Sanoat maishiy chiqindilar tahlili


Paxtani dastlabki qayta ishlash


Download 72 Kb.
bet4/5
Sana02.11.2023
Hajmi72 Kb.
#1741357
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sanoat chiqindilar qayta ishlashning asosiy texnologiyalari

4. Paxtani dastlabki qayta ishlash, tashish, quritish, tozalash, jinlash, linterlash, ishlab chiqarishning tolali chiqindilarini qayta ishlashda ishlab chiqarish binolari havosiga va atmosferasiga ko'p miqdorda chang ajralib chiqadi. Chang asosan 3 ta fraksiyadan iborat: iflos zarrachalar – g'o'zaning maydalangan bo'laklar; tolali va mineral zarrachalar (mineral zarrachalar paxtaga tuproq orqali o'tadi); paxtani qayta ishlash vaqtida undan ajralib chiqadigan changning iflos va tolali zarrachalaridir.
Atmosferaga chiqariladigan barcha ishlangan havo texnologik va aspirasion turga bo'linadi: birinchisi – texnologik mashina-uskunalardan, ikkinchisi – changlantirish sistemalaridan chiqadi.
Paxta, tola, lint va ishlab chiqarish chiqindilari havo transporti – paxta tozalash zavodidagi ishlangan havoni chiqarish bo'yicha asosiy uchastka hisoblanadi.
Quritish-tozalash, jinlash, linterlash va tolali chiqindilarni qayta ishlash sexida anchagina miqdorda chang bo'ladi. Paxta tozalash korxonasida texnologik davomida ajralib chiqadigan chang tarkibi o'zgarib boradi. Paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonining boshlanishida havo tarkibida ko'p miqdorda mineral fraksiyalar bo'lgan chang ajralib chiqadi. Paxtani keyingi ishlov berishlarda – tola va lint olishda ajralib chiqadigan changda organik moddalar ko'proq bo'ladi: bular chigit qobig'i, barg bo'laklari va g'o'zaning boshqa qismlari, shuningdek tolali bo'lakchalardir.
Sanoat qattiq chiqindilarini ajratib olish va qayta ishlash

Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlangan davrida tabiat va jamiyatning o’zaro ta’siri bilan bog’liq bo’lgan muammolar, asosiy va murakkab muammolar bo’lib bormoqda. Shulardan biri geografik muhitning qattiq sanoat chiqindi moddalari bilan ifloslanishi va uni oldini olish muammosidir.


Ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat korxonalarida texnikani, ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirishda, ijtimoiy mehnat mahsuldorligining o’sishiga va ish sharoitlarining yaxshilanishiga olib keluvchi mehnatni va boshqarishni tashkil etishda namoyon bo’ladi. Texnologik jarayonlar o’zgaruvchan bo’lib, texnika taraqqiy etgan sari to’xtovsiz ravishda ratsionallashtirib boriladi. Chiqindilarni o’z vaqtida yig’ishtirib olib, zararsizlantirilsa, qayta ishlansa, aholiga maqbul sharoit yaratilib, ekologik xavfsizlik ta’minlangan bo’lar edi. Shahar yoki hudud miqyosida chiqindilarni yig’ib olish tizimini takomillashtirilish tegishli xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirishga bog’liq. Zamonaviy va samarali boshqariladigan chiqindilarni yig’ib olish tizimi fuqarolar orasida kasallanishning oldini olish bilan birga ularning yashash va mehnat qilish sharoitlarini yaxshilaydi.
Hozirgi vaqtda, respublikada chiqindilarni boshqarishning asosiy usuli ularni o’z vaqtida yig’ib olish, maxsus chiqindi xonaga tashib ketish va belgilangan maydonda joylashtirishdan iborat.
Chiqindilar hosil bo’lgan joyga, morfologik tarkibiga ko’ra uch turga bo’linadi:

  • maishiy chiqindilar yoki uy-joy fondida hosil bo’lgan chiqindilar;

  • sanoat chiqindilari yoki ishlab chiqarishda hosil bo’lgan chiqindilar;

  • qishloq xo’jaligi chiqindilari, yani qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishda hosil bo’ladigan chiqindilar;

Shu bilan birga aholi va atrof tabiatga ta’siri bo’yicha chiqindilar toksik (xavfliligi) jihatidan klassifikatsiyalanadi.
Ma’lumki, chiqindilar muammosini hal qilishga sarflanadigan umumiy xarajatlarning yarmidan ko’pi, odatda, ularni yig’ib olish va tashib ketish xarajatlarini tashkil qiladi. Ammo chiqindilarni yig’ib olish ishlarining samarali va rejali tashkil qilishini atrof-muhit toza saqlanishi bilan birga va iqtisodiy foydaga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi” va “Chiqindilar to’g’risidagi” qonunlarga muvofiq chiqindilarni boshqarishni davlat tomonidan muvofiqlashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kegashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda maxsus davlat vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
So’nggi yillarda respublikada vujudga kelgan ekologik vaziyatning tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, chiqindilar atrof tabiatning xavfli ifloslanishiga va aholi salomatligiga jiddiy xavf tug’dirmoqda.
2004-yilda “O’zgidromet” tomonidan maishiy chiqindixonalarda hosil bo’layotgan gazlar o’rganib chiqildi va hisob-kitoblarga ko’ra Respublikadagi chiqindixonalarda hajmi 274 ming tonna metan gazi hosil bo’lishi aniqlandi. Metan gazi atmosferaga ta’siri koeffitsiyenti 21 ga teng bo’lsa, uning zararli ta’sirini tasavvur qilish qiyin emas.
O’zbekiston Respublikasida 2001-yilgacha shahar va tuman markazlarida davlat miqyosda muvofiqlashtiriladigan chiqindilarni boshqarish tizimi sobiq kamunal xizmat ko’rsatish vazirligi tasarrufidagi maxsus avtokorxonalardan iborat bo’lgan.
Mazkur vazirlik respublika bo’yicha yagona texnikaviy siyosatni shakllantirib korxonalarning faoliyatini muvofiqlashtirib borgan. Vazirlik tugatilib, korxonalar bevosita mahalliy hokimliklarga bo’ysundirildi. Shu bilan birga, soha faoliyati bo’yicha monitoringni olib borish “O’zkommunxizmat” agentlikning vakolatlaridan chiqindilar muammosi olib tashlanganiga qaramay monitoring ishlari davom ettirilmoqda.
2008-yilning 1 yanvar holatiga respublikada chiqindilarni boshqarish maxsus avtokorxonalarda jami 2228 ta mashina va mexanizmlar mavjud bo’lgan (2001-yilda ularning soni 3472 ta edi). Shundan chiqindilarni yig’ib tashish foydalanadigan kuzov hajmi 7 m3 lik mashina bo’lgan. Hisob-kitoblarga ko’ra, kuzov hajmi 7 m3 lik 1065 ta mashinalarga bo’lgan ehtiyoj 2245 tani, 10 m3 hajmlik mashinalarga ehtiyoj 1684 tani tashkil qiladi. Dastlabki baho ko’rsatmoqdaki, shaharlardagi korxonalar ehtiyoyojiga ko’ra 47-63% maxsus mashinalar mavjud.
Maxsus mashinalar oxirgi marta markazlashgan holda 1994 yilda Rossiyadan keltirilgan, ularning foydalanish muddati 5,5 yil bo’lgani uchun foydalanish muddatini o’tab bo’lgan. So’ngi yillarda “Samavto” korxonasidagi chiqindi tashish mashinalar ishlab chiqarila boshlandi va Navoiy, Samarqand, Nukus, Namangan shaharlari korxonalariga yetkazib berildi.
Olib borilgan monitoringlar shuni ko’rsatmoqdaki, 1997-2004 yillarda hosil bo’lgan maishiy chiqindilarni yig’ib tashish hajmi kamayib borgan. Bunga yuqorida qayd etilgan mashinalarning etishmasligi sababdir. Hosil bo’lgan maishiy chiqindilar to’liq hajmda tashib ketilmasa, demak, shahar va tuman markazlarida qolgan. Buning oldini olish uchun mahalliy hokimliklar mavjud avtokorxonalar transportini jalb qilib chiqindilar tashib ketini ta’minlamoqdalar.
Monitoring natijalariga ko’ra, respublika shahar va tuman markazlarida yiliga 10-13 mln m3 maishiy chiqindilar to’planadi, hisob-kitoblarga ko’ra, 1996-yilda 9510 ming m3, 2004-yilda 3489 ming m3, 2007-yilda 7974 ming m3 maishiy chiqindilar tashib ketilgan.
Hozirgi kunda respublikada amalda bo’lgan chiqindixonalarni loyihalashtirish va ulardan foydalanish bo’yicha tasdiqlangan me’yoriy hujjatga asosan shahar va tuman markazlari uchun tashkil qilingan maishiy chiqindixonalar loyihaviy foydalanish muddati kamida 15 yilga mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Chiqindixonada mo’ljallangan mashina va mexanizmlarning turiga ko’ra, aholidan hosil bo’ladigan chiqindilar miqdori me’yori va chiqindixonaning loyihaviy xizmat muddati, aholi soni, chiqindilarni jipslashtirish darajasiga ko’ra chiqindixonaning umumiy maydoni aniqlanadi. Loyihaviy quvvati yillik qabul qilinadigan maishiy chiqindilar hajmi bilan belgilanadi (30, 60, 120, 180, 240 ... 3000 m3/yil).
Chiqindixonaning asosi inshooti chiqindilarni qabul qilish va joylashtirish uchastkasi yillik hajmidan kelib chiqib umumiy maydonining 85-95% ini tashkil qilishi lozim.
Chiqindixona maydoni keltirilgan chiqindilarni joylashtirish navbatlariga (kartalariga) ajratib har bir karta balandligi 2-2,5 metrdan 2-3 qavat joylashtiriladi.
Ishlab chiqarish xo’jalik inshoot va binolar chiqindixonaning chiqindilarini qabul qilish quvvatiga ko’ra 0,3-1 gektar miqdorida bo’ladi.
So’ngi ma’lumotlarga ko’ra respublikada 182 ta tuman markazi va shaharda maishiy chiqindixonalar mavjud, shundan 142 tasi davlat, 40 tasi nodavlat korxonalar tasarrufida. Davlat tasarrufidagi korxonalar foydalanishida chiqindilarning umumiy maydoni 919,2 gektarni, xususiylashtirilgan korxonalar va yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar foydalanishida 245,1 gektarni tashkil qiladi. Shundan tegishlicha jami 629,2 va 151,8 gektar maydon foydalanishda, ya’ni chiqindilar joylashtiriladi.
Chiqindilarning loyihaviy quvvati 34,5 mln m3, shundan davlat tasarrufidagi korxonalar chiqindixonalarning quvvati 27,4 mln m3, xususiy korxonalar tasarrufidagi chiqindixonalarning quvvati 6,8 mln m3. Mavjud chiqindilarning umumiy perimetri taxminan 101,1 km bo’lsa, ma’lumotga ko’ra 7,5 km devor bilan o’ralgan. 38 ta chiqindixonada chiqindi tashish mashinalari keltirilgan chiqindilarni qabul qilish va joylashtirish bo’yicha nazorat punkti, atigi 17 ta chiqindixonada tarozi mavjud.
2006-yilda chiqindixonalarda jami 6684,6 ming m3, 2007-yilda 7973,8 ming m3 maishiy chiqindi keltirilib joylashtirilgan. Jami 1996-yildan 2007-yilgacha chiqindixonalarda 69176 ming m3 chiqindilar to’plangan. Respublikada tasdiqlangan me’yorda bir kishidan 0,9-1,5 m3, o’rtacha 1,2 m3 hosil bo’lishi qabul qilingan va bir yilda jami 12 mln m3 maishiy chiqindi hosil bo’lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko’ra joylarda hosil bo’lgan maishiy chiqindilarni yig’ib, tashish tegishli hisob-kitob va hisobot yo’lga qo’yilmagan.
Maishiy chiqindixonalarda ishlarni sifatli va o’z vaqtida tashkil qilish uchun tegishli mashina va mexanizmlar mavjudligi ahamiyatga ega. Demak, 182 ta chiqindixonada me’yorlarga ko’ra ishlarni tashkil qilish uchun jami 546 ta turli quvvatga ega buldozer, 182 ta shibbalash mashinasi zarur.
Agar chiqindilarni ustidan 15-20 sm qalinlikda toza tuproq solish uchun chiqindixona hududida tuproq olish joyi bo’lmasa, tuproqni tashib olib kelish uchun tegishli ekskavator va ag’darma yuk mashinasi ham kerak bo’ladi.
182 ta chiqindixonadan 17 tasida tarozi mavjud bo’lganligi uchun 165 ta chiqindixonaga tarozi o’rnatish, 38 tasida nazorat punkti bo’lgani uchun 144 tasida nazorat punkti qurish kerak. Chiqindixonalarga begonalar kirishi chek qo’yish uchun 93,6 km perimetrda devor ko’tarish lozim.
Rossiyaning Novokuznestk shahrida umumiy maydoni 59 gektarlik yangi chiqindixona qurulishi uchun 250-300 mln.rubl ajratildi, bir gektarining qurulishi o’rtacha 188 ming AQSh dollarni tashkil qiladi. Permda esa umumiy maydoni 10,5 gektarlik chiqindixonaning qurilishiga 113,97 mln rubl ajratilgan, bir gektarga o’rtacha 402 ming AQSh dollar sarflanadi.
Chiqindixonada 30 kishi ishchi xizmatchilarning ishlashi mo’ljallangan.
AQSh da bir gektar chiqindixonaning qurulishiga o’rtacha 4 mln. dollar sarflanadi.
Respublikadagi hosil bo’lgan ahvolni yaxshilash uchun birinchi navbatda sanitariya tozalash korxonalarida va chiqindixonalarida hisob-kitob va hisobotni yo’lga qo’yish sanitariya tozalash korxonalarini zarur maishiy chiqindi tashish maxsus mashinalar bilan, chiqindixonalarni tegishli texnika bilan ta’minlash, xodimlar malakasini oshirish, shu sohaga oid me’yoriy huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish zarur.
Yirik shaharlarda maishiy va sanoat chiqindilarni qayta ishlashni rivojlantirish chiqindixonaga tashib keltiriladigan chiqindilar kamayishiga olib keladi.
Qayt etilgan ishlarni amalga oshirish uchun chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish dasturi loyihasi ishlab chiqilib, tasdiqlanishi chet el investistiyalari jalb qilinishi lozim.
qayta ishlansa, katta boylik
BUGUNGI KUNDA DUNYo MIQYoSIDA ChIQIN­DILAR MUAMMOSI ENG DOLZARB EKOLOGIK MASALALARDAN BIRIGA AYLANIB BORMOQ­DA. TAHLILLAR KO‘RSATMOQDAKI, SO‘NGGI YILLARDA MAIShIY VA SANOAT ChIQINDI­LARI YILDAN YILGA KO‘PAYIB BORAYaPTI. AYNIQSA, XX ASRNING IKKINChI YaRMIDAN BOShLAB MAIShIY ChIQINDILAR HAJMINING O‘SIShI EKOLOGIK BARQARORLIKKA JUDA KATTA SALBIY TA’SIR KO‘RSATA BOShLADI.
Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga har yili 1 foizga oshmoqda. Hozirgi kunda chiqindilarning 800 dan ortiq turi qayd etilgan bo‘lib, ular sonining kelgusida yanada ortishi bashorat qilinmoqda. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi ob’ekt­lari chiqindi hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hi­soblanadi.
Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yil­larda respublikamizda yiliga 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindisi (uning 14 foizi toksik chiqindilar toifasiga mansub), 35 mil­lion tonnaga yaqin maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. Chiqindixonalar va chiqindi saqlash omborxonalarida 2 milliard tonnaga yaqin sanoat, qurilish va maishiy chiqindi saqlanayotgani ham­da ular 12 ming gektar may­donni egallab turganini inobatga olsak, chiqindilarning salbiy ta’sirini tasavvur etish qiyin emas.
Aytish joizki, atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ham­da ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bog‘liqdir. Ko‘p asrlar davomida chiqindilarni noto‘g‘ri bosh­qarish tabiiy resurslarning o‘zgarishiga, tabiatning kutilmagan o‘zgarishlariga sabab bo‘lmoqda.

Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling