Sanoat tar


Download 79.92 Kb.
bet1/2
Sana13.04.2023
Hajmi79.92 Kb.
#1355356
  1   2
Bog'liq
10-Mavzu.Soha iqtisodiyoti va iqtisodiyoti


Sanoat tarmoqlari korxonalari mehnat unumdorligi.

Reja:
1. Sanoat tarmoqlari korxonalarida mehnat unumdorligi.
2. Mehnat unumdorligini aniqlash usullari.

Aholi turmush darajasini oshirishni iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, jumladan sanoat korxonalarining samaradorligi oshirish bilan bog‘lab o‘rganishda mehnat unumdorligi va ish haki to‘lash o‘rtasidagi mutanosiblikka e’tibor qaratish muxim ahamiyat kasb etadi. Mehnat unumdorligi - korxonadagi ishlovchilar mexnatining samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich, ish haki esa aholi daromadlarining asosi, aholi turmush darajasini belgilab beruvchi omil hisoblanadi.
Sanoat korxonalaridagi mehnat unumdorligi va ish haqi o‘rtasidagi bog‘iqlik to‘g‘risidagi nazariyalar turli ilmiy maktablar nomoyondalari tomonidan o‘rganilgan. Bu to‘g‘risida iqtisodchi olimlar ta’kidlashlaricha "... har kim o‘z mehnatiga yarasha rag‘batlantirilishi zarur”
Ish haqi to‘lashning mehnat unumdorligi bilan bog‘iqligini asoslash maqsadida turli qo‘shimcha to‘lovlar, ustama, mukofot va boshqa to‘lovlar to‘lashni joriy qilish to‘g‘risida ko‘plab fikrlar bildirilgan. Ish haqi to‘lashning mehnat unumdorligiga asoslanishini ko‘rsatib berish maqsadida ish haqini doimiy va o‘zgaruvchan qismlarga ajratib, ular o‘rtasidagi nisbatni ifodalovchi model ishlab chiqilgan. Bu modelga ko‘ra ish haqining doimiy qismi mexnatning ma’lum natijasi uchun belgilangan bo‘lib, qo‘shimcha ish haqi mehnat unumdorligini oshirganlik uchun to‘lanadi.
Mehnat unumdorligi va ish haqi o‘rtasidagi bog‘liqlik iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga ham ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Bir tomondan mehnat unumdorligini oshirmay turib ish haqini kupaytirib bo‘lmaydi, boshqa tomondan ish haqi miqdori mehnat unumdorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu birinchi navbatda ishchilar ishdan keyin faqat o‘zlarini qayta tiklab samarali mehnat qila olishiga asoslanadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlardagi yirik sanoat korxonalarida unumdorlik me’yorlariga asoslanib ish haqini hisoblash ba’zi tarmoqlar uchun samarali bo‘lishi mumkinligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Yirik korxonalar bir nechta bo‘limlardan iborat bo‘lib, har bir bo‘limda mahsulotga yangi qo‘shimcha qiymat qo‘shiladi. Har bir bo‘limning umumiy natijaga qo‘shgan ulushiga mos keluvchi mehnat xarajatlari miqdorini belgilash va uning mehnat unumdorligi me’yorlariga mos kelishi lozimligi ko‘rstib berilgan.
Mehnat unumdorligi me’yorlari har bir bo‘limning ish sharoitlarini tahlil qilish asosida belgilanishi lozim. Ish haqini hisoblashda mehnat unumdorligi me’yorlarini belgilash korxonadagi ish haqi xarajatlarini tartibga soladi. Bunda korxona umumiy mahsulotiga qiymat qo‘shuvchi har bir bo‘limdagi ishlovchilariga turli xil ish haqi to‘lanadi. Bunday holatda mehnat unumdorligi ko‘rsatkichining o‘rniga ish haqining qo‘shilgan qiymatdagi ulushi ko‘rsatkichini qo‘llash lozim.
Sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligi asosida aholi turmush darajasini oshirishda mehnat unumdorligining o‘sib borish qonuni muhim omil hisoblanadi. Mehnat unumdorligining oshishi ma’lum vaqt mobaynida ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirishni vauningxarajatlarini kamaytirishni ta’minlaydi. Sanoat korxonalarida mehnat unumdorligi oshishi mehnatning cheklangan mahsuldorligi kamayib borish qonuniga bog‘ik holda ruy beradi. Sanoat tarmoqlarida turli mulkchilik shaklidagi korxonalarni tashkil etishda, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishda mehnatning cheklangan mahsuldorligi kamayib borish qonuni albatta inobatga olinishi lozim.
Sanoat korxonalaridagi unumdorlik va ish haki o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagicha ifodalanadi. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotning qiymat ko‘rinishi yoki narx - mahsulot tannarxi va foydaning yig‘indisidan iborat. Mahsulot tannarxi tarkibiga xom ashyo va material xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, ish haqi va boshqa xarajatlar kiradi. Foyda ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi, zaxira fondi, moddiy rag‘batlantirish fondi va dvidendlarga taksimlanadi. Bular aholi daromadlarini tashkil etadi.
Samarali faoliyat yuritadigan iqtisodiyotda ish haqi o‘sishi mehnat unumdorligi o‘sishiga mos bo‘lishi kerak. Oxirgi 100 yilda rivojlangan davlatlarda unumdorlikning o‘sishi o‘rtacha 2,25 foizni, unga mos ravishda daromadlarning o‘sishi taxminan 2 foizni tashkil etgan. Unumdorlik mahsulot uchun resurslar xarajati normasi kamayishini ham ifodalaydi. Resurslar xarajati normasi kamayishi bilan unumdorlik oshadi. Agar yangi texnologiyalar qo‘llanilsa va mehnat, energiya, material xarajatlari normasi o‘zgarmasa bu texnik va tashkiliy o‘zgarishdan samara olinmaydi. Unumdorlik o‘sishi doim resurslar xarajati normasi kamayishiga mos kelishi kerak. Mehnat normalari uchun bu holat shuni bildiradiki, oqilona tashkil etilgan ishlab chiqarishda normalarni bajarish koeffitsienti o‘sib bormasligi kerak. Bu koeffitsient doim barqaror bo‘lishi lozim. Samarali ishlaydigan korxonalarda ish haqining o‘sishi unumdorlik o‘sishiga va resurslar xarajati normasi kamayishiga mos kelishi kerak. Unumdorlik o‘sishi ishlab chiqarish normalari va resurs xarajatlari kamayishi natijasida ruy beradi. Resurslar xarajati kamayishini keltirib chiqaruvchi asosiy omil texnik taraqiyot hisoblanadi, u korxonada doimiy yangi mahsulotlarini o‘zlashtirish, mahsulotlar sifatini oshirish, ishlab chiqarish texnologiyalarinitakomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish, ularning faolligini rag‘batlantirish orqali ta’minlanadi.
O‘zbekistonda ishhaqito‘lash bo‘yichaoqilona siyosat olib borilmoqda. Ish haqi to‘lashga doir qarorlarni qabul qilishda aholini ijtimoiy himoyalash masalasiga jiddiy e’tibor qaratilyapti. Inflyatsiya darajasidan kelib chiqib vaqt-vaqti bilan eng kam ish haqining miqdori oshirib borilmoqda. Lekin shunday bo‘lsada, sanoat korxonalarida ish haqi to‘lashda mehnat unumdorligi asosiy mezon bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz.
Sanoat korxonalarida ish haqi to‘lash va mehnat unumdorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlash bo‘yicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni taklif etamiz:
- korxonalarda mehnat unumdorligi va ish haqi to‘lash o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisoblab borishni yo‘lga qo‘yish va bu orqalimehnatunumdorligi vaishhaqio‘rtasidagibarqarorbog‘liqlikta’minlanishi kerak;
- davlat statistika organlari tomonidan unumdorlik va ish haqi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi hisobot shakli ishlab chiqilishi va korxonalar bu hisobot shaklini topshirib borishi lozim;
- sanoat korxonalarida unumdorlikni oshirganlik uchun ish haqini oshirib borish tizimini amalga oshirilishi mamlakatimizda sanoat korxonalari samaradorligi oshishiga va ishchilarning ish haqi asosli ravishda to‘lanishiga olib keladi hamda sanoat korxonalarining iktisodiy samaradorligi asosida aholi turmush darajasi oshib boradi.
Mehnatga haq to‘lash xodimlarning bajargan ishi miqdori va sifatiga muvofiq holda ularning shaxsiy moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun rejali tartibda davlat tomonidan o‘rnatilardi.
Hozirgi paytda ish haqi xodimlarni mehnatga va uning yakuniy natijalari uchun taqdirlash sifatida paydo bo‘lgan ish kuchi bahosining pul shakli ifodasi tarzida belgilanmoqda. Mehnat bozoriga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ish kuchining sotuvchisi (
Download 79.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling