Sanoat xodimlariga psixologik xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish


Download 62.71 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi62.71 Kb.
#1599093
TuriСтатья
1   2   3   4
Bog'liq
Туропова Ш. макола

Anketa savoli

Javob variantlari

Javoblar soni

Jamoadagi sog‘lom psixologik muhit deganda nimani tushunasiz?

O`zaro tushunish, samimiy munosabat

60

Barcha o`z vazifasini bajarishi

25

To`liq ma`lumotga ega emasman

15

Psixologik xizmat deganda nimani tushunasiz?

Tushunchaga ega emasman

10

Psixologik xizmat tushuncha haqida eshitganman, ammo tushunchaga ega emasman

20

Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda, shaxsni har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalarini o`rganadi

70

Siz ishlayotgan tashkilotda psixologik xizmat yo‘lga qo‘yilganmi?

Bilmadim

20

Yo‘q

15

Ha

65

Rahbariyat tomonidan suhbat asosida ishga qabul qilinishinigizda psixolog ham ishtirok etganmi? Agar ishttrok etgan bo‘lsa uning so‘zi ham inobatga olinganmi?

Bilmayman

20

Yo‘q

80

Ha

0

Faoliyatingiz mobaynida psixologga murojat qilganmisiz, Psixologga ehtiyoj sezganmisiz?

Yo‘q murojat qilmaganman

10

Ha murojat qilganman. Lekin xususiy ishlaydigan psixologga

20

Ha psixologga ehtiyoj sezganman. Tashkilotda bo‘lsa yaxshi bo‘lardi

70

Oilaviy muammolarada psixologdan yordam so‘raganmisiz?

Ba’zan

50

Bir marotaba oldim

30

Biror marta ham olmadim

20

Tashkilotda psixolog xizmat yo‘lga qo‘yilishini xohlardingizmi?

Ha

80

Yo‘q

10

Farqi yo‘q

10

2021-yil davomida Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi 5-kon boshqarmasining 100 nafar xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnomalariga ko‘ra quyidagi natijalar olindi:


Anketa so‘rovnomalari natijalaridan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish xodimlarining 60 foizi sog`lom psixologik muhit tog`risida ma`lumotga ega bo`lib, ularning 25 foizi sog`lom muhitni to`g`ri talqin qilmagan bo`lsa, 15 foizi umuman tushunchaga ega emas. Ishlab chiqarish xodimlarining 10 foizi psixologga ehtiyoj sezmagan, 20 foizi esa xususiy psixologga murojat qilganini bildirgan bo`lsa, ularning 70 foizi psixologga ehtiyoj sezgani va psixolog shtatining tashkilotda tashkil etilishini so`rashgan.
Bugungi kunda tashkilot xodimlarining ehtiyojidan kelib chiqib, psixologik xizmatni yo`lga qo`yish, sog`lom psixologik muhitni yaratish dolzarb masalaga aylandi. Shuningdek, amaliyotchi psixologlar faoliyatining uslubiy ta’minotini yanada takomillashtirish maqsadida ular uchun doimiy dasturilamal bo`la oladigan o`quv va o`quv-uslubiy qo`llanmalar, psixologik test hamda metodikalar majmualarining chop etilishi lozim.
Demak, har bir ishchi-xodimning o`z ishidan qoniqishi uning kayfiyatini, faolligini ta`minlasa, ishdan qoniqmaslik esa korxonada yuz beruvchi ayrim favqulotda baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun ham “Mehnatdan qoniqish”ni ijtimoiy psixologik jarayon sifatida o`rganib, shaxslarning o`z ishidan qoniqishi va (o`z faoliyatidan) qoniqmaslik holatini bartaraf etish yo`llari ishlab chiqilmog`i lozim.
Psixologik xizmat mexanizmlaridan foydalangan holda, psixologik xizmatni tashkil qilishni bilish, zarur komil ishonchni shakllantirish- allaqachon ilmiy asosga ko`tarish kerak bo`lgan juda muhim ishlardan biridir. Zero, psixologik xizmat jamoa va jamoaviy harakatlar integrallashuvi, jamoa oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish, mehnat unumdorligini oshirish, shaxs va butun davlatni rivojlantirish yo`lidagi zarur zahira hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sonoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirishda psixologik xizmat mexanizmlarini tshkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ishchilarning o`z ishidan qoniqish darajasi, korxona rahbariga munosabati, jamoa hayotida shaxsning o`rni va ishtiroki darajasi, xodimning o`ziga beriladigan bahoga bo`lgan munosabati kabilar asosiy omil bo`lib xizmat qiladi. Aynan ishlab chiqarish uchastkalaridagi jamoa bajaradigan ishlarning murakkablik va xavflilik darajasining yuqoriligi jamoadagi jipslik va jamoa a`zolari o`rtasidagi o`zaro yordam va o`zaro ishonch yuqoriligini ta`minlab beradi. Demak, bunday jamoalarda ishga nisbatan ijobiy munosabat yuzaga keladi. Qulay va sog`lom psixologik muhit umumjamoaviy maqsad va qiziqishlarni idrok qilish yangi g`oyalar, ish uslublari, yuzaga keladigan qiyinchiliklarni tashabbuskorlik bilan yengishga undaydi va mehnat unumdorligiga kata hissa qo`shadi.
Shu nuqtai nazardan, har bir mamlakatda inson va uning faoliyati o`rtasidagi uyg`unlikni ta`minlashga qaratilgan kasbiy faoliyati psixologiyasi tizimining joriy etilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 62.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling