Sanoat tar


Download 79.92 Kb.
bet2/2
Sana13.04.2023
Hajmi79.92 Kb.
#1355356
1   2
Bog'liq
10-Mavzu.Soha iqtisodiyoti va iqtisodiyoti

mehnat qiluvchi) va ish kuchini sotib oluvchi (ish beruvchi) u yerda munosabatga kirishadi va ish kuchining bahosini belgilashadi, keyinchalik bu baho mehnat shartnomasida mustahkamlanadi.
Shuningdek, ish haqi iqtisodiy va huquqiy kategoriya sifatida birbiridan farqlanadi. Mehnatga haq to‘lashning huquqiy mazmuni iqtisodiy faktorlar bilan aniqlanadi va mehnat bozori sharoitida shakllanadi. Ish beruvchi sifatida kelib chiqishidan qat’i nazar ular o‘rtasida kelib chiqadigan munosabat ishga yollash hisoblanib, u o‘zida fuqarolarga o‘z ish kuchlarini taqdim etish hisobiga muayyan pul summasiga almashtirishni ifodalaydi. Uning miqdori mehnat natijasiga bilvosita aloqador bo‘lgan ishchi kuchining narxi bilan belgilanadi. Biroq keyinchalik ishlab chiqarishjarayonidamehnathaqiningmiqdorigaalbattamehnat natijasi ta’sir qiladi. Iqtisodiy kategoriya sifatida ish haqi manbani aniqlaydi, ya’ni u qaerdan to‘lanadi, ayni paytda xodimlarning ijtimoiy mahsulot taqsimlanishida ishtiroki usullarini belgilaydi.
Ushbu belgilash bilan mehnatni taqdirlash shakli sifatidagi ish haqining asosiy farqlovchi belgilari ko‘rsatilgan. Bu belgilar quyidagilar: korxona, tashkilot, muassasa xodimlariga ish haqini to‘lash majburiyati va shunga muvofiq topshirilgan ish, mehnat majburiyatlari bajarilganda xodim o‘ziga haq to‘lashni talab qilish huquqi; haq to‘lash hajmini mehnatning miqdori va sifatiga muvofiq holda belgilash; ish haqini oldindan o‘rnatilgan norma bo‘yicha to‘lash, ya’ni ish haqining kafolatlanganlik sharti.
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi. Mehnatga haq, qoida tariqasida, pul shaklida to‘lanadi. Mehnat haqini natura shaklida tolash taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno
Mehnat munosabatlarida fuqarolik huquqiy munosabatlardan farq qilib (pudrat, topshiriq, mualliflik shartnomalari) mehnatga haq to‘lash mehnatning yakuniy natijasiga qarab emas, balki rasmiy sarflangan mehnatga qarab to‘lanadi.
Shunday qilib, bajarilgan mehnat uchun ish haqi va fuqarolik munosabatlaridan kelib chiqadigan to‘lovni asosiy farqlash uchun quyidagi xususiyatlar asos bo‘lib xizmat qiladi:
• Mehnat shartnomasi bo‘yicha ish haqi — bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnat sarfi uchun to‘lovdir, fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha taqdirlash esa — bu belgilangan muddatlarda ashyolashgan mehnatga, mehnatning yakuniy natijasi uchun to‘lovdir;
• Ish haqi asosiy va qo‘shimcha qismlarga bo‘linadi, fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha taqdirlashda esa hech qanday qismlarga bo‘linish yo‘q;
• Ish haqi davlat yoki lokal usullar yordamida tartibga solinadi, fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha taqdirlov esa taraflar tomonidan tartibga solinadi;
• Ish haqi uchun davlat minimal miqdori belgilangan, fuqarolik huquqiy shartnomalardagi mehnatga to‘lovda u o‘rnatilmagan.
Ish haqi o‘zida ishlab topilgan haqni ifodalaydi va shu bilan u nafaqa, qo‘shimcha to‘lov, ustama, kafolatli va kompensatsiya to‘lovlari, shuningdek mehnat natijasi sifatidagi foydadan farq qiladi. Masalan, kompensatsiya to‘lovi ma’lum holatlarda xodim qiladigan chiqimlarni qoplash, kafolatli to‘lov xodimlar qonun yo‘l qo‘ygan hollardakorxonadagi ishni bajarmaganlarida to‘lansa, ishhaqi xodimlar korxonadagi muayyan ishni bajarishi evaziga to‘lanadigan haq hisoblanadi.
Download 79.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling