Sanoat tovar belgilari turlari va ularga talabnomalar tuzish reja: Sanoat tovar belgilari turlari. Sanoat tovar belgilariga talabnomalar


Download 378.55 Kb.
bet3/4
Sana15.12.2022
Hajmi378.55 Kb.
#1008267
1   2   3   4
Bog'liq
Muhammadyusuf innovatsiya mustaqil

Oldingi tahrirga qarang.
9. Talabnoma patent vakili orqali berilgan bo‘lsa, qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan va uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtning o‘zida yoki talabnoma topshirilgan sanadan ikki oydan kechiktirilmay topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Konvensiya ustuvorligi so‘rab berilgan talabnomaga (bundan buyon matnda — konvensiya talabnomasi deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasi qatnashchisi bo‘lgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasi va uning o‘zbek yoki rus tiliga qilingan tarjimasi ilova qilinadi, ular konvensiya talabnomasi Agentlikka kelib tushgan sanadan boshlab uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi. Birinchi talabnoma nusxasining tarjimasi talabnoma beruvchi yoki patent vakili tomonidan imzolanadi.
(10-bandning birinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 35-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-1, 30.09.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 417-modda)
Konvensiya ustuvorligini belgilash to‘g‘risidagi iltimosnoma, talabnoma berish paytida (guvohnoma berish to‘g‘risidagi arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki Patent idorasiga talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat davomida topshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ko‘rgazmaga oid ustuvorlik so‘rab berilgan talabnomaga, bunday ustuvorlik so‘rashning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi, u Agentlikka talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab uch oydan kechiktirilmay topshiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 35-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-1, 30.09.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 417-modda)
Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjat, sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining qatnashchisi bo‘lgan davlatlardan birining hududida tashkil etilgan ko‘rgazmaning maqomini, ya’ni rasmiy xalqaro ko‘rgazma yoki xalqaro deb rasman tan olingan ko‘rgazmaligini tasdiqlashi va tovarlarni namoyish etgan shaxsning nomini, belgini, shu belgi qo‘yilgan tovarlar ro‘yxatini, shuningdek eksponatlarni ochiq namoyish etish boshlangan sanani o‘z ichiga olishi lozim. Hujjat tegishli ko‘rgazma ma’muriyatining vakolatli shaxsi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Ko‘rgazmaviy ustuvorlikni belgilash haqidagi iltimosnoma talabnomani topshirishda (arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan sanadan so‘ng ikki oy mobaynida taqdim etilishi mumkin.
12. Talabnomada ko‘rsatilgan belgini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza o‘zbek yoki rus tilida topshiriladi. Talabnomaning boshqa hujjatlari o‘zbek, rus yoki boshqa tilda topshiriladi.
Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda topshirilgan bo‘lsa, talabnomaga ularning o‘zbek yoki rus tiliga talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi bilan tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar, agar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida topshirilsa Agentlikka kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar, ularning tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 35-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-1, 30.09.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 417-modda)
13. Talabnoma (belgini ro‘yxatdan o‘tkazishga talab etilayotgan tasvirdan tashqari) ikki nusxada topshiriladi.
Belgining ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talab etilayotgan tasviri 5 nusxada topshiriladi.
Talabnomaga ilova etilayotgan hujjatlar bir nusxada topshiriladi.


Download 378.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling