Sаnоаt tаrmоqlаrining 2017-2021 yillаrdаgi rivоjlаnishining аsоsiy yo`nаlishlаri
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
INDUSTRIAL IQTISODIYOT MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sаnоаt kооpеrаtsiyasini rivоjlаntirish yo`nаlishlаri.
Хulоsа
Insоn rеsurslаrini rivоjlаntirish kоntsеptsiyasigа аsоsаn аynаn insоn millаtning bоyligi hisоblаnаdi. Insоnlаrgа jаmiyat ijtimоiy-iqtisоdiy rivоji uchun qurоl sifаtidа emаs, bоsh mаqsаdi dеb qаrаlishi lоzim. Rivоjlаnishning охirgi mаqsаdi vа muvаffаqiyat mеzоni – insоn tаnlоvining kеngаyishi, erkinligini аmаlgа оshirish, uzоq vа sоg’lоm turmush kеchirish imkоni, bilim оlish vа munоsib turmush tаrzidir. аhоli muhоfаzаsini tа’minlаshdаgi birinchi vа аsоsiy vаzifа hаm insоnni kаmоl tоptirish, uning оilа vа jаmiyatdаgi o’rni hаmdа nufuzini ko’tаrish bilаn bоg’liq. O’zbеkistоn gumаnitаr vа ijtimоiy rivоjlаnish sоhаsidа, 2000 yildа BMT tоmоnidаn e’lоn qilingаn Mingyillik rivоjlаnish mаqsаdlаrigа erishish dоirаsidа ijtimоiy tаrаqqiyotni jаdаllаshtirish imkоnini bеrаdigаn хаlqаrо lоyihаlаr vа dаsturlаrni аmаlgа оshirish bоrаsidа ikki tоmоnlаmа hаmdа ko’p tоmоnlаmа o’zаrо mаnfааtli хаlqаrо hаmkоrlikni rivоjlаntirishni muhim vаzifа dеb hisоblаydi. Sаnоаt kооpеrаtsiyasini rivоjlаntirish yo`nаlishlаri. Sanoatda korxonalar ixtisoslashuvining rivoji ishlab chiqarishni kooperatsiya asosida amalga oshadi. Kooperatsiya - bu ma`lum mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmat bajarishni birgalikda olib borish bo`yicha tarmoqlar va ular korxonalarining davomli ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biri. Kooperatsiyada mahsulot etkazib berish tartibi ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachining ma‘lum ishlab chiqarish-texnikaviy topshiriqni bajarishini hisobga olishini talab etadi. Kooperatsiya xom ashyo, yoqilg`i va standartlashtirilgan yarimfabrikatlar hamda buyurtmalarni etkazib berish bosqichlarini qamragan holda moddiy-texnika ta‘minotidan farqlanadi. Kooperatsiya murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirishni tezlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog`liq bo`lgan muhim vazifalarni hal etishga imkoniyat yaratib beradi. Sanoatning rivojlanish davrlarida ishlab chiqarishni kooperatsiyaning bir qancha samarali shakllari vujudga keldi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: - buyumli (agregatli) kooperatsiya; - texnologik kooperatsiya; - tarmoqlararo kooperatsiya; - iqtisodiy rayonlararo kooperatsiya. Buyumli (agregatli) kooperaratsiya - bu mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va detallarni etkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar bo`yicha kooperatsiya usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga sharikopodshipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbob-uskunalarning qismlarini etkazib berishlari mumkin. Texnologik kooperatsiya — bu bir va bir necha korxonalar o`rtasida alohida jarayonlarlarni bajarish bo`yicha hamkorlikdir. Ishlab chiqarishning qaysi tarmoqqa taalluqliligi nuqtai nazaridan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi vujudga keladi. Tarmoqlararo kooperatsiya sanoat tarmoqdarining bir biriga xizmat ko`rsatishini ifodalaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarishining mashinasozlik tarmog`i metallurgiya sanoati bilan hamkorlik qilishi mumkin. Kooperatsiya asosida ma‘lum mahsulotlarni tayyorlashi, bir biriga butlovchi buyumlar etkazib berishi va muayyan ishlarni bajarib berishi mumkin.O`zaro bog`liq bo`lgan korxonalarni joylashtirish nuqtai nazaridan iqtisodiy rayonlar miqyosida va rayonlararo kooperatsiya keng tus olishi mumkin. Rayonlararo kooperatsiya turli iqtisodiy hududlarda joylashgan korxonalar o`rtasidagi aloqalarni ifodalaydi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakliga baho berish uchun uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil ko`rsatkichlardan foydalanish mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: - birinchidan, ushbu korxona bilan hamkorlik qiluvchi korxonalar soni. Bunda etkazib beruvchi va buyurtmachi korxonalarning soni alohida-alohida hisob-kitob qilinadi. Masalan, avtomobil zavodlari yuzlab korxona (firma)lar bilan hamkorlik qilsalar, stanoksozlik korxonalarining ishlab chiqarish aloqalari atiga bir nechta korxonalar bilan chegaralangan bo`ladi. - ikkinchidan, kooperatsiya usulida olinayotgan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ushbu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot tannarhidagi ulushi. Masalan, avtomobil tannarhida tashqaridan kooperatsiya yo`li bilan olinadigan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ulushi taxminan 60-65 foizni tashkil etadi. Ishlab chiqarish sohasidagi kooperatsiyaning turli shakllari va usullarining rivojlanishiga quyidagi omillar ta‘sir ko`rsatadi: - muayyan mintaqa ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarining rivojlanish darajasi va tarmoqlararo ishlab chiqarish jarayonlarining integratsiyalashuv darajasi; - tovarlar, mehnat, sarmoya va xizmatlar bozorining shakllanish darajasi; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari va uning holati; - mahsulot ishlab chiqarish va sotish, shuningdek, turli xildagi xizmatlarni ko`rsatish sohasida raqobatning rivojlanganlik darajasi. - SАNOАT KOOPERАTSIYASINI YANАDА RIVOJLАNTIRISH VА TАLАB YUQORI BOʼLGАN MАHSULOTLАR ISHLАB CHIQАRISHNI KENGАYTIRISH CHORА-TАDBIRLАRI TOʼGʼRISIDА - Mahalliy va xorijiy bozorlarda talab yuqori boʼlgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, xoʼjalik yurituvchi subʼektlar oʼrtasida oʼzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirishning eng muhim shartlari hisoblanadi. - Ichki bozordagi ehtiyojlar hajmlarining tahlili davlat tomonidan qoʼllab- quvvatlashning samarali mexanizmlarini amalga oshirish orqali sanoat kooperatsiyasini va talab yuqori boʼlgan tovarlarning alohida turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish uchun foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjudligini koʼrsatmoqda. - Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, kichik biznes subʼektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish maqsadida: - 1. Quyidagilar respublika sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning uzoq muddatga moʼljallangan ustuvor yoʼnalishlari deb hisoblansin: - sanoat mahsulotlari bozorining barcha qatlamlaridagi xoʼjalik yurituvchi subʼektlarni maqsadli jalb qilish, barcha manfaatdor doiralarga respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining turlari, texnik tavsiflari va sifat koʼrsatkichlari toʼgʼrisida batafsil maʼlumot berish orqali dasturiy chora- tadbirlarni amalga oshirish va muntazam ravishda sanoat yarmarkalari oʼtkazish; - hamkorlar topish, xoʼjalik, shu jumladan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yoʼlga qoʼyishning muhim vositasi sifatida elektron kooperatsiya portalining faoliyatini tashkil etish, unda sanoat mahsulotlari yetkazib berish boʼyicha xoʼjalik shartnomalarini (kontraktlarni) tezkorlik bilan masofadan tuzish imkoniyatini taqdim qilish; - texnoparklar va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, davlat xaridlari tizimi orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun barqaror talabni shakllantirishni nazarda tutadigan davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish. - 2. 2019 yilda tadbirkorlik subʼektlari tomonidan oʼzlashtirilishi tavsiya etiladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarning yangi turlari roʼyxati (keyingi oʼrinlarda — Roʼyxat) 1- ilovaga muvofiq tasdiqlansin. - Belgilab qoʼyilsinki, Roʼyxat Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʼra har yarim yilda kamida bir marta quyidagi takliflar asosida yangilanadi: - respublika mintaqalarining tabiiy, mineral-xom ashyo, ishlab chiqarish va mehnat salohiyati, tegishli infratuzilmasi, import qilinayotgan mahsulotlar hajmlari, tarkibi va nomenklaturasi, shuningdek, ishga tushirilayotgan yirik ishlab chiqarish quvvatlarining istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining takliflari; - tashqi bozorlar konʼyunkturasiga muvofiq ravishda Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining takliflari; - innovatsion gʼoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar, shu jumladan har yili oʼtkaziladigan Xalqaro innovatsiya yarmarkasi davomida taqdim etilgan innovatsion gʼoyalar asosida Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining takliflari; - monopollashuv va raqobat muhitini rivojlantirish, oʼzaro bir-birining oʼrnini toʼldiruvchi tovarlar va narx omilini inobatga olgan holda ichki bozorning tovarlar bilan toʼyinganligi darajasini baholash asosida Oʼzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasining takliflari. - 3. Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Roʼyxatga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun, shu jumladan Toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalar jamgʼarmasi ishtirokida investitsiyalarni jalb etish choralarini koʼrsin. - 4. Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi iqtisodiyotda talab yuqori boʼlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni qoʼllab-quvvatlash tizimini eksperiment tariqasida joriy etish toʼgʼrisidagi taklifiga rozilik berilsin: - a) foydalanilmayotgan bino va inshootlar negizida yangi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, texnoparklarni qurish; - b) avvalo Roʼyxat boʼyicha yangi mahsulot turlarini tayyorlovchi ishlab chiqarishlarni joylashtirgan holda «Toshkent mexanika zavodi» АJning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va hududi negizida texnopark tashkil etish; - v) Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun olingan kreditning 50 foizdan koʼp boʼlmagan miqdoriga kafillik berish va Roʼyxat boʼyicha mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini 5 foizgacha qoplash shaklida davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash mexanizmlarini amalga oshirish. - 5. «Toshkent mexanika zavodi» АJning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va hududi negizida texnopark tashkil etishning moliyalashtirish manbalari etib 2019 yilga moʼljallangan investitsiya dasturida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida zarur infratuzilmani barpo etish uchun nazarda tutilgan 50 milliard soʼm miqdoridagi markazlashgan mablagʼlar belgilansin. - 6. Mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish va sanoat mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni oʼzlashtirish boʼyicha komissiyaning (keyingi oʼrinlarda — Komissiya) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. - Komissiyaning ishchi organ etib Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi belgilansin. - 7. Komissiyaga (B.А. Xodjaev): - talab yuqori boʼlgan mahsulotlar, shu jumladan isteʼmol tovarlarining roʼyxatini, mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish va mahsulotlarning yangi turlari ishlab chiqarishni oʼzlashtirish mexanizmlarini belgilash, ular asosida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini har yili tasdiqlanadigan manzilli roʼyxatlarga kiritish; - Roʼyxatda koʼrsatilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni oʼzlashtirishni oʼz vaqtida amalga oshirish boʼyicha taʼsirchan choralar koʼrgan holda, ushbu jarayonlarni monitoring va nazorat qilish, shuningdek davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashni toʼxtatish toʼgʼrisida qaror qabul qilish huquqi berilsin. - 8. 2019 yil 1 iyuldan shunday tartib oʼrnatilsinki, unga muvofiq: - a) mahalliy yetkazib beruvchilarning ishtirokini va narx shakllanishida shaffoflikni taʼminlash uchun davlat buyurtmachilari tomonidan import tovarlarni xarid qilish toʼgʼrisidagi istaklar davlat xaridlari maxsus axborot portalida ham joylashtiriladi; - b) uch yoki undan ortiq ishtirokchilar — mahalliy ishlab chiqaruvchilar boʼlgan taqdirda davlat xaridlari buyurtmachining tanloviga koʼra mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʼrtasida amalga oshirilishi mumkin; - v) buyurtmachilarga Roʼyxatdagi mahsulotlarni xarid qilishda investorga, sifat boʼyicha, kelishilgan texnik va narx koʼrsatkichlariga amal qilish sharti bilan, yetkazib berish vaqtidan boshlab ikki yil davomida mahsulotning davlat xaridlari tizimi orqali sotib olinishiga kafolat taqdim etuvchi maxsus kontraktlarni tanlov tartib-taomillari orqali tuzish huquqi beriladi. - 9. Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi, Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat statistika qoʼmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi, «Oʼzbekiston respublika tovar- xom ashyo birjasi» АJ bilan birgalikda olti oy muddatda davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan integratsiyalashgan elektron kooperatsiya portalini ishlab chiqsin va uni qoʼllab-quvvatlashni taʼminlasin. Unda quyidagi imkoniyatlar nazarda tutilsin: - a) bir necha mezonlar va koʼrsatkichlar boʼyicha izlash imkoniyatiga ega boʼlgan, muntazam yangilab boriladigan hamda quyidagilar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni qamrab oluvchi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va joylashtirish: - 10 ta belgidan iborat TIF TN kodlari bilan oʼzaro bogʼliqlikda har bir mahsulot turi boʼyicha tovar bozorining hajmi (ishlab chiqarish, import, eksport hajmi) toʼgʼrisida; - mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi, uning texnik va narx koʼrsatkichlari, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini oʼrnatish boʼyicha takliflarni aks ettirgan holda, ushbu korxonalar toʼgʼrisida; - davlat va korporativ buyurtmachilar, shuningdek strategik xaridorlar ehtiyojlarini qondirish maqsadida kelgusi davr uchun xarid rejalari va reja- grafiklar toʼgʼrisida; - mahalliy korxonalar negizida ishlab chiqarish tavsiya etilayotgan oʼzlashtirilishi istiqbolli mahsulot turlari toʼgʼrisida; - b) korxonalar tomonidan kerakli shakllarni onlayn rejimda mustaqil toʼldirilishi orqali mahalliy korxonalar uchun axborotni maʼlumotlar bazasiga bepul kiritish imkoniyati; - v) korxonalar, yetkazib beruvchilar va davlat organlari oʼrtasida interaktiv hamkorlik qilish imkoniyati; - g) portalning statistika, bojxona, soliq va moliya organlarining maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashganligi. - Belgilab qoʼyilsinki, Roʼyxat elektron kooperatsiya portalida, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining rasmiy veb- saytida bepul asosda majburiy ravishda eʼlon qilinadi. - 10. Quyidagilar elektron kooperatsiya portaliga tegishli axborotlarni toʼgʼri va haqqoniy kiritilishi va uni oʼz vaqtida yangilab borilishi uchun masʼul etib belgilansin: - respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining hajmi va texnik parametrlari yuzasidan — Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qoʼmitasi, Savdo-sanoat palatasi, «Oʼzstandart» agentligining hududiy boʼlinmalari; - sanoat mahsulotlari importi yuzasidan — Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi va Davlat bojxona qoʼmitasi; - kelgusi davr uchun davlat xaridlarining reja-grafiklari va davlat xaridlarining oʼtgan yildagi amaldagi hajmi yuzasidan — Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, ustav fondi (kapitali)dagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʼlgan yuridik shaxslar; - mahalliy korxonalar negizida ishlab chiqarish tavsiya etilayotgan oʼzlashtirilishi istiqbolli mahsulot turlari yuzasidan — Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi. - 11. Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi: - ushbu qarorning 10-bandida koʼrsatilgan maʼlumotlarning elektron kooperatsiya portaliga oʼz vaqtida va toʼliq kiritilishi ustidan nazoratni taʼminlasin; - bir oy muddatda Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Sanoat yarmarkalarini va elektron kooperatsiya portali faoliyatini tashkil etish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlasin; - ikki oy muddatda Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʼmitasi, Davlat statistika qoʼmitasi, «Oʼzstandart» agentligi va Savdo- sanoat palatasi bilan birgalikda elektron kooperatsiya portaliga kiritiladigan, shu jumladan respublikada ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlari, shuningdek xoʼjalik yurituvchi subʼektlar ehtiyojlari uchun import qilinadigan (TIF TN kodi 10 ta belgidan iborat) mahsulotlarning hajmi va texnik parametrlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarga qoʼyiladigan talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. - 12. Quyidagilarga: - iqtisodiyot va sanoat vaziri B.А. Xodjaevga — sanoat sohasidagi xoʼjalik yurituvchi subʼektlar oʼrtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, Roʼyxatga kiritilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar ishlab chiqarishni rivojlantirish jarayonini muvofiqlashtirish, shuningdek, elektron kooperatsiya portalining faoliyat koʼrsatishi, iqtisodiyotda talab yuqori boʼlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʼllab- quvvatlash tizimini joriy etish boʼyicha eksperimentni samarali amalga oshirish yuzasidan; - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqovga — investorlarni izlash va ularni erkin iqtisodiy zonalarga joylashtirish, birinchi navbatda, Roʼyxatga kiritilgan mahsulotlarni oʼzlashtirish boʼyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, iqtisodiyotda talab yuqori boʼlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni oʼzlashtirish yuzasidan; - «Oʼzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» АJ raisi F.F. Ibragimovga — elektron kooperatsiya portalini yaratish va uning davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan integratsiyalashuvini taʼminlash yuzasidan; - Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi А.I. Ikramovga — respublikada ishlab chiqarilayotgan tovarlar, ishlar va xizmatlarning sanoat yarmarkasini tashkil etish, xoʼjalik yurituvchi subʼektlarni xarid faoliyatiga jalb qilish, xarid qilish operatsiyalarining doimiy ravishda yangi tashkil etilayotgan elektron kooperatsiya portali orqali oʼtkazilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. - 13. Oʼzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu qarorning mohiyati va qoidalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin. - 14. Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi: - bir oy muddatda «Toshkent mexanika zavodi» АJning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va hududi negizida texnopark faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; - bir oy muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, shuningdek, manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʼjalik yurituvchi subʼektlar bilan birgalikda mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish va talab yuqori boʼlgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni oʼzlashtirish boʼyicha «yoʼl xarita»larini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; - uch oy muddatda «Davlat xaridlari toʼgʼrisida»gi Qonunga xarid qilish tartib- taomillarini yanada takomillashtirish, ularning shaffofligini oshirishni nazarda tutuvchi oʼzgartirishlar kiritish boʼyicha takliflarni kiritsin; - ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʼzgartirish va qoʼshimchalar toʼgʼrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; - bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʼzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. - 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʼzbekiston Respublikasining Bosh vaziri А.N. Аripov va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʼrinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin. - Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev - Toshkent sh., - 2019 yil 1 may, - PQ-4302-son Xulosa Sanoat kooperatsiyasi mavzusi yuzasidan to’plagan ma’lumotlarim asosida shuni ayta olamanki, kooperatsiyaning mamlakat iqtisodiyotida tutkan o’rni men o’ylagandan ancha muhimroq ekan. Bu so’zlarimga Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning 2019-yil 1 may sanasidagi PQ-4302-sonli qarori ham yaqqol misol bo’la oladi. Bejizga mamlakatimiz rahbari bu yo’nalishga alohida etibor qaratib bu darajadagi masuliyatli qarorning ijrosini nazorat qilishga Oʼzbekiston Respublikasining Bosh vaziri А.N.Аripov va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʼrinbosari G.K.Saidova zimmasiga yuklagan deb hisoblayman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling