitlarni yaratishga yordam b e ­ radi. Hozirgi kun va davlatimizning tadbirkorlar oldiga qo'yadigan talabi — fan va texnika yutuqlaridan foydalanish asosida kam operatsiyali, kamxarajat va chiqitsiz texnologiya jarayonlaridan keng foydalanish, tabiiy, su n ’iy xomashyolardan kompleks foydalanish asosida sifatli va raqobatbardosh m ahsulotlar ishlab chiqarish, ishlab chiqariIgan m ahsulotlar bozorda o‘z xaridorini topa bilishidadir. Hozirgi zamon fan va texnikasi xomashyoni qayta ishlash uchun juda ko'p usul va vositalardan foydalanish imkonini beradi.


SANOAT KORXONALARINING TO‘LOV QOBILIYATINI OSHIRISH MUAMMOLARI
Korxonani moliyalashtirish manbalari

Moliyalashtirish manbalari – bu moliyaviy mablag‘larni olishning amldagi va kutilayotgan kanallari, shuningdek bu moliyaviy mablag‘larni taqdim qilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy subyektlarning ro‘yxati. Loyihani moliyalashtirish strategiyasining asosini loyihaning individual xususiyatlari va ularga ta’sir qiluvchi omillardan kelib chiqib moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqish tashkil qiladi.


Korxonani moliyalashtirish – korxonalarni zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta’minlash. Moliyalashtirish budjet mablag‘laridan assigonovaniyalar, kredit mablag‘lari, horijiy yordamlar, boshqa shaxslarning badallari ko‘rinishidagi ichki va tashqi manbalardan amalga oshiriladi.
Moliyalashtirish strategiyasini moliyalashtirish manbalaridan kelib chiquvchi asosiy turlari quyidagilardan iborat:
- ichki manbalardan moliyalashtirish;
- jalb qilingan mablag‘lardan moliyalashtirish;
- qarz mablag‘laridan moliyalashtirish;
- aralash (kompleks, kombinatsiyalashgan) moliyalashtirish.
Korxonani moliyalashtirish manbalari quyidagi 14-rasmda tasvirlangan.




4-rasm. Korxonani moliyalashtirish manbalari

Ichki manbalar sifatida korxonaning o‘z mablag‘lari – foyda va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi.
Korxonaning pul mablag‘lari – korxonaning naqd va naqdsiz ko‘rinishda to‘plangan pullari. Ba’zida pul mablag‘lariga qo‘shimcha yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar ham kiritladi.
Foydani qayta investitsiyalash – bu o‘z faoliyatini kengaytirayotgan korxonani moliyalashtirishning eng qulay va nisbatan arzon shakli.
Moliyalashtirishning tashqi manbalarini xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Jalb qilingan investitsiyalar:
- investorni yuqori foyda va korxonaning o‘zi qiziqtiradi;
- investor qachondir investitsiyadan voz kechish maqsadiga ega bo‘lishi (bo‘lmasligi) mumkin;
- investor mulkining ulushi uning investitsiyalarini korxonaning barcha kapitaliga nisbatidan aniqlanadi.
2. Qarzli investitsiyalar:
- korxona kontrakt bo‘yicha qarz summasini qaytarish majburiyatini oladi;
- qarz olingan shartlarga muvofiq tarzda so‘ndirilishi kerak;
- korxona olingan qarz uchun foizlar to‘laydi;
- korxona kreditor uchun zarur va maqbul kafolatlarni beradi;
- agar kredit muddatlarida qaytarilmasa, kreditor kafolatlarni olib qo‘yishi mumkin;
- qarz summasi qaytarilganidan so‘ng kreditor odidagi majburiyatlar to‘xtaydi.
Moliyalashtirish strategiyasi amalga oshirilayotganda, turli xil manbalardan mablag‘larni taqdim qiluvchi, quyidagi moliyaviy vositalar (moliyalashtirish sxemalari) qo‘llaniladi:
- moliyaviy investorga ulushni sotish;
- strategik investorga ulushni sotish;
- venchurli moliyalashtirish;
- qimmatli qog‘ozlarni ommaviy taklif qilish (IPO);
- qimmatli qog‘ozlarni yopiq (xususiy) joylashtirish;
- horijiy moliya bozorlariga chiqish;
- bank kreditlari, kredit liniyalari, ssudalar;
- tijorat (tovar) krediti;
- davlat krediti (investitsion soliq krediti);
- obligatsiyali qarz;
- loyihaviy moliyalashtirish;
- eksport operatsiyalarini sug‘urtalash;
- lizing;
- franchayzing;
- faktoring;
- forfeyting;
- grantlar va hayriya badallari;
- tadqiqotlar va ishlanmalar to‘g‘risida kelishuv-
lar;
- davlat tomonidan moliyalashtirish;
- veksellarni chiqarish;
- o‘zaro hisob-kitoblar;
- barter;
- boshqalar.

2. Korxonalarda investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash



Korxona investitsiya siyosatidagi muhim yo‘nalish investitsiya resurslari shakllanishini boshqarish hisoblanadi.
Investitsiyalashning maqsadidan kelib chiqib investitsiya jarayonida qatnashuvchi investitsiya resurslarining tarkibi va mutanosibligi o‘zgarishi mumkin. Real investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiya resurslari moliyaviy (pul mablag‘lari va b.), moddiy (asosiy fondlar, moddiy qiymatliklarning zahirali va sh.k.) va nomoddiy shakllarda (patentlar, litsenziyalar va sh.k.) qo‘llanilishi mumkin.
Investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash tizimi manbalarning, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari va shakllarining organik birligidan kelib chiqadi. Investitsion resurslarni shakllantirish manbalari turli-tumandir. Bu manbalarning mazmuni aniqlash va turkumlashning zarurligini asoslaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini turkumlanishiga asosan barcha manbalarni uchta asosiy guruhlarga ajratish mumkin: o‘z manbalari, qarz manbalari, jalb qilingan manbalar. Bunda korxonaning o‘z mablag‘lari ichki (ikkilamchi), jalb qilingan va qarz mablag‘lari – tashqi (birlamchi) manbalar sifatida qaraladi.
O‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:
korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan olingan sof foyda;
amortizatsiya ajratmalari;
mulkni yo‘qotilishi bilan yuzaga kelgan sug‘urta qoplamalari;
asosiy vositalarni sotishdan olingan mablag‘lar;
nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan mablag‘lar.
Korxonalarning jalb qilingan mablag‘lari – doimiy asosda taqdim qilingan mablag‘lar bo‘lib, ular bo‘yicha mazkur mablag‘larning egalariga daromadlar to‘lanishi mumkin hamda egalariga qaytarilmasligi mumkin.
Ularga quyidagilar kiradi:
aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lar;
korxona ustav fondiga mehnat jamoasi a’zolarining, fuqarolarning, yuridik shaxslarning pay va boshqa badallari;
yuqori turuvchi xolding va aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
maqsadli investitsiyalashga dotatsiyalar, grantlar va ulushli qatnashishlar ko‘rinishida beriladigan davlat mablag‘lari;
qo‘shma korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etish va xalqaro tashkilotlarning, horijiy davlatlarning, fuqarolar va yuridik shaxslarning bevosita qo‘yilmalari shaklidagi horijiy investorlarning mablag‘lari.
Korxonalarning qarz mablag‘lari – ma’lum vaqtga va qaytarish sharti hamda ulardan foydalanganlik uchun to‘lovni to‘lash sharti bilan olingan mablag‘lar.
Ularni uzoq muddatli va qisqa muddatlilarga ajratio‘ mumkin.
O‘zoq muddatli qarz mablag‘lariga quyidagilar kiradi:
banklar va boshqa institutsional investorlarning uzoq muddatli kreditlari;
uzoq muddatli davlat investitsion kreditlari;
uzoq muddatli (bir yildan uzoq muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;
lizing va b.
Qisqa muddatli qarz mablag‘lari:
tijorat (tovar) kreditlari;
qisqa muddatli (bir yildan kam muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;;
banklar va boshqa institutsional investorlarning qisqa muddatli kreditlari.

Investitsiyalarning o‘z va jalb qilingan manbalari korxonaning xususiy kapitalini tashkil qiladi. Bu manbalar bo‘yicha tashqaridan jalb qilingan summalar qaytarilishi shart emas. Investorlar investitsiyalarni amalga oshirshadan olinadigan daroomadlarda ulushli mulk egaligi huquqida ishtirok etadilar. Investitsiyalarning qarzli mablari korxonaning qarz kapitalini tashkil qiladi.


Moliyalashtirish manbalarining turli-tumanligida investitsion faoliyatni moliyalashtirishning asosiy usullariga o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, aksiyadorlik moliyalashtirish, budjetli moliyalashtirish, kreditli moliyalashtirish, lizingli va kombinatsiyalashgan (aralash) moliyalashtirishlarni kiritishimiz mumkin.
Moliyalashtirish usuli deganda investitsion jarayonni moliyalashtirish maqsadida investitsion resurslarni jalb qilish mexanizmi tushuniladi. Moliyalashtirish shakllari deganda moliyalashtirish usuli mohiyatining tashqi ifodasi tushuniladi.
To‘la ichki o‘zini-o‘zi moliyalashtirish eng ishonchli hisoblanadi va investitsiya loyihalarini faqatgina o‘z (ichki) manbalar hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutadi. Moliyalashtirishning bu usuli horij amaliyotida “leveridjsiz moliyalashtirish”ni xarakterlaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim o‘z manbalari sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Foyda korxona sof daromadining asosiy shakli sifatida namoyon bo‘lib, mahsulotning qo‘shilgan qiymatini ifodalaydi va korxona faoliyati natijalarini umumlashtiriuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Soliq lar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng korxona ixtiyorida sof foyda qoladi. U zahira kapitali, taqsimlanmagan foyda va jamg‘arish fondi ko‘rinishida to‘planib boradi. Odatda, foydaning investitsiya maqsadlariga yo‘naltirilayotgan qismi jamg‘arish fondida yoki shunga o‘xshash fondlarda to‘planib boradi. Jamg‘arish fondi xo‘jalik yurituvchi subyektning yangi mulkni tashkil qilish, asosiy vositalar, aylanma mablag‘larini olish uchun ishlatiladigan mablag‘lari manbai sifatida maydonga chiqadi. Zahira fondi korxonaning zararlarini qoplash, obligatsiyalarni so‘ndirish va o‘z aksiyalarini qayta sotib olish uchun shakllantiriladi. Foydaning taqsimlanmagan qismi ham kapitalizatsiya uchun yo‘naltirilishi mumkin. O‘zining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha foyda rivojlanish uchun ishlatiladigan o‘z mablag‘lari zahirasining shakllaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan sof foydaning hajmi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi: mahsulot realizatsiyasi hajmiga, narhlarga, mahsulot birligi tannarxiga, foyda solig‘i stavkasiga, iqtisodiy rivojlanishning umumiy strategiyasiga asoslanuvchi iste’mol va korxonaning rivojlanishiga taqsimlash siyosatiga.
Moliyalashtirishning o‘z manbalarini ahamiyatliligi bo‘yicha keyingisi amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Ular korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o‘tkazishi natijasida tashkil bo‘ladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatini bosqichma-bosqich tiklanishi jarayonida bo‘shab qolgan pul mablag‘lari amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida amortizatsiya fondida to‘planib boradi. Amortizatsiya fondining kattaligi korxonaning asosiy fondlarini hajmiga, ularning boshlang‘ich yoki tiklanish qiymatiga, turlari va yoshlari o‘yicha tarkibiga, shuningdek maqsadi va amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning qo‘llanilayotgan usuliga bog‘liq.
O‘z manbalardan foydalanishning asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi: foyda qismi bo‘yicha: ularni yo‘naltirishbo‘yicha vaqt va mablag‘ sarfining yo‘qligi, qaytarmaslik riskining yo‘qligi, manba sifatida qo‘llanilishi korxonaning investitsion jozibasini kuchaytiradi; amortizatsiya qismi bo‘yicha: korxona ixtiyorida har qanday moliyaviy holatda ham mavjud bo‘lishi, amortizatsiyani turli xildagi usullar bilan hisoblash imkoniyati.
Foyda qismidagi kamchiliklarga to‘lovlarni amalga oshmasligi, barterlar, soliqqa tortish va sh.k. oqibatida manbalarning chegaralanganligini keltirish mumkin; amortizatsiya qismi bo‘yicha: amortizatsiya fondi hajmining inflyatsiya darajasiga, nazoratning amaliy mexanizmini mavjud emasligi sababli maqsadsiz ishlatish ehtimoliga bog‘liqligi.
Investitsiya resurslarini shakllantirishning o‘z manbalarini sanab o‘tilganlaridan qolganlari, odatda, korxonaning investitsiya strategiyasini ishlab chiqish jarayonida ko‘rib chiqilmaydi, madomiki ularning shakllanishi taktik va operativ rejalashtirishning predmeti hisoblanadi.
Aksiyadorlik moliyalashtirish yuridik va jismoniy shaxslarning korxona ustav kapitaliga qo‘yilmalarini bildiradi. Buning natijasida investorlar korxonaning mulkdorlariga aylanadi. Moliyalashtirishning mazkur shakli bo‘yicha mablag‘larni yig‘ish qimmatli qog‘ozlar bozori orqali amalga oshiriladi.
Qarzli moliyalashtirish turli manbalardan, obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan kreditlar va qarzlar shaklida namoyon bo‘ladi. Moliyalashtirishning mazkur shakli doirasida investitsiya mablag‘larini yig‘ish qimmatli qog‘ozlar bozori, kredit resurslari bozori va davlatdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.
Investitsiya krediti investitsiya maqsadlariga yo‘naltirilgan turli xildagi bank kreditlari sifatida namoyon bo‘ladi. Kredit kreditlashtirishning asosiy tamoyillariga amal qilingan tartibda beriladi, ya’ni qaytaruvchanlik, muddatlilik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, maqsadli foydalanish.
Davlat tomonidan kreditlashtirish aniq bir korxonaga (yoki ma’lum loyihaga) imtiyozli asosda bevosita (maqsadli) kreditlar shaklida amalga oshiriladi. Davlat kreditning foiz stavkalarini, qaytarish muddatlari va tartibini o‘rnatadi.
Obligatsiyali qarz qarzli moliyalashtirishning bir ko‘rinishi sifatida, obligatsiyalarni emissiya qilish asosida tashqi o‘zlashtirishni bildiradi. Obligatsiya – qimmatli qog‘oz bo‘lib, uning egasi tomonidan ma’lum summadagi pulni to‘laganligi hamda muayyan vaqtdan keyin unda ko‘rsatilgan (nominal) pulni hamda ma’lum foizlarni qo‘shib qaytarilishini tasdiqlaydi.
Davlatdan moliyalashtirish ko‘p hollarda yuqori samarali investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘rinishida, davlatning tashqi aloqalari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish ko‘rinishlarida amalga oshiriladi.

SANOAT MAHSULOTLARINING MATERIAL VA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH YO‘NALISHLARI


Jahon iqtisodiyotidagi global o‘zgarishlar, hamon davom etayotgan moliyaviy inqiroz bilan bog‘liq bugungi murakkab vaziyat o‘z ertasini, taraqqiyotini o‘ylagan har bir mamlakat oldiga tez va uzoqni ko‘zlab, puxta qarorlar qabul qilishni dolzarb vazifa etib qo‘ymoqda. Dunyo moliyaviy va iqtisodiy sharoitidan kelib chiqib, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, uning tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilishni ko‘zda tutuvchi muhim hujjatlar qabul qilinmoqda va ular amaliyotga izchil joriy etilmoqda.
Prezidentimiz qarori asosida qabul qilingan 2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh etish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi ushbu islohotlarning mantiqiy va uzviy davomidir.
Dastur yettita muhim yo‘nalishni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ulardan biri – energiya sarfini kamaytirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish hisoblanadi.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va tejamli foydalanish masalalariga ustuvor vazifalardan biri sifatida qarab kelinmoqda. Boisi, bir tomondan, respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga energiya sarfini kamaytirishda hali foydalanilmagan zaxiralar ko‘p bo‘lib, ulardan unumli foydalanish imkoniyatlari mavjud. Ikkinchidan, yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarilishiga sarflanadigan energiya miqdori boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Shu ma’noda, yoqilg‘i-energetika resurslarining tejamkorlik bilan sarflanishini ta’minlash, ishlab chiqarishda mahsulot birligiga sarflanadigan shartli yoqilg‘i miqdorini kamaytirish bilan bog‘liq masalalarni keng miqyosda joriy etish taqozo qilinmoqda.
Shundan kelib chiqib, iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha, tegishli huquqiy asoslar yaratilmoqda. Vazirlar Mahkamasining «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori shunday hujjatlar sirasiga kiradi. Gap shundaki, o‘tgan qisqa davr mobaynida mazkur qaror ijrosi doirasida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, loyihaning birinchi bosqichida Jahon banki tizimidagi Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 25 million AQSh dollari miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli krediti jalb qilindi. Natijada, respublikamizdagi «O‘zsanoatqurilishbank», «Asaka» banki va «Hamkorbank» ishtirokida mahalliy sanoat korxonalariga zamonaviy asbob-uskunalar sotib olish va energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish imkoniyati yaratildi.
Masalan, dastlabki bosqichda «O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi tizimidagi korxonalarda 2, «O‘zbekenergo» va «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatlarida 9, «O‘zpaxtasanoat» hamda Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmalarida 6, jami 31 loyiha amaliyotga tatbiq etildi. Pirovardida, ushbu subyektlarda iqtisod qilingan 152,4 million kilovatt/soat elektr energiyasi va 42,6 million kub metr tabiiy gaz tog‘-kon, kimyo, energetika, neft va gaz hamda qayta ishlash kabi tarmoqlarga yo‘naltirildi.
Bunda asosiy e’tibor jismonan va ma’nan eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviylariga almashtirish, ushbu jarayonga texnik va texnologik yechimlarni izchil qo‘llash, mavjud xomashyo bazasidan oqilona foydalanish, yordamchi xo‘jaliklarga muqobil energiya manbalarini tatbiq etish omillariga qaratilgani diqqatga sazovordir.
Shuni alohida qayd etish lozimki, istiqbolli loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi 2013 yilda ikkinchi bosqich ro‘yobi uchun yo‘l ochib berdi. Sababi, buning uchun ajratilgan 100 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ tufayli sanoat korxonalarida yana 43 loyiha amalga oshirilmoqda. 2018 yilga qadar hayotga tatbiq etiladigan ushbu loyihalar hisob-kitoblarga ko‘ra, 547 million kilovatt/soatdan ortiq elektr energiyasi hamda 214 million kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.
Muhimi, respublikamizda yetarli darajada tabiiy gaz, suyuq uglevodorodlar, ko‘mir va boshqa turdagi yoqilg‘i-energetika resurslari zaxiralari mavjud. Shunday ekan, yaqin kelajakda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar yangi bosqichining mazmun va mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha joylarda tegishli targ‘ibot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa o‘rnida aytish kerakki, o‘zining ahamiyatiga ko‘ra, 2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish Dasturida ko‘zda tutilgan mazkur yo‘nalish mamlakatimizda bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga, iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiladi.
XULOSA
Shuni aytishimiz joizki xar bir firma bozor iqtisodiyotida o`z o`rniga ega bo`lishi uchun birinchi navbatda raqobat bardosh xamda xamyonbob sifatli maxsulot ishlab chiqarishni yolga qoyish lozimfirma raxbarining maqsadi faqat katta daromad olish boilibgina qolmay xalq manfatlaarini o`ylashi kerak. Maxsulot tannarxiga ucha katta bolmagan miqdorda narx qoyish kerak. Shunda ishlab chiqargan xar bir maxsuloti xaridorlarga xarid qilishiga qulay bo`ladi.
Korxona ishlab chiqarayotgan maxsulotini talab miqdoriga qarab belgilangan xajimda ishlab chiqarishi maqsadga muxofiq. Firma eng avallo ish faoliyatida tajribali xodimlar bilan ta`minlanishi zarur. Shu bilan bir qatorda olinga daromaddan samarali foydalanish darkor. Xar bir ishlab chiqarayotgan tovar va xom ashyosini reklamasi va uning sifatiga e`tabor qaratish lozim. Shunda korxonaning tovar aylanmasi normal darajadi bo`ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2018.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni //«Xalq so‘zi» gazetasi. 7 yanvar 2012 yil
3. O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy korxonalar to‘g‘risida»gi Qonuni. Qonun va qarorlar. -T.: O‘zbekiston, 2011.
4. «Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. 2001 yil 6 dekabr // Tadbirkorlikka oid qonun hujjatlari to‘plami. 1-tom. - T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2002.
5. «Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrdagi Qonuni.//lex.uz
6. «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 may, O‘RQ-370-sonli Qonuni // «Xalq so‘zi» 2014 yil 7 may, 88 (6018)-soni.
7. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 may, O‘RQ-328-sonli Qonuni // «Xalq so‘zi» 2012 yil 3 may, 86 (5506)-son.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida" 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son Qarori. //lex.uz
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947- sonli Farmoni. // Xalq so‘zi. 8 fevral 2017 yil.
0. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207- son “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida” Qarori.//lex.uz
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5409-sonli Farmoni// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2018 y., 06/18/5409/1059-son
12. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida.. № PF-5308. 22.01.2018. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018 y., 06/18/5447/1269-son.
Internet saytlari
1. www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
2. www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
3. www.mineconomy.uz (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi)
4. www.mehnat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi)
5. www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi)
6. www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi)



Download 65.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling