BINONING TUZILMAVIY YECHIMLARI
Farg‘ona viloyati Tikuvchilik sexining binosi karkas variantda qabul qilingan bo‘lib, uning tuzilmaviy yechimlari binoning funktsional xususiyatidan, qurilish maydonini klimatik xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan.
Asosiy tuzilmalarning markalari va ularga qisqacha tavsiflar quyida keltiriladi.
POYDEVORLAR
Poydevorlar stakan tipidagi temirbeton bo‘lib, quyilish chuqurligi 1.22 metr. Stakantsimon poydevor 3 pog‘onali bo‘lib: 1-pog‘ona 3.3x2.7 metr, 2-pog‘ona 2.7x1.8 metr, 3-pog‘ona 2.1x1.2 metrni tashkil etadi. Poydevor ostiga 0.1 m qalinlikdagi bitumli shag‘aldan himoya qatlami hosil qilingan. Poydevorlarga balandligi bo‘yicha 2 marta qaynoq bitum surkalib, gorizontal yuzasi bo‘yicha esa tsement-qumli qorishma yordamida namdan himoya qatlam hosil qilinadi.
USTUNLAR
Yaxlit shaklidagi temirbeton ustun bo‘lib, o‘lchamlari h=800mm, v=400 mm, uzunligi 7.2 m
DEVORLAR
Bino devorlari 1800x6000 mm, 1500x6000 mm va 1200x6000 qalinligi 120 mm o‘lchamdagi devor panellardan foydalanib tiklangan.
TOMYOPMA
Binoning tomyopamasi temirbeton plitalaridan iborat bo‘lib, o‘lchami : L=5970 mm, N=300 mm, V=2980 mm qabul qilingan.
TOM TUZILISHI
Binoning tom tuzilmasi quyidagi qavatlardan tashkil topgan: tom yopmalari ustki qismi chang – to‘zonlardan tozalangan keyin bir qavat ruberoidni qaynoq bitum yordamida yopishtirib pardan himoya qatlami tiklanadi. Pardan himoya qatlami ustidan yengil beton plitalardan issiqlik saqlovchi (qalinligi 10 sm ) qatlam hosil qilinadi. Issiqlik saqlovchi qatlam ustidan qalinligi 3sm li qum - tsementli qorishmadan tekislovchi qatlam hosil qilinadi.
DERAZALAR
Binoni uzun tomoniga joylashgan bo‘lib, 3 qator lentasimon deraza romlaridan foydalanilgan. O‘lchami A=1500 mm L=5970 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |