Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi


MA’MURIY VA MA’ISHIY BINO HISOBI


Download 145.05 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi145.05 Kb.
#1610315
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs loyiha payasnitel

MA’MURIY VA MA’ISHIY BINO HISOBI
Yordamchi binolarni va xonalarni loyihalash, qurilish norma va qoidalari SNIP 2.09. 04-87 “Sanoat korxonalarining yordamchi bino va xonalari”ga asoslangan holda bajariladi. Yordamchi binolar ishlab chiqarish binolariga nisbatan: bino ichida, yonida yoki alohida binoda joylashishi mumkin. Alohida joylashgan yordamchi binolar sanoat korxonalari bilan yer ustida, yerdan va yer osti isitiladigan o‘tish joyi orqali bog‘lanishi mumkin.


GARDEROBLAR

Garderoblardan ko‘cha, uy va ish kiyim-kechaklarini saqlash maqsadida foydalaniladi.


Kiyim kechaklarni ochiq holda ilgaklarda, ochiq shkaflarda, yopiq holda (bir xil ko‘rinishdagi kiyimlar ochiq, ayrimlari esa yopiq) saqlanishi mumkin. Ma’muriy maishiy binosi uchun hisob berilgan umumiy ishchilar soni 100 kishi shundan 10 % ayollar. Birinchi smenadagi ishchilar soni 70 ta, shundan 63 ta erkaklar, 7 ta ayollar.


DUSHXONALAR

Dushxonalar garderob xonalari bilan yonma-yon joylashadi. Ko‘pincha dushxonalar markaziy - ko‘ndalang reja sxemada joylashtiriladi. Dushxonalar soni smenadagi eng ko‘p ishchilar soniga, ishlab- chiqarish guruhiga asoslangan holda tanlanadi. Dushxonalarning o‘lchami 90x90 sm olinadi.


Dushxonalar soni 10 ta
Erkaklar uchun : 8 ta
Ayollar uchun: 2 ta


HOJATXONALAR

S anitariya-texnik jihozlar hisobiga qarab, ularni ish joylariga yaqin bo‘lgan tsex xojatxonalariga joylashtirish kerak. Ish joyidan xojatxonagacha bo‘lgan masofa 75-100 m dan oshmasligi lozim.


Xojatxonalar soni 10 ta
Erkaklar uchun : 8 ta
Ayollar uchun: 2 ta
UMUMIY OVQATLANISH XONASI

Ishchilar oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun sanoat korxonalari qoshida quyidagicha ovqatlanish xonalari bo‘lishi nazarda tutiladi:



  • Oshxona - smenadagi eng ko‘p ishchilar soni 200 kishi va undan ortiq bo‘lsa;

  • Bufetlar - smenadagi eng ko‘p ishchilar soni 200 kishidan kamroq bo‘lsa;

  • Ovqatlanish xonalari - smenadagi eng ko‘p ishchilar soni 30 kishidan kamroq bo‘lsa.




Download 145.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling