Sanoat yoʻllarining bajaradigan vazifalari


Download 181.47 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi181.47 Kb.
#1578666
Bog'liq
kon yo\'llari


  1. Sanoat yoʻllarining bajaradigan vazifalari. Sanoat korxonasi avtomobil yoʻli - sanoat yoʻllari - sanoat yoki boshqa korxona (tashkilot) balansi (hisobi) da turuvchi, uning ishlab chiqarish, texnologik tashishlariga xizmat koʻrsatuvchi, uning hududidagi va unga kirish yoʻli. Shu korxonaning ishlab chiqarish, texnologik talablari asosida loyihalanadi. Sanoat yoʻllarida har xil yuklarni tashish bilan birgalikda, ular mahsulotlarni iste’molchiga etkazib berishda va mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etadi. Mujassamlangan “sanoat transporti” tushunchasi sanoat, qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi umum foydalanilmaydigan transport vositalarini anglatadi. Sanoat yoʻllari joylashishi va vazifalariga koʻra tashqi va korxona ichi sanoat yoʻllariga boʻlinadi. Tashqi sanoat yoʻllarida korxonaga keltirilgan xom - ashyo, yarim fabrikat yonilgʻi va boshqa turli buyumlarni umum foydalanadigan magistral transportidan korxona ichiga va tayyor mahsulotlar hamda boʻshagan vagonlarni magistral transport yoʻllarigacha tashish bilan shugʻullanadi.

Korxona ichi sanoat transporti xom - ashyo yarimfabrikatlar, turli xil detallar, yonilgʻi va boshqa buyumlarni omborxonalardan sexlarga, sexlararo va sex ichida tayyor buyumlarni esa sexlardan omborxonalarga tashish bilan shugʻullanadi.
Sanoat yoʻllari undagi transport turiga qarab, temir yoʻl, avtomobil yoʻl, suv yoʻli, quvur oʻtkazgich va maxsus (osma arqon yoʻl va h.)lar kompleksi yoki ulardan ayrimlari boʻlishi mumkin. Bundan tashqari unga sexlar ichi, sexlararo ishlovchi turli konveyer va transporterlar, elektr yoki avtomobil, yuk karalari harakatlanadigan yoʻllar kiradi (5.1-rasm).
Tashqi sanoat transportining asosini temir yoʻl transport va avtomobil transporti tashkil etadi, ular hisobiga 80% yuk toʻgʻri keladi. Sanoat yoʻllari shaxobchalari uzunligiga qarab quyidagilarga boʻlinadi: 1 km gacha - 58%, 1 - 5 km gacha - 30%, 5-10 km gacha - 6%, 10 km dan ortiq - 6%. Qazib oluvchi sanoat yoʻllari ishida temir yoʻl transporti va avtomobil transporti keng qoʻllaniladi: temir yoʻl transporti toshkoʻmir ochiq konlarida, avtomobil transporti - rangli metall va togʻ-kimyo, xom-ashyosi konlarida qoʻllaniladi. Sanoat yoʻllarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri konveyer yoʻllarini rivojlantirishdir.

5.1-rasm. Sanoat yoʻllari

Sanoat avtomobil yoʻllari tasnifi: Yuk tigʻizligi boʻyicha - 1 mln. t. netto 1 yil va undan koʻp - IIIp - turkum. 1 mln. t. netto 1 yilda - IVp turkum. Engil avtomobilga keltirilgan harakat miqdoriga qarab: 2000 avt./sut va koʻp - IIIp. 2000 avt./sut dan kam. - IVp



  1. Kon yoʻllari. Kon yoʻllari sanoat korxonalari konlarida, ochiq yoki yopiq turdagi karerlarida quriladi va foydalaniladi. Kon yoʻllaridan maxsus konlarda ishlovchi texnikalar harakatlanadi. Oʻzbekistonda Navoiy, Angren, Olmaliq togʻ metallurgiya kombinatlarida kon yoʻllaridan foydalaniladi.

Sanoat korxonalari kon yoʻllari ikki xil koʻndalang kesimda loyihalanadi: suv qochirish tizimi yopiq tarzda - bordyur bilan, ochiq holatda - yoʻl yoqasi bilan. Maydon ichidagi avtomobil yoʻllari koʻndalang kesimlari qurilish bosh rejasiga binoan belgilanadi, bunda alohida ravishda vertikal rejalashtirish va suv qochirish tizimlari qabul qilinadi.
Yoʻl koʻndalang kesimini turini tanlashda qatnov qismidan qor va yomgʻir suvlarini tozalash sharoitidan kelib chiqib tanlanadi.
Kon yoʻllari koʻndalang kesimlari asosiy turlari, ular supachada joylashganda quyidagi koʻrinishda boʻladi (5.2, 5.3-rasm).

5.2-rasm. Kon yoʻllari yoʻl poyi tuzilmasi. a - qoya va sizuvchi gruntlarda; b - gilli gruntlarda; 1 - ariqcha orti taxti; 2 - lotok; 3 - yoʻl yoqasi; 4 - ariqcha; 5 - mustaxkamlangan lotok; 6 - tuproq vali; 7 - opiriladigan prizma; 8 - yoʻl cheti qattiq qoplamasi; hz - gilli gruntni sizuvchi gruntga almashtirish qatlami qalinligi; ik - korbta tubi qiyaligi; H - tuproq vali balandligi; b - qatnov qismi kengligi.


5.3-rasm. Kon ygʻllari
Download 181.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling