Hozirgi zamon yirik sanoati bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lgan ko`pgina tarmoqlar va ishlab chiqarishlardan tashkil topadi. Bugungi kunda respublika sanoatida 175 tarmoq, 1500 ga yaqin yirik va o`rta sanoat korxonalari mavjud. O`zbekiston ko`rsatkichlari ijobiy bo`lishining eng muhim sabablari – bu mavjud sanoat tarmoqlarining kerakli hajmda saqlab qolib, yangi tarmoqlarni yaratish strategiyasi bo`ldi. Mustaqillikning birinchi yillaridanoq O`zbekiston hukumati uchun real sektorni rivojlantirish ustuvor yo`nalishlardan biri bo`lib hisoblanadi. Shu bilan birga, yengil sanoatlarining rivoji ham qayd etildi. Struktura siyosati haqida mulohaza yuritishdan oldin, strukturaning o`zi nima ekanligini bilib olishimiz zarur. Struktura siyosati haqida mulohaza yuritishdan oldin, strukturaning o`zi nima ekanligini bilib olishimiz zarur. Struktura lotincha, «structura» so`zidan olingan bo`lib, narsalar tarkibiy qismlarining o`zaro bog`liq ravishda joylashish, tuzilishini bildiradi. Struktura siyosatining mohiyati sohalarning tuzilmaviy jihatlarini belgilab berish, yo`lga solib turishdan iboratdir. Mustaqillikning o`tgan 27 yilligida va 2017-2021 yillarga mo`ljallangan iqtisodiy siyosatning yo`nalishi va xususiyatlari doirasida belgilangan milliy iqtisod strukturasida progressiv o`zgarishlarni amalga oshirish, tarmoqlararo va tarmoq ichki proportsiyalarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyotini belgilovchi tarmoqlarni ustuvor rivojlantirishni davom ettirish vazifasi muhim ahamiyatga molikdir. Davlat strategiyasiga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish va jumladan, sanoat strukturasini rejali tarzda takomillashtirish ko`z ilg`aydigan istiqbolda: Davlat strategiyasiga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish va jumladan, sanoat strukturasini rejali tarzda takomillashtirish ko`z ilg`aydigan istiqbolda: - xalq xo`jaligi va uning yetakchi tarmog`i bo`lgan sanoatni balanslashtirilgan tarzda va izchil rivojlantirish;
- iqtisodiyotni, xususan, sanoatni asosan intensiv rivojlantirish yo`liga o`tkazish, uning samaradorligini oshirish, moddiy mehnat va moliyaviy resurslarni iste`mol qilishni ratsionallashtirishni, ularni har tomonlama tejash;
- iqtisodiyotning, jumladan, sanoatning ijtimoiy yo`nalishini yanada kuchaytirish, milliy iqtisodning aholi faravonligini oshirish bilan bog`liq bo`lgan xilma xil vazifalar tomon yanada chuqurroq burilishini ta`minlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |