Sanoat statistikasi Boshqarmasi Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi


Download 15.29 Kb.

Sana11.11.2017
Hajmi15.29 Kb.

Sanoat statistikasi Boshqarmasi 

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

 

iqtisodiyotdagi  sanoat  ishlab  chiqarish  hajmlarining  statistik  hisobini  yuritishda  qiyosiy 



va  taqqoslama  tahliliy  ma`lumotlarni  o`z  muddatlarida  sifatli  tayyorlanishini  ta`minlash  hamda 

statistik  ma`lumotlarni  hisobga  olish  uslubiyotlarini  halqaro  standart  va  qoidalar  talablaridan 

kelib chiqib amaliyotga tatbiq etib borish, sanoat statistiskasi sohasida ilmiy asoslangan statistik 

metodologiyani va Davlat statistika kuzatuvlari tizimini rejalashtirish, rivojlantirish va joriy etish 

bo`yicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;

 

 



Respublika  sanoatida  iqtisodiy  jarayonlarni  o`rganish,  umumlashtirish  va  tahlil  qilish, 

sanoat  statistikasi  bo`yicha  ma`lumotlarni  yig`ish,  qayta  ishlash,  saqlash  tizimini 

takomillashtirish;

 

 



sanoat  statistikasi  bo`yicha  statistik  ko`rsatkichlarning  ishonchliligini,  xolisligini  

va  kompleksliligini  ta`minlash,  sanoat  statistikasiga  oid  Davlat  statistika  ishlari  dasturining 

bajarilishini ta`minlash; 

 

 



sanoat statistikasi sohasida xalqaro standartlarni joriy etish va takomillashtirish; 

 

 



sanoat  statistikasi,  ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish,  buyurtmalar  portfelini 

shakllantirish, yoqilg`i-energetika resurslarining ishlab chiqarilishi va iste`moli bo`yicha statistik 

instrumentariyni  (kuzatuv  shakllari  va  yig`ma  analitik  jadvallar  maketlari,  ko`rsatkichlarni 

hisoblash  uslubiyotlari,  ma`lumotlarni  qayta  ishlash  bo`yicha  vazifalarni  tashkil  etish) 

shakllantirish; 

 

 



Davlat  statistika  qo`mitasi  boshqarmalari,  bo`limlari  hamda  hududiy  statistika 

organlarining  sanoat  statistikasi  sohasida  axborotlarni  shakllantirish  bo`yicha  ishlarini  tashkil 

etish va muvofiqlashtirish.

 

Boshqarma  o`ziga  yuklangan  vazifalarni  bajarish  uchun  quyidagi  funktsiyalarni 



amalga oshiradi: 

 Boshqarma,  Sanoat  statistikasi  axborotlarini  tayyorlash  bo`limi  va  hududiy  statistika 

organlarining 

sanoat 


statistikasi 

masalalari 

bo`yicha, 

o`zlariga 

yuklatilgan 

vazifa  


va 

funktsiyalarini 

samarali 

amalga 


oshirish 

bo`yicha 

faoliyatini 

tashkil 


etadi  

va muvofiqlashtiradi; 

 sanoat statistikasi sohasi bo`yicha statistik uslubiyotni ishlab chiqish va uni joriy etishni, 

xalqaro normalar va talablarga javob beradigan uslubiyotni statistik ma`lumotlarni shakllantirish 

jarayoniga joriy etishni amalga oshiradi; 

 sanoat  statistikasi  bo`yicha  Davlat  statistika  hisobotlari  tizimini  takomillashtirish 

bo`yicha  takliflar  tayyorlaydi,  hisobotlarni  tuzish  tartibi  bo`yicha  yo`riqnoma  va  qo`llanmalar 

ishlab chiqadi; 



 asosiy  indikatorlarni  hisob-kitobi  va  baholashni  o`tkazish,  statistik  ma`ruzalar  

va to`plamlarni tayyorlash, statistika  masalalari  va  boshqa  masalalar  bo`yicha  yozishmalar olib 

boradi; 

 sanoat  statistikasi  sohasi  uslubiyoti,  statistik  ishlarni  tashkil  etish  va  ularni  bajarish 

masalalari  bo`yicha  Davlat  statistika  qo`mitasi  bo`limlariga,  davlat  statistikasining  hududiy 

bo`linmalariga  yordam  ko`rsatadi;  -  ma`ruzalar  va  statistik  to`plamlar  uchun  sanoat  statistikasi 

bo`yicha ma`lumotlar tayyorlaydi; 

 Davlat  statistika  ishlari  dasturiga  muvofiq,  Qo`mita  rahbariyati  topshirig`iga  asosan, 

hamda  foydalanuvchilarning  so`rovlari  asosida  sanoat  statistikasi  bo`yicha  ma`lumotlar 

tayyorlaydi; 

 Boshqarmaning  uslubiy,  iqtisodiy,  tashkiliy  va  statistika  ishlari  rejalarini  shakllantiradi  

va belgilangan muddatlarda ularning ijrosini ta`minlaydi; 

 Sanoat  statistikasi  axborotlarini  tayyorlash  bo`limi  faoliyatiga  uslubiy  va  tashkiliy 

rahbarlikni amalga oshiradi;  

 statistikani  takomillashtirish  bo`yicha  xalqaro  tashkilotlar  bilan  hamkorlikda  tashkil 

etiladigan loyihalarda ishtirok etadi;  

 Boshqarma  vakolatiga  kiradigan  masalalar  bo`yicha  tizimlashtirilgan  elektron 

ma`lumotlar  bazasining  yaratilishi  va  yuritilishini,  uning  muntazam  ravishda  to`ldirilib  

va yangilanib borilishini ta`minlaydi. 

 

 




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling