Sanoatda gazsimon yoqilg`ini qayta ishlash texnologiyalari. Reja
Download 158.83 Kb. Pdf ko'rish
|
9 mavzu. Sanoatda gazsimon yoqilg`ini qayta ishlash texnologiyalari
Sanoatda gazsimon yoqilg`ini qayta ishlash texnologiyalari. REJA: 1. Gazsimon yoqilg`ilar, ularning turlari va ishlatilish soxalari. 2. Gazsimon yoqilg`ilarni qayta ishlash usullari. Tabiiy gazni qayta ishlash texnologiyasi. 3. Gazsimon xom ashyo asosida turli maxsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalari. 4. O`zbekistonda tabiiy gazni tozalash va uni kayta ishlash yordamida turli xom ashyo va maxsulotlar ishlab chiqarish. Gazsimon yoqilg‘ilar. Yonuvchi gazlarga: tabiiy va yo‘lovchi gazlar, neftni qayta ishlashdan hosil bo‘lgan gazlar (kreking, reforming, piroliz gazlari), generator gazlari koks va domna gazlari kiradi. Ular yoqilgh sifatida hamda kino sanoatining xomashyosi sifatida foydalaniladi. 1940- yillargacha dunyoda xalq xo‘jaligining gazga bo‘lgan talabi qattiq yoqilghlami qayta ishlashdan hosil bo‘lgan sintetik gaz hisobiga qondirilib kelingan bo‘lsa, hozirgi davrda esa asosan tabiiy va neft gazlari hisobiga qondirilmoqda. Tabiiy gaz tarkibida qo‘shimcha sifatida ozroq noorganik gazlar (vodorod sulfid, uglerod (IV) oksidi, azot, geliy va boshqalar) aralashmasini saqlovchi metan qatoridagi gazsimon uglevodorodlar aralashmasidan iboratdir. Tarkibida neft bo ‘lmagan yer ostida tuplangan gazlarni tabiiy gaz, uning konlarini gaz konlari deyiladi. N eft olganda u bilan aralashib chiqadigan gazlarni yo ‘ldosh (yo‘lovchi) yoki neft gazlari deyiladi. Tabiiy gaz asosan metandan tashkil topgan, neft gazlari esa metandan tashqari anchagina uning gomologlarini (C2dan to C 5gacha) saqlaydi. Gaz kondensati konlari ham uchraydi. (Tabiiy gaz konlaridan gaz chiqqanda bosim kamayib undan suyuq uglevodorodlar kondensat ham ajralib chiqadi). Bu yer ostida qanchalik chuqurlikda joylashgan bo‘lsa, uning tarkibida kondensat miqdori ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Bazi gaz konlari gazning tarkibi 1- jadvalda berilgan. Gaz sanoatining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi gazning ajoyib yoqilg‘i ekanligi bilan bog‘liq. U yonganda to ‘liq yonadi, tutun va zaharli moddalar ham da kul hosil qilmaydi, tashish (o‘zi oqib borganligi sababli) qulay va iqtisodiy jihatdan arzon, siqilgan va suyultirilgan holda saqlash mumkin, qazib olish ancha arzon (shartli yoqilg‘i birligiga aylantirib hisoblanganda ko‘mir qiymatining 10 % ni tashkil etadi). Mamalakatda ishlatiladigan jami gazning 55 % sanoatga sarflanadi, 26 % elektr stansiyalarda yoqiladi, 15 % turmush ehtiyojlari uchun va 4 % xalq xo ‘ja ligining turli ta rm oqlarida sarflanadi. H ozirgi kunda p o ‘latning 90 %, cho‘yannning 85 %, sementning 60 % va o‘g‘itning 85 % gazdan foydalanib ishlab chiqarilmoqda. Tabiiy gazning barcha tarkibiy qismlardan kimyo sanoatida keng foydalaniladi. Ayniqsa, neft kimyo sanoati uchun neftni qayta ishlashdan hosil bo ‘lgan to ‘yinmagan uglevodorodlar saqlovchi gazlar muhim xomashyodir. Neftni qayta ishlash natijasida qayta ishlash usullariga qarab hosil bo ‘lgan gazlarning tarkibi (o‘rtacha) 9 - jadvalda berilgan. G az quduqlarini qazish neft qazishdan amalda farq qilmaydi. Respublikamizda sanoat miqyosida gaz qazib olish asosan 1965- yillardan keyin boshlandi. Foydalaniladigan yirik gaz konlari B u x o ro d a g i- G a z li, Q o ro v u lb o z o r , D e n g iz k o ‘l, Ja rq o q , Qashqadaryoda - Sho‘rtan, Zevarda, Shimoliy va Janubiy Muborak, 0 ‘rtabuloq, Pomir, Qoraqum, Qultoq, Apan va boshqalar, jami 30 dan ortiq. 0 ‘zbekiston 1976- yilga kelib 36,1 mlrd m 3 gaz ishlab chiqardi. Bu Bolgariya, Chexiya va Slovakiya, Angliyada ishlab chiqaradigan gazlarning ham m asini qo ‘shib hisoblagandagi miqdordan ham ortiqdir. Hozirgi paytda respublikamizda Yaponiya, Fransiya, Angliya kabi rivojlangan mamlakatlami qo‘shib hisoblaganda ham ulardan ko‘proq gaz ishlab chiqarilmoqda. Download 158.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling