Sanoat pechlari va o‘txonalari Reja: Sanoat pechlari. Sanoat pechlari haqida umumiy ma’lumot


-rasm. Qatlamli o‘txonalar sxemasi


Download 159.5 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1624670
1   2   3   4
Bog'liq
Sanoat pechlari va o’txonal

3-rasm. Qatlamli o‘txonalar sxemasi
a-gorizontal panjarali o‘txona; b-tashlagichli o‘txona; v-zanjirli o‘txona; g-zanjirli teskari yo‘lli va tashlagichli o‘txona; d-tebranib turadigan cho‘g‘donli o‘txona; ye-qiya cho‘g‘donli o‘txona; j-jadal yonadigan o‘txona (V.V.Pomerantsov sxemasi); 1-bunker; 2-zanjirli cho‘g‘don; 3-shlak bunkeri;

Yoqilg‘i uchun zarur havo cho‘g‘don ostidan kiritiladi. Cho‘g‘donni boshlanish qismida yoqilg‘i qizdiriladi. Qizigan yoqilg‘i ozgina ortiqcha havo bilan yonadi. Cho‘g‘donni oxirida kuygan shlak shlak bunkeri 3 ga to‘kiladi.


Teskari yo‘lli zanjir - panjarali o‘txonalarda (3 – rasm, g) toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mirlarni yoqish mumkin. Yoqilg‘ini aralashtirish va kul hamda shlakni qisman yo‘qotib turish uchun o‘txonaga (3 – rasm, d) tebranib turadigan cho‘g‘donlar o‘rnatiladi. Bu cho‘g‘donlar vaqti – vaqti bilan tebranib, shlakning oralarini bo‘shatib uni kulxonaga tushiradi. Cho‘g‘don tebranganda yoqilg‘i aralashib yonish yaxshilanadi. Qiya cho‘g‘donli o‘txonalar (3 – rasm, ye) bug‘ unumdorligi 2,5 – 20 m/soat bo‘lgan qozonlarda yog‘och chiqindilarini yoqish uchun mo‘ljallangan. Jadal yonadigan o‘txonalar bug‘ unumdorligi 6,5 t/soat gacha bo‘lgan qozonlarda torflarni yoqish uchun qo‘llaniladi. Qatlamli o‘txonalarning asosiy kamchiligi yonish yuzasi kichikligi tufayli uning quvvatini cheklanganidadir. Kamerali o‘txonalar (mash’alali) changsimon, suyuq va gaz holidagi yoqilg‘ini yoqishga mo‘ljallangan. Qattiq yoqilg‘i maxsus tegirmonlarda kukun holiga keltirilib, havo oqimi bilan birgalikda o‘txonaga uzatiladi. Kamerada yoqilg‘i muallaq holatda yonadi (4-rasm). Kamerada yoqilg‘i bilan birga kiradigan havo birlamchi havo deyiladi.



4 – rasm. Kamerali (mash’alali) o‘txonalar sxemasi.

a – qattiq shlakli changsimon yoqilg‘i yoqish uchun bir kamerali o‘txona; b – suyuq shlakli changsimon yoqilg‘i yoqish uchun bir kamerali o‘txona; v – suyuq va gaz yoqilg‘isi yoqish uchun o‘txona; g – changsimon yoqilg‘i yoqish uchun ikki kamerali o‘txona;


Foydalaniladigan adabiyoti
1. Zoxidov R.A., Avеzov R.R., Vardiyashvili A.B., Alimova M.M. «Issiqlik tеxnikasining nazariy asoslari» o‘q. qo‘l., 1 qism, TDTU, 2005
2. Цветков Ф.Ф., Б.А.Григорев «Тепломассообмен», МЭИ, 2001
3. Zoxidov R.A., Alimova M.M., Mavjudova SX.S. Tеxnik tеrmodinamika va issiqlik uzatilishi fanidan masalalar to‘plami, TDTU, Toshkеnt, 2006
4. Кудинов В.А., Э.М.Карташов. Техническая термодинамика. -М.: Высшая школа. 2005
Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling