Sanoat-moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘i


Download 238.06 Kb.
bet4/13
Sana12.11.2023
Hajmi238.06 Kb.
#1768935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sanoat-moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘i

O`zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 13 foizi sanoat ishlab chiqarishi hissasiga to`g`ri keladi. Shuni ta`kidlash kerakki, respublika sanoatining jadal sur`atlar bilan ta`minlanishi yanada yaxshilanib borishi natijasida mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg`ul bo`lishi, ya`ni bandlik darajasi anchagina yuksaladi. Jamiyatning yetakchi, bunyodkor, qudratli kuchi bo`lgan kadrlar (xodimlar)ning asosiy qismi sanoatda xizmat qiladi. Bu tarmoqning yanada ulkan rivoji sanoat kadrlari sonining oshishiga va ularning jamiyatdagi mavqeini ko`tarishga olib keladi.

O`zbekiston Respublikasi sanoatining taraqqiyoti yuqori malakali ishchi kadrlar, muxandis va texnik xodimlarni yaratdi. Hozirgi paytda O`zbekiston sanoatida 1,8 millionga yaqin xodim ishlamoqda. Ulardan 482 ming kishi oliy ma`lumotli mutaxassis, 700 mingdan ortig`i o`rta va o`rta maxsus ma`lumotli xodimlardir.

Taraqqiyot qonunlaridan biri sanoat xodimlarining madaniy – texnik saviyasi o`sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasini tinmay oshib borishidir.

Taraqqiyot qonunlaridan biri sanoat xodimlarining madaniy – texnik saviyasi o`sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasini tinmay oshib borishidir.

Oliy Majlisning qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari eng avvalo, sanoat sohasida amalga oshirilmoqda va sezilarli samara bermoqda.

Sanoat tabiatda uchraydigan moddiy boyliklarni qazib chiqarish va tayyorlashni, ularni va qishloq xo`jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni o`z ichiga qamrab oladi. Sanoat barcha xalq xo`jaligi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish kuchlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan jamiyatning tabiat ustidan hukmronligini birmuncha orttiradigan, texnika taraqqiyotini belgilaydigan, inson mehnatining unumdorligini oshirishga imkon beradigan, mehnat va ishlab chiqarish qurollarini yaratadigan sohadir.

Hozirgi zamon yirik sanoati bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lgan ko`pgina tarmoqlar va ishlab chiqarishlardan tashkil topadi. Bugungi kunda respublika sanoatida 175 tarmoq, 1500 ga yaqin yirik va o`rta sanoat korxonalari mavjud.


Download 238.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling