Sanoat xavfsizligi sohasida expert tashkilotlari. Expertlar assatsiyasi


Download 26.83 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi26.83 Kb.
#1055638
1   2
Bog'liq
SANOAT XAVFSIZLIGI SOHASIDA EXPERT TASHKILOTLARI. EXPERTLAR ASSATSIYASI

ekspert tashkiloti — ekspertizani amalga oshiradigan, belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan tashkilot;
ekspertiza obyektlari — xavfli ishlab chiqarish obyektidagi loyiha hujjatlari, texnika qurilmalari, binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlar;
ekspertiza xulosasi — ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi (muvofiq emasligi) to‘g‘risida asosli xulosalarni yoki xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiyalash natijalarini o‘z ichiga olgan hujjat.
2. Ushbu Qoidalarga muvofiq quyidagilarning ekspertizasi amalga oshiriladi:
xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalari (Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalaniladigan texnik qurilmalarning turlari (tiplari) mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan);
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar.
3. Ekspertiza ekspert tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalarning, shuningdek sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Turli ekspertiza obyektlari ekspertizasini amalga oshirishda inobatga olinishi lozim bo‘lgan talablar ekspertiza obyektlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi to‘g‘risidagi nizom hamda mazkur Qoidalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan belgilanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
5. Ekspertizani amalga oshirish sifati va natijalarining haqqoniyligi, shuningdek ekspertiza natijalarini saqlash uchun javobgarlik ekspertizani o‘tkazgan ekspert tashkiloti zimmasiga yuklatiladi.
6. Ekspertiza ekspert tashkiloti bilan xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan yoki undan foydalanishni mo‘ljallayotgan tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
7. Ekspertiza xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan yoki undan foydalanishni mo‘ljallayotgan tashkilot mablag‘lari hisobidan o‘tkaziladi.
8. Ekspertizani amalga oshirish muddati ekspertiza obyektining murakkabligiga qarab belgilanadi, lekin sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlarga muvofiq zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlar turkumi olingan hamda ekspertizani amalga oshirish bo‘yicha boshqa barcha shartlar bajarilgan vaqtdan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.
II. Ekspertizani amalga oshirish tartibi
9. Ekspertizani amalga oshirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
a) dastlabki bosqich;
b) ekspertizani amalga oshirish uchun arizani qabul qilish;
v) hujjatlarni dastlabki baholash hamda ekspertizani amalga oshirish uchun shartnomani rasmiylashtirish;
g) ekspertiza obyektini baholash;
d) baholash natijalari bo‘yicha ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish.
Ekspertizani amalga oshirishning keyingi har bir bosqichi avvalgi bosqichlarda ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda amalga oshiriladi.
10. Ekspertizaning dastlabki bosqichi uni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan ekspert tomonidan buyurtmachi vakili bilan quyidagi maqsadlar uchun o‘tkaziladi:
ekspertizani amalga oshirish tartibi, mazmuni va borishi haqida ma’lumot berish;
ekspertizani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlarni muhokama qilish hamda aniqlab olish;
ekspertizani amalga oshirish davomida olingan har qanday ma’lumot va axborot ekspert tashkiloti xodimlari tomonidan maxfiy ma’lumot sifatida ko‘rilishi haqida ma’lum qilish (qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
bajariladigan ish hajmlari va muddatlarini muhokama qilish va aniqlab olish;
zarurat bo‘lganda ekspertiza obyektini baholashni joyiga borib o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rishni muhokama qilish.
11. Ekspertizani amalga oshirish uchun buyurtmachi mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha rasmiylashtirilgan arizani ekspert tashkilotiga taqdim etadi.
Ekspertiza obyektlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi zarur:
a) buyurtmachi va ekspertiza obyekti haqidagi ma’lumotlar;
b) loyiha, konstruktorlik, foydalanish, ta’mirlashga oid hujjatlar, xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi, texnik qurilmalar hamda bino va inshootlarning pasportlari, xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish rejalari, yo‘riqnomalar, texnologik reglamentlar, ekspertiza va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish uchun kerak bo‘lgan shifrlangan yoki maxsus belgiga ega bo‘lgan boshqa hujjatlar (obyektga bog‘liq holda);
v) zarurat bo‘lganda sinov dalolatnomalari (bayonnomalari), diagnostika (tekshiruvlar) natijalari, sertifikatlar (zarur bo‘lganda komplekt uskunalar uchun ham), litsenziyalar, shuningdek mustahkamlik hisoblari va shu kabilar.
12. Noto‘g‘ri to‘ldirilgan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan ariza ko‘rib chiqishga qabul qilinmaydi.
Taqdim etiladigan hujjatlar asl yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan nusxalarda topshirilishi lozim.
13. Ekspert tashkiloti topshirilgan arizalarni tikilgan betlar soni ko‘rsatilgan, ekspert tashkiloti muhri bilan muhrlangan daftar (jurnal)larda ro‘yxatga oladi.
14. Ariza ro‘yxatga olingan kundan boshlab besh ish kuni muddatida taqdim etilgan hujjatlar dastlabki baholanadi.
15. Taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholashda hujjatlarning to‘liqliligi hamda bu hujjatlarda ma’lumotlarning yetarliligi o‘rganiladi.
16. Taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari salbiy bo‘lganda, ekspert tashkiloti buyurtmachiga uning arizasi rad etilganligini asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda xabarnoma yuboradi va buyurtmachi bilan kelishgan holda kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi.
17. Ekspert tashkilotining xabarnomasida ko‘rsatilgan kamchiliklar kelishilgan muddatda buyurtmachi tomonidan bartaraf etilmagan taqdirda, ekspertiza amalga oshirilmaydi hamda taqdim etilgan hujjatlar buyurtmachiga qaytariladi.
18. Taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholashda ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda, ekspert tashkiloti buyurtmachi bilan ekspertizani amalga oshirish uchun shartnomani rasmiylashtiradi.
19. Shartnoma qiymatining kamida 15 foizi miqdoriga teng mablag‘ buyurtmachi tomonidan ekspert tashkilotiga to‘langanda va zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlar to‘liqligicha olingandan so‘ng, ekspert tashkiloti ekspertiza obyektini baholashga kirishadi.
20. Ekspert tashkiloti tomonidan ekspertiza obyektini baholash uchun malakali ekspertlar guruhi rasman tayinlanadi.
Ekspertlar guruhiga boshqa mutaxassislar ham kiritilishi mumkin, bunda mutaxassislar soni guruhdagi ekspertlar sonidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
21. Ekspertlar orasidan ekspertiza obyektini baholashning bevosita o‘tkazilishi, ekspertlar o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishi va ekspertiza natijalarini rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik yuklangan yetakchi ekspert tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
22. Ekspertlar ekspertiza obyektini unga nisbatan qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholashadi. Zarurat bo‘lganda, ekspertlar taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning to‘liqliligini, ishonchliligini va to‘g‘riligini aniqlashadi hamda ularning qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiqligini baholashadi.
23. Zarurat bo‘lganda ekspertlar ekspertiza obyektini baholashni joyiga borib o‘tkazishi mumkin.
24. Joyiga borib baholash o‘tkazilganda ekspertlar ekspertiza obyektiga bog‘liq ishlar talab darajasida olib borilishini kuzatadilar, shuningdek, kompleks tarzda quyidagilarga baho beradilar:
a) bino va inshootlar hamda asbob va uskunalarning yaroqliligi, shuningdek, sinov vositalari va asboblarning ularga xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha holatiga;
b) qadoqlash (markirovka) va identifikatsiya qilishning ishonchli tizimi mavjudligiga;
v) tegishli qonun hujjatlari, normativ texnik va uslubiy hujjatlar, qoidalar, ishchi yo‘riqnomalari mavjudligi hamda ularga amal qilinishiga;
g) hisobot hujjatlarining mazmuni va ularni rasmiylashtirish talablariga rioya etilishiga.
Buyurtmachi ekspertlar talabi bo‘yicha ekspertiza obyektiga bog‘liq barcha tekshirish, diagnostika va sinov natijalari, hujjatlar, hisoblar, bayonnomalar va hisobotlarni taqdim etishi lozim.
25. Ekspertiza obyektining murakkabligiga qarab, yetakchi ekspert talabiga muvofiq mutaxassislar o‘zlari bajargan ishlar natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlashadi.
26. Zarur hollarda ekspertizani amalga oshirish jarayonida ekspert tashkiloti qonun hujjatlari hamda normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan uslublar yoki buyurtmachi bilan kelishilgan uslub va dastur asosida sinovlar o‘tkazadi.
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi o‘z vakolati doirasida beradigan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlarni bajarish uchun ruxsatnomalarga ega bo‘lgan boshqa laboratoriyalarning sinov natijalaridan ham foydalanish mumkin.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
27. Ekspertizani amalga oshirish jarayonida nomuvofiqliklar va kamchiliklar aniqlangan hollarda mazkur Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha bayonnoma tuziladi.
Bayonnomada nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari buyurtmachi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Bayonnomada ko‘rsatilgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar buyurtmachi tomonidan mazkur Qoidalarning 3a-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq ekspert tashkilotiga yuboriladi.
Ekspert tashkiloti buyurtmachi tomonidan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarni, keltirilgan asoslarni va xavfsiz foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni tahlil qiladi. Zarurat bo‘lganda ekspertiza obyektini takroran joyiga borib baholash va tegishli sinovlar o‘tkazilishi mumkin.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
28. Quyidagi hollarda ekspert tashkiloti tomonidan salbiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtiriladi:
bayonnoma rasmiylashtirilgan sanadan o‘n ish kuni muddatida buyurtmachi tomonidan aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari kelishib berilmasa;
kelishilgan muddatlarda mazkur Qoidalarning 3a-ilovasiga muvofiq shaklda nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuborilmasa;
kelishilgan muddatlarda buyurtmachi tomonidan bayonnomada ko‘rsatilgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari amalga oshirilmasa yoki amalga oshirilgan chora-tadbirlar, keltirilgan asoslar va xavfsiz foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ekspert tashkiloti tomonidan yetarli emas deb hisoblanganda.
Salbiy ekspertiza xulosasida aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklar asoslantirilgan holda ko‘rsatilishi lozim.
Ekspertiza natijalaridan norozi bo‘lgan buyurtmachilar salbiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir oy davomida “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga yozma shikoyat berishi mumkin”.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
29. Salbiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan hollarda buyurtmachi salbiy ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga asos bo‘lgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etib, ekspertizani amalga oshirish uchun takroran ariza berishi mumkin.
30. Foydalanilayotgan ekspertiza obyektiga salbiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilganda, ekspert tashkiloti tegishli xavfli ishlab chiqarish obyektidan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish uchun “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga ekspertiza natijalari haqida tezkor xabar yuboradi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
31. Ekspertizani amalga oshirish uchun taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish, ekspertiza obyekti holatini baholash hamda o‘tkazilgan tegishli sinovlar natijalari ijobiy bo‘lganda yoki nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, keltirilgan asoslar va xavfsiz foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ekspert tashkiloti tomonidan yetarli deb hisoblanganda ijobiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
32. Ekspertlar mazkur Qoidalarning 4-ilovasida ko‘rsatilgan ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablarga muvofiq ekspertiza xulosasini rasmiylashtiradi.
III. Ekspertiza xulosasini tasdiqlash
33. Ekspert tashkiloti ijobiy ekspertiza xulosasini rasmiylashtirgandan so‘ng, o‘n kun muddat ichida ekspertiza xulosasini tasdiqlash uchun “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga taqdim etadi. Agar ko‘rsatilgan muddatning tugashi ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelsa, u holda tasdiqlash uchun taqdim qilish muddati keyingi ish kuniga qadar uzaytiriladi.
Ekspertiza xulosasini belgilangan muddat davomida tasdiqlash uchun taqdim qilish fakti “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining devonxonasi tomonidan kelib tushgan kuzatuv xatiga qo‘yilgan sanadan, agar ekspertiza xulosasi pochta orqali yuborilgan bo‘lsa, aloqa bo‘linmasi tomonidan jo‘natma qabul qilingan sanadan qayd qilinadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
34. Ekspertiza xulosalari “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga ekspert tashkiloti rahbari tomonidan imzolangan kuzatuv xati bilan 3 ta nusxada (1 ta asli va 2 ta nusxasi) taqdim qilinadi. Kuzatuv xatida ekspertiza xulosasining hisobga olish raqami ko‘rsatilishi lozim.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
35. Kuzatuv xati va unga ilova qilingan ekspertiza xulosalari amaldagi ish yuritish tartibiga muvofiq qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi.
36. Ekspertiza xulosalarini tasdiqlash “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan ekspertiza xulosasi kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun muddat ichida amalga oshiriladi. Agar ko‘rsatilgan muddatning tugashi ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelsa, unda ekspertiza xulosasini tasdiqlash muddati undan keyingi birinchi ish kuniga qadar uzaytiriladi.
Ekspertiza xulosalarini tasdiqlash malakali mutaxassislarni yoki manfaatdor tomonlar (ekspert tashkiloti, buyurtmachi, laboratoriya va boshqalar) vakillarini jalb qilish orqali batafsil o‘rganib chiqishni talab qiladigan hollarda, ekspertiza xulosalarini tasdiqlash muddati “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i (uning o‘rinbosari) qaroriga asosan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
37. Ekspertiza xulosalarini tasdiqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqish;
b) ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilish;
v) ekspertiza xulosalarini hisobga olish.
38. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasida ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqish va hisobga olishga mas’ul bo‘lgan bo‘linma va (yoki) xodimlar (keyingi o‘rinlarda mas’ul xodimlar deb yuritiladi) tayinlanadi. Ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqishda tegishli tarmoq inspeksiyalari xodimlari ishtirok etishlari shart.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
39. Ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqish ekspertiza obyektining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
a) ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablarga amal qilinganligi;
b) ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasiga amal qilganligi;
v) ekspertizani amalga oshirishda o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tgan ekspertlarning ishtirok etganligi;
g) ekspertizani amalga oshirishga qo‘yilgan talablarga amal qilinganligi;
d) ekspertizani amalga oshirishda sanoat xavfsizligi sohasidagi tegishli qonun hujjatlari hamda normativ texnik hujjatlardan foydalanilganligi;
e) ekspertizani amalga oshirishda tegishli sinovlar o‘tkazilganligi hamda ushbu sinovlarda zarur bo‘lgan nazorat, sinov, diagnostik jihozlar va o‘lchash vositalaridan foydalanilganligi.
(39-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
40. Ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqishda ekspert tashkilotidan hamda buyurtmachidan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘ralishi mumkin. Zarur bo‘lgan hollarda mavjud savollarni muhokama qilish uchun manfaatdor tomonlar vakillari jalb etilishi mumkin.
41. Ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqish natijalari salbiy bo‘lganda mazkur Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladigan ekspertiza xulosasini tasdiqlash yuzasidan rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Qarorda ekspertiza xulosasini tasdiqlash rad etilganligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi.
42. Ekspertiza xulosasini tasdiqlash yuzasidan rad etish haqida qaror qabul qilinganda ekspert tashkiloti ekspertiza xulosasini tasdiqlash rad etilganligining sabablarini e’tiborga olgan holda, ekspertiza xulosasini qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlash uchun takroran taqdim etadi.
Ekspertiza xulosasi tasdiqlash uchun takroran taqdim etilganda kuzatuv xatida ekspertiza xulosasini tasdiqlash yuzasidan rad etish haqida qarorning sanasi va raqami ko‘rsatilishi lozim.
43. Ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqish natijalari ijobiy bo‘lganda mazkur Qoidalarning 6-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladigan ekspertiza xulosasini tasdiqlash haqida qaror qabul qilinadi.
44. Ekspertiza xulosasini tasdiqlash yoki tasdiqlash yuzasidan rad etish haqidagi qaror “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i (uning o‘rinbosari)ning imzosi va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
45. Ekspertiza xulosasini tasdiqlash haqida qaror qabul qilingandan keyin mas’ul xodimlar tomonidan mazkur Qoidalarning 4-ilovasi 4-paragrafi talablariga muvofiq ekspertiza xulosasini hisobga olish raqamining tegishli belgilar guruhlari to‘ldiriladi.
46. Ekspertiza xulosasini tasdiqlash yoki tasdiqlash yuzasidan rad etish haqidagi qarorning hamda ekspertiza xulosasining asli ekspertiza xulosasini tasdiqlash uchun taqdim etgan ekspert tashkilotining xodimiga tilxat orqali buyurtmachiga topshirish uchun beriladi. Agar qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni mobaynida qarorning hamda ekspertiza xulosasining asli ekspert tashkiloti tomonidan olinmasa, ular “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan pochta orqali ekspertiza xulosasini tasdiqlash uchun taqdim etgan ekspert tashkilotiga yuborilishi mumkin.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
IV. Yakuniy qoida
47. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan.

Adabiyotlar:



  1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G’ulomovSh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‘qituvchi, 2011.

  2. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 2012.

  3. Aripov N.M. “Avtomatik boshqarish nazariyasi va avtomatika elеmеntlari” ma'ruzalar matni. Toshkеnt, 2010.

  4. Ismoilov A.I., Nazarov O.K. “Avtomatika va avtomatlashtirish asoslari” fanidan ma'ruzalar matni. Andijon, 2006.

Download 26.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling