Sertifikat lotincha «certificatis» so’zidan olingan bo’lib, tasdiqlangan degan ma’noni bildiradi. Birinchidan, u biror faktni tasdiqlovchi hujjat (masalan, malaka oshirilganligi to’g’risidagi hujjat); ikkinchidan, maxsus obligatsiyalar va aksiyalarning nomi; uchinchidan, sug’urta shartnomasida uning shartlari yoziladigan hujjat; to’rtinchidan, maxsus idoralar (savdo palatasi, Davlat inspeksiyasi va boshqalar) beradigan va mahsulot, tovar, buyum, mol sifatini tasdiqlaydigan hujjat; beshinchidan, qishloq xo’jaligida urug’lik navini va sifatini tasdiqlaydigan hujjat. Sertifikat bo’lmagan taqdirda urug’lik (oddiy) navsiz don sifatida qabul qilinadi. - Sertifikat lotincha «certificatis» so’zidan olingan bo’lib, tasdiqlangan degan ma’noni bildiradi. Birinchidan, u biror faktni tasdiqlovchi hujjat (masalan, malaka oshirilganligi to’g’risidagi hujjat); ikkinchidan, maxsus obligatsiyalar va aksiyalarning nomi; uchinchidan, sug’urta shartnomasida uning shartlari yoziladigan hujjat; to’rtinchidan, maxsus idoralar (savdo palatasi, Davlat inspeksiyasi va boshqalar) beradigan va mahsulot, tovar, buyum, mol sifatini tasdiqlaydigan hujjat; beshinchidan, qishloq xo’jaligida urug’lik navini va sifatini tasdiqlaydigan hujjat. Sertifikat bo’lmagan taqdirda urug’lik (oddiy) navsiz don sifatida qabul qilinadi.
- Respublikada sertifikatlash ishlarini yaxshilash maqsadida 1993 yilning 28 dekabrida Oliy Majlis tomonidan «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi qonun qabul qilingan. Mazkur qonun sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek, majburiyatlar va javobgarliklarni belgilab beradi. Ushbu qonun 4 ta bob va 23 moddadan iborat bo’lib, ularda Umumiy qoidalar, sertifikatlashtirish faoliyatiga doir umumiy talablar, mahsulotlarni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish, nizolarni qarab chiqish, sertifikatlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan.
- Muvofiqligini tasdiqlash jarayonida bajariladigan operatsiyalar, ya’ni har bir ayrim ish faoliyatlarini quyidagi chizmada ko’rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |